125
chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik
maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib
borildi.
Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa,
qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yanada
yuqoriroq darajada o‘sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stirendiyalar
miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o‘sib bordi.
Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat
qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to‘lovlar 2000 - yilda
187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan
stirendiyalar miqdori 1998 - 2000 - yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 - yilda oliy o‘quv
yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stirendiya oldi.
Davlat
tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining
keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste’mol bozoriga,
oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari narx-navosiga bog‘liq, albatta.
Iqtisodiy
islohotlarning
birinchi
bosqichida
amalga
oshirilgan
narxlarni
erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat
tomonidan nazorat qilish choralari ko‘rildi. Narxlar 1992- yil yanvaridan boshlab
bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan
ko‘rib qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni
erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 1992- yil 10
yanvardan boshlab O‘zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat
mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va
xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o‘tildi. Hukumat aholini
himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari
narxlarining
chegarasini, ko‘rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori
tariflarini belgilab qo‘ydi. Shu munosabat bilan don, bug‘doy yetishtirish uchun, un
va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlabchiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir
qismi respublika budjetidan to‘landi. O‘quvchi va talabalarga bepul nonushta va
imtiyozli ovqat berishdan ko‘rilgan zarar davlat hisobidan qoplandi, bolalarga
mo‘ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni
ishlab chiqarishda
korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993 - yilda qat’iy belgilangan va tartibga
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning
ro‘yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish
to‘xtatildi. 1994 - yilning oktabr-noyabr oylarida xalq iste’moli mollari asosiy
turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning
tariflari oshirildi. Lekin aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida non va unning
narxlari, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi
to‘la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalar
xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi.
Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat ichki
iste’mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg‘armalarini
tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi
pul to‘lovlarini keng qo‘lladi.
126
Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi
xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol
mollari va xizmatlarining ko‘pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o‘rni davlat
budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 2 yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning
arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy
bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi
bosqichi davomida ijtimoiy
himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi.
Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan
qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994 -
yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy
himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari,
maktabgacha va maktabdan tashqari
muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus
o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va
kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg‘iz pensionerlar turar joy va
kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur
mollarni belgilangan me’yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish
imkoniyati yaratildi.
O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir
qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari
xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi,
jamoat transportida
arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-
kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi
qo‘llanildi. 1994 - yil 24 - avgustda “
Do'stlaringiz bilan baham: