Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga sintetik narkotik analgetiklarni (geroin, dionin, apomorfin) narkologik ahamiyatlarini, ularni ob’ektdan va biosuyuqliklardan ajratib olish va tahlil usullarini o‘rgatish.
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida kutilayotgan natijalar: Tahlil natijasiga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin: sintetik narkotik analgetiklarni (geroin, dionin, apomorfin) o`ziga xos reaktsiyalariga qarab xulosa qiladilar
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish uchun zarur asbob-uskunalar: probirkalar, ajratgich voronkalar, reaktivlar, o’lchov kolbalari, tarozilar, pipetkalar, mikroskop, buyum oynachasi, chinni kosachalar, botiq chuqurchali buyum oynachasi, kolonka, xromatografik plastinka, UB-SF, yorituvchi reagentlar, ko‘rgazmali materiallarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |