Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/341
Sana06.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#322570
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   341
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

2 – darajali kanal 

 

 

 



 

 

Uch darajali vosita (kanal) uch turdagi vositachilarni o‘z ichiga 



oladi. Mayda ulgurji vositachilar tovarlarni yirik ulgurji savdogarlardan 

sotib oladilar va ularning chakana savdoning uncha katta bo‘lmagan 

korxonalariga sotadilar. 

 

3-darajali kanal 

 

 

 



 

 

Katta miqdordagi darajalarga ega vosita (kanal)lar ham mavjud, 



biroq ular kamdan kam uchraydi. Ishlab chiqaruvchilar nuqtayi nazarida 

savdo kanali (vositasi) qanchalik ko‘p darajaga ega bo‘lsa, uni nazorat 

qilish imkoniyati shunchalik kam bo‘ladi. 

Savdo vositalarining ko‘rib chiqilgan turlari savdoning ikkita asosiy 

usulini oldindan belgilaydi: nol darajali kanal – bevosita (to‘g‘ridan 

to‘g‘ri) savdo, ko‘p darajali kanallar – bilvosita savdo. 

Savdoni samarali oshirishga integratsiyalangan yondashuv bevosita 

(to‘g‘ridan to‘g‘ri) marketing bo‘lib, bunda kompaniya tomonidan 

iste’molchilarning taklifga ijobiy reaksiyasini va foydani oshirish 

maqsadida masalan, izchillik bilan reklamadan, pochta orqali to‘g‘ridan 

to‘g‘ri marketingdan, telemarketingdan va savdo agentlarining shaxsiy 

tashrifnomalaridan foydalanish yo‘li bilan bir qancha bosqichda 

qo‘llaniladigan turli xil marketing vositalaridan foydalanish. 

Telemarketing



 – 

tovarni iste’molchiga bevosita sotish uchun 

telefondan foydalanish. Firma vakillari mijozlardan televizion va 

radioreklamalar, to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta orqali va boshqalar asosida 

buyurtma olishda ular (mijozlar) uchun bepul bo‘lgan telefonlardan 

foydalanadilar. 

Televizion marketing

 – 

reklama ko‘rsatish yo‘li bilan (birinchi 

javob bergan iste’molchilar imtiyozga ega bo‘ladilar) yoki imtiyozli 

Ishlab 


chiqaruvchi 

Ishlab 


chiqaruvchi 

Ulgurji 


savdo 

Ulgurji 


savdo 

 

Mayda 



ulgurji 

savdo 


Iste’molchi 

 

Chakana 



savdo 

Iste’molchi 

 

Chakana 


savdo

 



288 

 

narxlarda uyga olib kelib berish uchun maxsus televizion kanallardan 



foydalanish. 

Elektron savdo 



– 

kommunikatsiyaning elektron vositalari rivoj-

lanishi va elektron bozorlar paydo bo‘lishi natijasida u yoki bu elektron 

vosita orqali sotish. Butun dunyo bo‘ylab axborot almashuvni 

ta’minlovchi Internet kompyuter tarmog‘i va elektron pochta bevosita 

savdoni amalga oshirish imkonini berdi va jahonning istalgan 

mamlakatidagi mijozlar bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini yaratdi. 

To‘g‘ridan to‘g‘ri marketingning bu zamonaviy, nisbatan yangi shakli 

yana tarmoqli marketing, deb ham ataladi. Tarmoqli marketing 

kanallaridan reklama beruvchilar faol foydalanadilar. 

Firmalar Internetda iste’mol tovarlarining imkoni boricha keng 

menyularini taklif qiluvchi elektron do‘konlar ham yaratmoqdalar. 

Xaridorlarni jalb etish uchun do‘kon egalari elektron pochtadan 

foydalanadilar, matbuot nashrlarida e’lonlar beradilar.  

Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish 

turi hisoblanadi. Juda ko‘p firmalar mahsulotlarini internetda taklif 

qiladilar. Iste’molchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni o‘zlarining 

kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali 

savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan 

vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati 

paydo bo‘ladi. 

Shaxsiy savdobilan ishlab chiqaruvchining savdo xodimi unga 

tegishli do‘konlarda yollangan yoki xususiy savdo vakili (agent, 

kommivoyajer) orqali bevosita mijozlarning uyiga, ish joyida yoki 

potensial xaridorlar guruhi (qo‘shnilar, qarindoshlar ) bilan maxsus 

tashkil qilingan joylarda shug‘ullanadi. Bu savdoning o‘ziga xosligi 

xaridorga ishonch, kamchiligi – qo‘shimcha xizmat xarajatlari uchun 

narxning nisbatan balandligi. 

Agar ishlab chiqaruvchi savdo tizimini tashkil etishga kapitalini 

qo‘yishni istamasa, uning uchun vositachi orqali ishlash maqsadga 

muvofiqdir. 

Bilvosita savdo (o‘tkazish, sotish)



 – 

savdoning tovar ishlab 

chiqaruvchilarning turli xil mustaqil vositachilar xizmatlaridan 

foydalanadigan turi. 

Tashkillashtirish nuqtayi nazaridan savdoning oddiy vositalari, 

vertikal marketing tizimlari, gorizontal marketing tizimlari va savdoning 

ko‘p vositali tizimlari ajratiladi.  



289 

 

Savdoning odatdagi vositasi- mustaqil ishlab chiqaruvchi, bir yoki 



bir nechta ulgurji sotuvchi va bir yoki bir nechta chakana sotuvchidan 

iborat bo‘ladi. Vositaning har bir a’zosi o‘zi uchun imkoni boricha 

maksimal darajadagi foyda bilan ta’minlashga intiluvchi alohida 

korxonaga vakil bo‘ladi. Vosita kanallaridan birortasi ham aniq 

ifodalangan yetakchilik pozitsiyasiga ega bo‘lmaydi. Bunday vosita 

nizoga sabab bo‘ladi. 

Vertikal marketing tizimi (VMT) – yagona tizim sifatida 

harakatlanuvchi ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana sotuvchidan 

iborat. Uning a’zolaridan biri egasi bo‘ladi yoki ularga savdo imtiyozini 

beradi yoxud ularni to‘liq hamkorlik bilan ta’minlovchi kuchga ega 

bo‘ladi. VMT kanal muomalasini nazorat qilish va uning o‘z 

maqsadlarini ko‘zlovchi alohida a’zolari orasidagi nizolarning oldini 

olish uchun yuzaga kelgan. VMT o‘z miqdoriga ko‘ra tejamli, bozorda 

katta hukmronlikka ega va kuchlarning takrorlanishini istisno qiladi. 

Bugungi kunda Rossiyaning yangi tikuvchilik kompaniyalari 

(masalan, “Gloriya Jins”) o‘zining to‘liq texnologik sikli bilan 

dizayndan tortib kiyim ishlab chiqarishgacha, ularni xususiy va chakana 

tarmoqlarda realizatsiya qilgunga qadar o‘zida vertikal integratsiyalash-

gan xoldingni namoyon qiladi. Korxona rahbarlarining fikricha, bugun 

faqat ana shunday struktura muvaffaqiyatli rivojlanishga imkon beradi. 

Buni xorij tajribasi ham tasdiqlaydi: butun jahonda kiyimlarning sanoat 

kolleksiyasini yaratish jarayoni – bu moda industriyasi turli profildagi 

korxonalarning: tekstil fabrikalari, dizaynerlik byurolari, tikuv sanoati, 

tizimli chakana operatorlar, yirik savdo tarmoqlarining kompleks ishlari 

natijasidir. 

Gorizontal marketing tizimida ochilayotgan marketing 

imkoniyatlarini egallashda ikki yoki undan ortiq firmalar birlashadi. 

Alohida firmaning yolg‘iz harakat qilishi uchun kapitali, texnik 

bilimlari, ishlab chiqarish quvvati yoki marketing resurslari yetishmaydi. 

Masalan, “Doktor Pepper” firmasida o‘zining alkogolsiz ichimligini 

quyish bo‘yicha quvvati yetmadi va u ishga litsenziyalangan asosda 

“Koka-kola” firmasi bilan hamkorlik qiluvchi “quyuvchi korxona”ni 

jalb etishga qaror qildi. 

Savdoning ko‘p vositali tizimi savdoning ham bevosita, ham 

bilvosita metodlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi, ya’ni savdo xususiy 

savdo tarmog‘i hamda mustaqil vositachilar orqali tashkil etiladi. 




290 

 

Savdo vositasining alohida darajasida ishlaydigan bir turdagi 



vositachilar soniga bog‘liq holda turli masofadagi savdo vositalari 

farqlanadi. 

Savdo vositasi kengligi bilvosita savdoning intensiv, istisnoli va 

tanlov turlarini ajratishdan iborat. 

Intensiv (shiddatli) savdo – ko‘p sonli savdo korxonalarida katta 

hajmli tovar zaxiralari mavjud bo‘lishini ta’minlash. Bu usul bilan 

qoidaga ko‘ra kundalik ehtiyoj tovarlari taqsimlanadi. Bu tovarlar uchun 

sotib olish joyi qulay bo‘lishi majburiy. Non, tuz, ichimliklar katta 

seriyalarda chiqariladi va ko‘plab iste’molchilar uchun savdo tarmog‘i 

orqali o‘ta to‘la sotib olish imkoniyati yaratiladi. 

Alohida farqli (istisnoli) savdo – dilerlarning cheklangan miqdoriga 

o‘z savdo hududi doirasida tovarlar sotishga alohida huquq berilishi. 

Bunda alohida dilerlikka, ishlab chiqaruvchi o‘zining tovarlarini 

sotayotgan paytda raqobatchilarining tovarlarini sotmaslik talabini 

qo‘yadi. Savdoning bu metodi avtomobil, ayrim elektron texnikalar, 

nufuzli kiyimlar sotilishi amaliyotida uchraydi. Ishlab chiqaruvchi o‘z 

tovarini sotish uchun alohida huquq berish bilan ancha tajovuzkor va 

tezlashgan (kuchaygan) savdoga, shuningdek, vositachining narxlar 

siyosati, xaridni, kredit operatsiyalarini rag‘batlantirish va turli xil 

xizmatlar ko‘rsatishiga (ta’mirlar, maslahatlar) umid qiladi. 

Tanlab qilinadigan (selektiv) savdo – o‘zida intensiv va alohida 

farqli savdo orasidagi o‘rtacha savdoni aks ettiradi. U vositachilari 

sonini optimallashtirish bilan shunday bog‘langanki, talab qilinadigan 

bozorni qamrab olishni ta’minlash va shu vaqtning o‘zida ulgurji yoki 

chakana savdo qilayotgan sotuvchi ishining nazoratini amalga oshiradi, 

noyob, istiqbolli kabi tovarlar namoyishi bilan bog‘liq emas, o‘rta yoki 

birmuncha yuqori darajadagi savdoni tashkil etadi. 

Savdo qilishning yangi turlari va usullari. 

Amaliyotda sotuvning turli usullari qo‘llaniladi. Asosiylari quyida-

gilar: 


a)

 

markazlashgan va markazlashmagan sotuvni tashkil etuvchi 



savdo tizimi; 

b)

 



sotuv va tashkil qilishning shaxsiy, tashqi shakllari (savdo 

shakllari); 

c)

 

bevosita va bilvosita sotuvchi vositachilar (sotuv yo‘llari). 



 

Vositachilar soniga qarab tovarlarni sotish va tarqatish kanallarida 

ma’lum bosqichlar, ya’ni tovarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga 



291 

 

yetkazib berishda yuridik firmalar yoki jismoniy shaxslar shaklida 



namoyon bo‘ladi. Oraliq bosqichlar soni tarqatish kanali uzunligini 

belgilaydi. Nol bosqichli kanalda vositachi bo‘lmaydi. Ishlab 

chiqaruvchi o‘z kuchi, bo‘limlari orqali sotuv bilan shug‘ullanadi. 

 Ma’lumki, chakana savdo tovarlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi. 

Ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun texnik vositalar sotuvchi bozorda 

sotuv bo‘yicha broker, agent, distribyuter faoliyat ko‘rsatadi. Kichik 

chakana sotuvchi yirik chakana sotuvchidan tovarlarni olib, chakana 

savdo do‘konlariga tarqatadi yoki o‘zi xususiy do‘konida sotadi. 

Tarqatish jarayonida vositachilar xizmatidan foydalanish firmani 

transport xarajati, omborxonalar kerakligini istisno qiladi. Boshqa 

kamchiligi bu holda ishlab chiqruvchi iste’molchi bilan munosabatda 

bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchi korxona 2 bosqichli tarqatish kanalidan 

foydalanganda, bevosita va bilvosita kanallarda vositachiga nafaqat 

tovar va xizmatlarni sotish, balki sotuvdan keyingi xizmatlarni ham unga 

topshiradi. Bunday vazifalarning bajarilishi muntazam iste’molchilar 

segmentiga ega bo‘lishni, sotish kanallari faoliyati samarasini oshiradi. 




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish