3. Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal
bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar
holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash
belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab
chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi
kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha
murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga
moslashmog‘i lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib
borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish
hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib
ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi,
transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx
raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor
tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx
siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori
daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi
sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu
davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni
raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda
239
yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar.
Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini
bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u
amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks
vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i
uchun kerak bo‘lgan shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi.
Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot
sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish)
ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni
xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron
bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir
mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif
qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar
narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot
nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib
keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar
doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda
narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo,
harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx
(baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.
10.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |