16.5. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini moliyalashtirish
tajribalari
Jahon
amaliyotida
mamlakatdagi
sog‗liqni
saqlash
sohasini
moliyalashtirishning quyidagi modellari shakllangan: Birinchi model – xususiy
tibbiy sug‗urtaga asoslangan model bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari
asosan aholining shaxsiy mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy
xizmatlarga bo‗lgan talabni qondirishning asosiy vositasi bozor hisoblanadi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, yolg‗iz qariyalar, turli
kasalliklarning tarqalishiga qarshi profilaktika tadbirlari esa davlat tomonidan
moliyalashtiriladi. Ushbu model AQSHda ustuvor darajada amal qiladi. Ikkinchi
model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy sug‗urtasi mablag‗lari hisobidan
moliyalashtirish modeli bo‗lib, bunda sug‗urta badallari majburiy soliqlar shaklida
yig‗iladi, ushbu yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat boshqaruv organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya, Kanada, Italiya, Daniya,
Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda amal qiladi. Uchinchi model aholini ijtimoiy
jihatdan himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga, bozor
munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani keng joriy qilish hamda
sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator
mamlakatlarning milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy
qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik darajasidan qat‘i nazar,
tibbiy xizmat olishlarini kafolatlaydi. Bu modelning asosini majburiy tibbiy
sug‗urta tashkil qiladi.
Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish
xarajatlari turli manbalardan amalga oshiriladi:
– davlat byudjeti;
– majburiy tibbiy sug‗urta;
– xususiy tibbiy sug‗urta;
–tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik to‗lovlar.
Jahon mamlakatlarida sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning
yuqorida sanab o‗tilgan manbalarining sof holda faqat bittasidan foydalanmaydi.
Milliy tibbiyot tizimlarini moliyalashtirishda barcha davlatlar sanab o‗tilgan
manbalardan aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, Niderlandiya,
Frantsiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda majburiy tibbiy sug‗urta tizimi
yuqori darajada rivojlangan. Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya,
Gretsiyada byudjetdan moliyalashtirish tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa
xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. Mustaqil Davlatlar
Hamdo‗stligi davlatlarida byudjetdan moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin
egallashi bilan birga, Qirg‗iston, Rossiya, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi
mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy etilgan.
242
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari (S. Hakansson, V.
Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen,
H. Zollner) tomonidan turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan:
“Universallashgan model”
(Buyuk Britaniya, Irlandiya, qisman Daniya) –
milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy qismi umumiy soliqlar evaziga
moliyalashtiriladi.
tibbiyot
xizmatlari
asosan
davlat sog‗liqni saqlash
muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan kontrakt
asosida yollanadi.
“Kontinental model”
(Germaniya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya,
Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan
ajratiladigan ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari evaziga
moliyalashtiriladi. Ularning ulushi jami sog‗liqni saqlash xarajatlarining ¾ qismiga
teng.
“Janubiy model”
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman Italiya) –
sog‗liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish haqi fondi va bandlikka
ko‗maklashish fondiga to‗g‗ri keladi. tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga
qarashli bo‗lgan, ham xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
“Skandinaviya modeli”
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‗liqni
saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (markaziy va
mahalliy budjetlar darajasida). Bunda tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish
haqiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga
qarashli, ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‗rsatiladi.
“Xususiy model”
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi xarajatlari asosan
fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi.
tibbiyot xizmatlarini taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri
keladi.
“Iqtisodiyoti o„tish sharoitidagi davlatlar modeli”
(Sharqiy Yevropa,
MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu davlatlarda sog‗liqni saqlash
sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi,
shuningdek qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasi pullik xizmat ko‗rsatish institutlariga
o‗tkazilmoqda.
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, aholi salomatligini
saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va
vositalari shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan iqtisodiy
resurslarning miqdori va sifati hamda sog‗liqni saqlash tizimida ulardan
foydalanish samaradorligi mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy,
siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash tizimining uzoq
muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun ko‗plab rivojlangan
davlatlarning tibbiyot sohasiga iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni
safarbar etish modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi ijobiy
tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida tibbiyot sohasida ijtimoiy
243
adolat va iqtisodiy samaradorlik o‗rtasida muvozanatning ta‘minlanishiga erishish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |