U.Mitchell
(1874-1948),
J.Gobson
(1858-1940),
U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr
mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan
birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan «Yangi kurs» islohotlarini
amalga oshirish bo‗yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular
demografiya va antropologiyani o‗rgandilar, ishchilar harakatining
kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50-yillarda
J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli
«Mulksiz hokimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini
226
chop etdilar, G.Minz o‗zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi,
kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
3.
60-70
yillarda
ijtimoiy-institutsional
yo‗nalish,
ya‘ni
neoinstitutsionalizm paydo bo‗ldi. 60-yillardagi institutsionalizm
asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi
G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-
institutsional yo‗nalish ta‘limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar
tomonidan davom ettirilgan.
Bu yo‗nalish g‗oyalari «iqtisodiy o‗sish omillari nazariyasi»ning
mafkurachisi U.Rostou, so‗l keynschilik yo‗nalish (o‗sish nazariyasi)
tarafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o‗z aksini topgan.
Amerikalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining
umumiy tushunchasiga ega emas edilar. Masalan, Veblen iqtisodiy
jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog‗liq, deb
hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell -
antropologiya va matematik hisob-kitoblarni ustun qo‗yadi.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni
industriya rivoji va texnokratiya rolining o‗sishi bilan bog‗lamoqdalar,
shuningdek, bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy
hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-
institutsional yo‗nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy oqimlar:
1. Ijtimoiy-psixologik.
2. Ijtimoiy-huquqiy.
3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Lekin
shu bilan birga barcha yo‗nalishlar uchun xos bo‗lgan umumiylik ham
mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko‗pmi burjua jamiyatini axloqiy-
psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik
yo‗lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq
maqtashdan chetlandilar.
227
Bu yo‗nalish g‗oyalariga baho berib, g‗arb iqtisodchilari
institutsionalizmni «Formalizmga qarshi g‗alayon» deb qaramoqdalar,
uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo‗ymoqdalar. Bu
yo‗nalishning paydo bo‗lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va
sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin
o‗zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining
roli ortib ketdi. Ularni hisobga olmaslikning iloji yo‗q edi.
Ikkinchi tomondan bu yo‗nalishning «norozilik kayfiyati» «eng
yuqori naf nazariyasi»ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya
mikroiqtisodiy tahlil bilan shug‗ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy
tahlilni amalga oshiradi. «Yuqori naf» vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy
subyekti
sifatida
Robinzon
(alohida
individ)ni
tanlashsa,
institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa «psixologiyasi»ni
birinchi o‗ringa qo‗yadilar. Ular «yuqori naf» nazariyasiga qarshi chiqib,
jamiyatning stixiyali rivoji o‗rniga ishlab chiqarishni boshqarishda
ijtimoiy tadbirlar qo‗llashni afzal ko‗rdilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy
hayotning ba‘zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o‗rganishni asos qilib oldi,
ammo davlat monopolistik kapitalizm tizimini qo‗llab-quvvatladi.
Ularning g‗oyalarida «Ijtimoiy nazorat»ni himoya qilish orqali
yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim, deb
ko‗rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish
muammosi dolzarb qilib qo‗yildi. Ular «erkin sohibkorlik» va
marjinalizmga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik
mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy
tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat
iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Endi shu yo‗nalish tarafdorlarining ayrim g‗oyalari bilan tanishib
chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va
uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib,
228
iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar.
Veblenning asosiy asarlari « Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899),
« Mohirlik instinkti» (1914), « Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o„rni
Do'stlaringiz bilan baham: |