Antigenlarning quyidagi turlari mavjud:
“N” – antigen – xivchinli bakteriyalarda bo‘ladi, termolyabil.
“O” - antigen – hujayra qobig‘i antigeni, termostabil.
“K” - antigen – kapsula antigen murakkab.
“V” – antigen virulent enteriobakteriyalari turiga xos bo‘lgan kapsula antigeni.
Antigenlar infeksion kaslliklar diagnostikasida qo‘llaniladigan reaksiyalar uchun va aglyutinatsiya reaksiyasi yordamida bir xil turli bakter- riyalarni serovarlarni ajratishda qo‘llaniladi.
Antitela – antigenlar organizga kiritilganida organizda hosil bo‘ladigan maxsus qon oqsillari bo‘lib, u antigen bilan spesifik reaksiya – larga kirishish xususiyatiga ega.
Antitela bilan bog‘langan antigenlar, organizmning immun sistemasi tomonidan zararsizlantirilib, keyin organizmdan chiqarib yuboriladi.
Vaksinalar. Aktiv immunitethosil qilib kasallikning oldini olish yoki davolashda ishlatiladigan biologik preparatlar vaksinalar deyiladi. Ularning jonli, jonsiz, kimyoviy vaksinalar va anatoksinlar kabi turlari mavjud bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir – biridan farqlanib turadi.
Jonli vaksinalar virulentligi kuchsizlantirilgan, lekin immuno – genlik xususiyatini saqlab qolgan mikroorganizmlarning shtammlaridan olinadi. Jonli vaksinalar quturish, sariq isitma, poliomielit, gripp, kuydirgi, toshmali tif kabi kaslliklarning oldini olishda ishlatiladi.
Natriy xloridning izotonik eritmasidagi jonsiz ( inaktivatsiya qilingan ) mikroorganizmlarning tortmasi jonsiz vaksina deyiladi. Vak- sinaning bu turi o‘zining immunogenlik xususiyatini maksimal darajada saqlab qolgan mikroorganizmlar shtammlaridan olinadi. Vaksinalarni inaktivatsiya qilishda turli usullar; qizdirish, UB – nurlar,ultratovush, kimyoviy moddalar, ( formalin, fenol, spirt va h.k. ) dan foydalaniladi. Qorin tifi, paratif, vabo, ko‘kyo‘tal, gripp,poliomielit va boshqa kasal – liklarning oldini olishda qo‘llaniladigan vaksinalar jonsiz vaksinalar sirasiga kiradi.
Hujayralarni o‘ldirish yoki kuchsizlantirish vositasida u yoki bu kompo-nentlarni ajratib olish usuli asosida ayrim antigenli mikroorganizmlar- dan kimyoviy vaksinalar tayyorlanadi. Qorin tifi qo‘zg‘otuvchi mikroorgani –zmlarning aluminiy gidrat oksidida olingan O- antigne ( somatik gliko – lipoproteid ) lardan tashkil topgan qorin tifi vaksinasi ( bryushnotifoz-naya vaksina ) kimyoviy vaksinalardan biri hisoblanadi. Organizmga kiritilgan kimyoviy vaksinalar o‘zining tez eruvchanligi va nisbatan quyi molekular og‘irligi tufayli darhol metabollashadi ( metabolizm – modda-lar almashinuvi, tirik organizmda ro‘y beradigan assimilyatsiya va dissimi- lyatsiya fazalarida tashkil topgan kimyoviy o‘zgarishlar majmuasi ) va immun sistemaga zarar yetkazmagan holda organizmdan chiqarib tashlanadi.Shuning uchun ko‘pincha vaksinalar tarkibiga moddalarning hujayralar qavatida limfa va qonga so‘rilish muddatini uzaytiruvchi tibbiy preparatlar bilan qo‘shib ishlatiladi. Aluminiy gidroksidi, aluminiy – kaliyli achchiqtosh- lar, shuningdek, kalsiy xlorid, o‘simlik va hayvon yog‘lari va boshqalar ana shunday moddalar sirasiga kiradi.
Mikrob hajayrasida hosil bo‘lgan ekzotoksinlar ham antigenlik xususiyatiga ega . Ammo ekzotoksin uzoq vaqt saqlansa , turli o‘zgarishlarga uchrab, zaharli moddalarga aylanadi va o‘zining antigenlik xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun ekzotoksinlar zararsizlantiriladi. Ana shunday zararsizlantirilgan mikrob ekzotoksinlarga anatoksinlar deyiladi. Buning uchun zaharli mikroorganizm ekmasi filtrdan o‘tkazilib, ekzotok –sin olinadi va uni zararsizlantirish uchun unga 0,3 – 0,4 % formalin aralashtirib 370S da 18 – 32 kun saqlanadi ( Ramon usuli ). Natijada ekzo- toksinning zaxarlilik xususiyati yo‘qolib, antigenlik xususiyati yaxshi saqlanib qoladi. Hozirgi vaqtda difteriya, qoqshol, botulizm va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘otuvchi mikroblarning anatoksinlari ishlab chiqaril – moqda va faol antitoksin immunitet hosil qilishda keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |