servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada
esa temir yo’l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot
ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so’ragan passajirlarga esa maslahat
bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo’lib,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga
tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun
kerakli
bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida
joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga
kelganingizda yetkazib beriladi.
Kelajak transport tizimining ko’rinishi, biznigcha, quyidagicha bo’lishi
kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar
miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo’ladi. Bunday
tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish
yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal
darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko’rinishidagi elektron servislar mavjudligi,
barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt
sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan
o’tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi.
Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda
savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni
yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat
ko’rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo’l vokzali,
abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo’qotgan holda yagona
texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi
transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo’lovchilarning qoniqishlari
darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin
bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy
qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag’a qilmagan bo’lar edik. Raqamli
texnologik yechimlar elektron to’lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big
data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va
mashinaviy ta’limni o’ziga qamrab olgan xolda yo’lovchilar bilan aloqalarning
samaradorligini oshirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib
keladi.