Xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining bosqichlari
Ilg‘or kompaniyalar doimiy ravishda iste’molchilar tomonidan tovar
haqida ma’lumotlar yig‘ish, savdo markasini tanlash, mahsulotdan foy-
dalanish va hatto uni yo‘q qilish jarayonlarini tadqiq qilish bilan
shug‘ullanadilar. «Honda» ning muhandislari mahsulotlar solingan sum-
kalarni o‘z avtomobillari yukxonasiga joylashtirish (yuklash) jarayonini
video tasmaga yozib oldilar va iste’molchilarning harakatlarini eng
mayda holatigacha ko‘rib chiqib, konstruksiyaga zarur o‘zgartirishlar
kiritdilar. «Quicken» - moliyaviy dasturlarni ishlab chiquvchi
kompaniyaning «Intuit» xodimlari o‘z tovarlarining yangi sotib
oluvchilarining har bir xatti-harakatlarini yuzaga kelgan murakkabliklari
bilan qayd etgan holda kuzatdilar. Benson Shapiro va uning hamkasblari
kompaniyalarni «buyurtmalar bilan qadrlash» tovarga buyurtma berish
jarayonida yuz beradigan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma
narsaga e’tibor qaratishga chaqiradi.
Marketolog tovarni xarid qilish jarayoni bosqichlarini qanday aniq-
laydi? U o‘zini xaridorning o‘rniga qo‘yib ko‘rishi (introspeksiyalar
metodi) yaqindagi xaridorlardan ularni ushbu tovarni sotib olishni
rejalashtirayotgan iste’molchilardan xaridning bo‘lg‘usi jarayonini
tasvirlab berishini so‘rashi vanihoyat, xaridorlar xaridning ideal
jarayonini tasavvur qilishlari bilan qiziqishi mumkin. Ushbu metod-
lardan har biri yaratilayotgan xarid jarayoni bosqichlariga yangi-yangi
«rang» beradi.
Iste’molchining tovarga nisbatan tabiatini tadqiq qilish turlicha
nomlanadi: iste’molchilik tizimi manzarasini tuzish, xaridorlik faoliyati
sikli, xaridorlik ssenariysi. Tadqiqot obyekti iste’molchilik faoliyatining,
masalan, yuvish, to‘yga tayyorgarlik, avtomobil xarid qilish kabi turlari
bo‘lishi mumkin. Oxirgi holatni ko‘rib chiqamiz. Avtomobil sotib olish
harakatlari mashina tanlash, xarid uchun pul qidirish, sug‘urtani
rasmiylashtirish, aksessuarlar xarid qilish kabi bir yo‘la bir necha turlari
bilan bog‘liq. Professor M.Shouni ushbu harakatlarning hammasini
201
birlashtirib bozorga taalluqli iste’molchilarga, bu harakatlarni amalga
oshrishda yordam beruvchi firmalarni esa “metavositachilar”, deb
qaraydi. Bir metavositachiga misol sifatida Edmunds. com.web-saytini
ko‘rsatish mumkin. Edmunds.com. sayt avtomobillar va yondosh
xizmatlar bo‘yicha oldindan olinmagan, obyektiv ma’lumotlarni taklif
qiladi. Ular quyidagicha ishlaydilar:
Edmunds. com.da taqdim etilgan har qanday avtomobillar uchun
foydalanuvchilar modelning o‘ziga xos xususiyatlari, sifati va dillerlar
narxini bilishi mumkin. Bir necha marka va modelni tanlash bilan
cheklanish, mashinalarni parallel taqqoslash mumkin. Sayt orqali ishlab
chiqaruvchilarga, maxsus iste’molchilarga atalgan va tanlangan avto-
mobillar haqida axborotlar bilan risolalarni buyurtma berish mumkin.
Yordam uchun turli avtomobillar egalari Edmunds («Edmunds
Town Hall») ga murojaat qilish mumkin. Bu yerda turli kompaniyalar
haqida salbiy fikrlar bilan saytlarga ilovalar ham topishi mumkin. Tez
orada foydalanuvchilar uchun bir yo‘la bir necha markadagi avtomobil-
larning «haydovchilarini testdan o‘tkazish»ga yozilish imkoniyati bo‘la-
di, ularga Edmunds va CarMax, Avto Nationalning sherik kompaniyalari
va boshqalar homiylik qiladi. Xaridorlar mashinani bemalol, erkin
ko‘zdan kechira oladilar. Bunday testlashtirishning vaqti, joyi va
ishtirokchilari oldindan belgilanadi, chunki xaridorlar aynan o‘zlariga
zarur modellarini sotib olishlariga ishonsa bo‘ladi. Mashinaning
markasini aniqlagach, foydalanuvchilar zarur model va modifikat-
siyalarni tanlashlari mumkin. Hammasi yakunlangach, “Edmunds” dan
(National-Bank orqali) mashina sotib olish uchun kredit olish, servis
kafolatni uzaytirish (Warranty Gold yordamida avtomobilni sug‘urtalash
(GEICO kompaniyalarida), qolgan pulga esa aksessuarlar sotib olish
(J.C.Whitney dan) mumkin.
Olimlar tomonidan mashina sotib olishning tabiiy, besh bosqichni
o‘z ichiga oluvchi modeli ishlab chiqilgan: muammoni tushunib yetish,
axborotlar qidirish, variantlarni baholash, xarid haqida qaror va sotib
olingandan keyingi reaksiya tabiiyki, xarid jarayoni bevosita tovar sotib
olishdan ancha oldin boshlanadi, uning oqibati esa sotib olish aksi yuz
bergandan keyin ancha vaqt o‘tib paydo bo‘ladi.
Xarid jarayoni modeli uning bosqichlari izchil davom etishini
ko‘zda tutadi.
1. Muammolarni anglab yetish.
2. Axborotlarni qidirish.
202
3. Variantlarni baholash.
4. Xarid haqida qaror.
5. Xaridga reaksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |