203
tatbiq etishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash
ko‘rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2011-yilda
2,6 milliard AQSH dollariga etdi. Bu borada savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro
hamkorlik tobora o‘sib bormoqda. 2003 - yilda ikki tomon tovar ayirboshlash xajmi
216 mln AQSH dollariga teng bo‘ldi. O‘zbekistonning Xitoyga qilgan eksport 53
mln, import 163 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2001-2004 -yillarda Xitoy bilan
tovar aylanish hajmi to‘rt marotaba oshdi. O‘zbekistonda Xitoy investorlari
ishtirokida tuzilgan 122 korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Shulardan 102 tasi qo‘shma
korxona, 20 tasi 100% Xitoy sarmoyasi hisobidan Xitoy kompaniyalarining 23 ta
korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 - yilga kelib Xitoyning O‘zbekistonga
kiritilgan sarmoyasi hajmi 435 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2011-2017- yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash
hajmi qariyb to‘rt barobar oshgan. 2017- yilning birinchi yarmida o‘zaro savdo
yanada jadallashib, 59 foiz o‘sdi va 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Davom
etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
oqibatida
jahon
iqtisodiyotidagi
umumiy
pasayishga
va
muammolarga
qaramay,
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo barqaror
sur’atlarda o‘syapti. Investitsiyaviy hamkorlik-
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro
hamkorlikning
eng
muhim
yo‘nalishidir.
Ushbu hamkorlik ayni paytda har ikki tomon
uchun ustuvor loyihalar xisobidan kengayib,
eng muhim barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan yirik
sarmoyadorlardan biri bu Xitoydir. O‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar
hajmi 6,7 - milliard dollardan oshdi. Bular qatorida Qo‘ng‘irot soda zavodi,
Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodini qurish va ishga tushirish, Yangi Angren
issiqlik elektr stansiyasi va Angren ko‘mir konini texnik qayta jihozlash, Xitoy
kompaniyalari bilan hamkorlikda neft, gaz hamda uran konlarini qidirish, razvedka
qilish va o‘zlashtirishga oid qator qo‘shma loyihalar bunday o‘zaro manfaatli
investitsiyaviy hamkorlikning yaqqol dalillaridir.
O‘zbekistonda “Jizzax” maxsus industrial zonasi 2013- yildan boshlab tashkil
etilib, investorlar uchun misli ko‘rilmagan imtiyoz va preferensiyalar joriy qilindi.
Bugungi kunda “Jizzax” maxsus industrial zonasida mobil telefonlar, zamonaviy
qurilish
materaillari
va boshqa
yuqori texnologiyali
mahsulotlar
ishlab
chiqarilmoqda.
O‘zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan musaqil aloqalariga 1993 -
yilda asos solinadi. 1992-yil 10 mayda Ashgabadda O‘zbekiston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat
rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda TransOsiyo temir yo‘lini vujudga
keltirish maqsadida
Do'stlaringiz bilan baham: