Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish;
o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash;
dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra vazirga, boshliqning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, boshliq o‘rinbosari esa vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Davlat inspeksiyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.
5. Quyidagilar Davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
pedagog kadrlarga birinchi va oliy malaka toifasi, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ushbu malaka toifasiga va lavozimiga talabgorlarga malaka toifasini berishda to‘lanadigan yig‘imlardan tushadigan mablag‘lar;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan mablag‘lar;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
grantlar, xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Davlat inspeksiyasi bir oy muddatda inspeksiyani ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-pedagogik stajga ega xodimlar bilan ta’minlasin.
7. Davlat inspeksiyasi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy manziliga joylashtirilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy manzilidagi binoni tutash hududi bilan birga Davlat inspeksiyasiga operativ boshqaruv huquqi bilan topshirsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda Davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limlarini joylashtirish masalasini hal qilsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |