Toshkent farmasevtika instituti toksikologik kimyo kafedrasi



Download 8,99 Mb.
bet102/177
Sana27.01.2022
Hajmi8,99 Mb.
#412680
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177
Bog'liq
GMT o\'quv uslubiy qo\'llanma

Preparatlar nomi



Reaktivlar

TemirIII xlorid

Marki reaktivi

Frede reaktivi

Etil spirti va H2SO4

kons H2SO4

1

Morfin
















2

Dionin
















3

Geroin
















4

Kodein
















5

Mekon kislotasi
















6

Mekonin


















KEYS. Sud-kimyo ekspertizasiga biologik ob`yekt sifatida halok bo`lgan inson murdasi keltirildi. Uning ichki a`zolaridan monoasttilmorfin topildi. Qaysi moddalarga tahlil olib borish zarur. Yechimini bayon eting.



Muammo turi

Kelib chiqish sabablari

Hal etish yo`llari










Olingan bilimlarni tеkshirish uchun savollar

1.Geroinning metabolizmi va sifat reaksiyalari.


2.Geroinnnig narkologik ahamiyati.
3. Dioninning metabolizmi va sifat reaksiyalari
4. Dioninning narkologik ahamiyati.
5.Apomorfinning metabolizmi va sifat reaksiyalari


4-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Opioid narkotik analgetiklar. Promedol, metadon, siklodol, ularni ajratib olish va tahlil usullari.


Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi:

  1. Promedol, narkologik ahamiyatini o‘rganish, uni ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullarini o‘rganish;

  2. Metadon, narkologik ahamiyatini o‘rganish, uni ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullarini o‘rganish;

  3. Siklodol narkologik ahamiyatini o‘rganish, uni ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullarini o‘rganish

Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga fenilpiridin guruhi hosilalarining narkologik ahamiyati, fizik kimyoviy xossalari, ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish, umumiy va xususiy tahlil usullarini tushuntirish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: Tahlil natijasiga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin: opioid narkotik analgetiklarni (promedol, metadon, siklodol) o`ziga xos reaktsiyalariga qarab xulosa qiladilar
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: probirkalar, ajratgich voronkalar, reaktivlar, o’lchov kolbalari, tarozilar, pipetkalar, mikroskop, buyum oynachasi, chinni kosachalar, botiq chuqurchali buyum oynachasi, kolonka, xromatografik plastinka, UB-SF, yorituvchi reagentlar, ko‘rgazmali materiallarlar.
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona


PROMEDOL
CHinligini aniqlash. 1. Promedol umumiy cho‘ktiruvchi reaktivlar bilan turli rangdagi va agregat holatdagi cho‘kmalarni hosil qiladi.
2. Marki reaktivi bilan reaksiyasi. Marki reaktivi promedol bilan to‘q qizil rang hosil qiladi. Reaksiyaning sezgirligi 10 mkg promedolga teng.
3. Pikrin kislotasi bilan reaksiyasi. Promedol pikrin kislotasi bilan molekuladagi uchlamchi azot hisobiga sariq rangli qo‘sh molekulyar birikma cho‘kma hosil qilib cho‘kadi.
4. Promedolni yupqa qatlam xromatografik usulda aniqlash. Unda metil spirti va muzlovchi sirka kislotaning (9:1) nisbatdan iborat sistemasidan hamda tasdiqlovchi reagent sifatida Dragendorf reaktivi purkalsa sarg‘ish rangdagi dog‘ hosil bo‘ladi va u standart promedol dog‘iga solishtirib aniqlanadi.
5. UB-spektri bo‘yicha aniqlash: 0,1 n xlorid kislotadagi eritmasi 251, 257 nm va 263 nm to‘lqin uzunligiga teng spektrlar hosil qiladi.
6. IQ- spektrlari. Promedol 186, 42, 201, 56, 57, 187, 202, 71 cm−1 ga teng spektrlar hosil qiladi.
Miqdorini aniqlash: UB-spektri yordamida spektrofotometrik aniqlanadi.


METADON


Dastlabki tahlil

  • Kukunga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota va nitrat kislota (1:1) aralashmasi qo‘shilganda zarg‘aldoq rang kuzatiladi

  • Kukunga 1-2 tomchi 2% kobalt rodanidning suvdagi eritmasi qo‘shilganda ko‘k rang hosil bo‘ladi.

  • Rang hosil qiluvchi reaksiyalar

1.Liberman reaktivi –zarg‘aldoq rang
2.Mandelin reaktivi –yashil, so‘ngra havo rang
3.Marki reaktivi - pushti-qizil, so‘ngra fluorissensiyalanuvchi qizil rang

  • YUQX tahlili

  • Xromatografik plastinkalar «Sorbfil»va «Silufol»

  • Erituvchilar sistemasi

  • siklogeksan-toluol-dietilamin (75:15:10),

  • xloroform-metanol (90:10),

  • geksan-dietilovыy efir-dietilamin (10:10:1),

  • geksan-atseton-25% rastvor gidroksida ammoniya (2:2:0,2).

  • benzol-etanol-dietilamin (9:1:1),

  • YOrituvchi reagent - Mandelina reaktivi, yashildan ko‘k rangga o‘tuvchi dog‘

  • Kislotali eritmasi 253, 259, 264, 292 nm (A11=18a) to‘lqin uzunlikda maksimum nur yutadi.

IK spektridagi xarakterli cho‘qqilar m/z 710, 1709, 769, 1107, 943, 1133 cm−1


Siklodolni aniqlash rеaktsiyalari


1. p-Dimеtilaminobеnzaldеgid bilan rеaktsiyasi. Siklodol n-dimеtilaminobеnzaldеgidni kontsеntrlangan sulfat kislotadagi eritmasi bilan qizil-pushti rang hosil qiladi.
2. Marki rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Marki rеaktivi ta'sirida och binafsha rangli modda hosil bo’ladi.
3. Mandеlin rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Siklodol Mandеlin rеaktivi ta'sirida och yashil rangli modda hosil qiladi.
4. Yupqa qatlam xromatografiya usulda aniqlash. KSK bilan qoplangan yoki “Silufol” plastinkasida tahlil o’tkaziladi. Plastinkadan siklodol dog’ini aniqlash uchun Dragеndorf rеaktiviga askorbin kislotasi qo’shib purkalsa, qizil-qo’ng’ir dog’ hosil bo’ladi. Dog’ standart modda bilan solishtirib aniqlanadi. Aniqlash chеgarasi 5 mkg. Erituvchi sistеmalari va Rf ko’rsatkichlari quyidagicha a) dietilamin-dioksan (1:490) – Rf=0,50-0,52; b) dietilamin–n-butanol (1:240) – Rf=0,52-0,54
5. Gaz suyuqlik-xromatografiya usulda aniqlash. Sorbеnt xromaton N – Super, 3% mеtilsilikon moyi SP-2100, yoki 5% polimеtilfеnilsiloksan OV-17 shimdirilgan, ushlanish paramеtrlari bo’yicha eritmadagi 2 mkg dimеdrolni aniqlash mumkin.
6. UB-spеktri bo’yicha. Suvdagi va spirtdagi eritmasi 258 nm, 0,1 n HCl yoki 0,02 n H2SO4 dagi eritmalari 257 nm to’lqin sohasida yuqori nur yutish ko’rsatgichiga ega.
«VENN DIAGRAMMASI» TRENINGI





KEYS. Sud-kimyo ekspertizasiga noma`lum kristall kukun keltirildi. Noma`lum kristal kukunga dastlabki tahlil o`tkazing. Yechimini bayon eting.



Muammo turi

Kelib chiqish sabablari

Hal etish yo`llari










Olingan bilimlarni tеkshirish uchun savollar



  1. Fenilpiridin guruhi hosilalarini saqlovchi dori moddalarini nomlang va formulasini yozing.

  2. Promedol va boshqa shu guruhga kiruvchi moddalarni narkologik ahamiyatini izohlang.

  3. Fenilpiridin hosilalarini har birini ashyoviy dalillardan qanday ajratib olinadi?

  4. Promedolni aniqlash uchun qanday kimyoviy reaksiyalar va fizik – kimyoviy usullar qo‘llaniladi?

  5. Metadonni aniqlash uchun qanday kimyoviy reaksiyalar va fizik – kimyoviy usullar qo‘llaniladi?

  6. Siklodolni YUQX aniqlash qanday bajariladi?



5-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Ashyoviy dalillar va suyuq ashyolardan kokain alkaloidini ajratib olish va tahlili.


Laboratoriya mashg‘ulotining rejasi:

  1. Ashyoviy dalillar va suyuq ashyolardan kokain alkaloidini ajratib olish.

  2. Kokain alkaloidini narkologik ahamiyati, metabolitlarini o`rganish

  3. Kokainni tahlil usullarini o`rganish

  4. Kokaindan olingan mahsulotlar xaqida ma`lumotlar

Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga kokainning narkologik ahamiyati, fizik kimyoviy xossalari, uni ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish va umumiy va xususiy tahlil usullarini tushuntirish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: Tahlil natijasiga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin: kokain alkaloidini o`ziga xos reaktsiyalariga qarab xulosa qiladilar
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: probirkalar, ajratgich voronkalar, reaktivlar, o’lchov kolbalari, tarozilar, pipetkalar, mikroskop, buyum oynachasi, chinni kosachalar, botiq chuqurchali buyum oynachasi, kolonka, xromatografik plastinka, UB-SF, yorituvchi reagentlar, ko‘rgazmali materiallarlar.
Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona



Download 8,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish