Toshkent moliya instituti ―bank ishi‖ kafedrasi



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/78
Sana08.06.2022
Hajmi1,75 Mb.
#642935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
bank ishi

Masalan:
1 $ AQSH dollari = 31 Rossiya rubli 
1 $ AQSH dollari = 5 Ukraina grivna 
1Ukraina grivna =6,2 Rossiya rubli 
Ko‗rinib turibdiki, (kross-kurs) yukorida keltirilgan nisbat Ukraina 
girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniklangan kross-kursidir. Ushbu misolda 
AQSH dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida oxirgi yillargacha 
asosan uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari qo‗llanilanilardi, ya‘ni barcha 
valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilishardi. 
Lekin oxirgi 1-2 yillar ichida Evopaning salohiyati oshib bormoqda hamda kross-
kursni aniqlashda valyuta sifatida Evro kengroq qo‗llanilmoqda.
Kross-kursdan foydalanish ancha og‗ir va risklidir. Ammo ularni qo‗llash 
quyidagi 2 xolatda zarur va foydalidir
-sizning talabingizdagi valyutaga ega bo‗lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga 
talab mavjud emas. (Masalan, frank YAponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda 
uchinchi valyuta AQSH dollari bulsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida frank 
sotib olishni xoxlaydiganlar yo‗q).
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta 
kurslarining kurinishlaridan foydalaniladi; 
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat 
pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‗rnatilgan baho bo‗yicha boshqa 
mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi 
to‗zilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» 
kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. 
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan 
sotilish va xarid qilish bahosini o‗zida ifoda etadi. 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o‗zgarishi natijasida yuzaga 
keladigan risklarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda 
forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo‗yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. 
Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir 
tomon foyda ko‗radi va bir tomon zarar ko‗radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 
2003 yili 1-iyun kuni 1$= 965 so‗m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 
yil 1-iyun kuni 1$=970 so‗mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so‗m 
miqdorida qo‗shimcha foyda ko‗rasiz. 
Agar 1-iyun kuni 1$=963 so‗mni tashkil etsa, unda xar bir dollardan 2 so‗mdan 
zarar kurasiz. 
Muddatli bitimlar buyicha valyuta kurslari (report) ustama yoki diskont metodi 
bo‗yicha kapirovka kilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi. 
Forvard kurs = Spot kurs + Forvard kurs ustamasi= Spot kurs-Diskont. 
Misol. Bitim so‗mmasi - 1 mln. dollar 
Bitim muddati - 90 kun 
Bitim valyutasidagi kreditning foiz stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi 
valyutadagi depozitlarga to‗lanadigan foiz stavkasi - 5,5 % Cpot kurs 1 =1,5210-
1,5220 Evro 
1,5210x(5,5-3,5)x90 273,78 
Ust/Dis 

----------------------- 

---------- 

0,0075
(360x100) + (3,5x90) 36315 
Farvard kurs = 1,5210 + 0,0075 = 1,5285 (ustama) Foiz 
Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o‗rtasidagi farqdan bilish mumkin. 
Agar valyuta bitimi bo‗yicha foiz stavkasi baholovchi valyutaning foiz stavkasidan 
past bo‗lsa, bu valyuta yuqori kurs kotirovka qilinadi va chiqqan ko‗rsatkich ustama 
sotiladi. Agar valyuta bitimining foiz stavkasi yuqori bo‗lsa, bu ko‗satkich diskont 
bo‗ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning foiz savkasi bitim valyutasidagi 
kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‗lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va 
aksincha bo‗lsa ustama hisoblanadi. 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib 
olish kursini o‗rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi. 
Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi.
Xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kursi. 
Bu kurslar o‗rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xarajatlarini qoplashga 
va ma‘lum darajada foyda olishga sarflanadi. 
Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. 
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko‗ra valyuta kursi 3 ga bo‗linadi. 
Erkin «suzib» yuruvchi cheklangan darajada «suzib»yuruvchi. 
Qayd etilgan valyuta kurslari. 
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma‘lum valyutaga bo‗lgan bozor talabi va 
taklifi ta‘sirida o‗zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollori, YAponiya ienasi
Angliya funt stirlingi; Evro kabi valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok 
etadi. 
CHeklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‗zgarishi ayrim 
valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‗zgarishiga bog‗liq. Misol 
uchun «Uchinchi dunyo»ning ko‗pchilik mamlakatlari o‗z valyutalarini AKSH 
dollariga, Eropa mamlakatlarining ―EURO‖siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga 
bog‗laydilar. CHeklangan darajada ―suzib‖ yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan 
mamlakatlar o‗z valyutalarining tebranish chegarasini o‗zlari hamkorlik kilayotgan 
mamlakatlar bilan kelishib oladilar. 
Qayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul 
birligining davlaat tomonidan rasmiy o‗rnatilgan bahosi bo‗lib, unga valyuta 
bozorlaridaagi talab va taklifning o‗zgarishi ta‘sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd 
etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga 
etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda‚ularning moliya tizimini va milliy ishlab 
chiqarishini kuchli xorijiy raqabatchilaridan himoya qilish va quvvatlash maqsadida 
qo‗llaniladi. 
Barcha mamlakatlar ma‘lum muddatda o‗z valyutalari kurslari to‗g‗risidagi 
axborotni e‘lon qilib boradilar Masalan O‗zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish 
yakunlari matbuotda, televideniyada e‘lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi 


«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email: 
kbni@tfi.uz
belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyasiya sharoitida jahon bozorida milliy 
mahsulotga bo‗lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy 
tovarlar baholari o‗rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo‗ladi. YA‘ni milliy 
valyutaning real almashtirish kursini xisoblab chikish kerak. Real valyuta kursini 
xisoblashni O‗zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida 
ko‗rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so‗m, 
Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so‗m yoki 
1so‗m=0,032 Rossiya rubli bo‗lganda, 1 m o‗zbek gazlamasining bahosi Rossiya 
rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O‗zbekiston va Rossiyada ishlab 
chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati 
0,032 x 1000 32 
------------------ = ------- = 0,9 
35 35
teng bo‗ladi. Demak, ushbu nisbat o‗zbek gazlamasining baxosi Rossiya gazlama 
baxosining 0,9 va undan arzon ekanligini ko‗rsatadi. SHunday qilib, real valyutadagi 
bahosiga va nominal almashtirish kursiga bog‗liq bo‗lib, quyidagi tenglik bilan 
izoxlanadi; 
Real kursi = nominal kursi - o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar 
bahosi, xorijiy tovarlar bahosi.
Bu tenglikni umumiy ko‗rinishda shunday yozish 
mumkin; Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past 
valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan 
qimmatroq turishni ko‗rsatadi. SHuning uchun eksport o‗sib boradi, import esa 
qisqarib boradi. Va aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan 
qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. Natijada import usib, eksport 
qisqarib boradi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish