Diler –
shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to‘liq to‘lovni
amalga oshirgandan so‘ng tovar egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga
ko‘ra barcha vazifalar bajarilgandan so‘ng diler va ishlab chiqaruvchi
firma o‘rtasida munosabatlar to‘xtatiladi.
Distribyutor –
ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum
joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor
mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan
faoliyat olib boradi.
Komissioner
– sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin
mahsulot sotish bo‘yicha o‘z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni
butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi.
Komitent –
ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir
qancha ayirboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs.
Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi.
Agentlar
– vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z
nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma
hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent bitimda ko‘rsatilgan
sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.
Brokerlar
– vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka
(tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni
taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi faqat
vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish
va sotib olish bitimi shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan
shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan
tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab
belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish
tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och materiallar, og‘ir yuklar va b.).
Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi
– sotdida ishtirok etadilar va o‘z xizmatlari uchun komission haq bilan
rag‘batlantiriladilar.
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali
sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi
bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat.
Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning
nomidan ish ko‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik
ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon
294
shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro
uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |