quyidagilar belgilandi:
143
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa
dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda
ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va
hamkorligini ta’minlash;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga
chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, Shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini
ta’minlash;
- korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda
tahlil etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi
yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va
huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
-
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarini
takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar
tayyorlash;
-
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016- yilning oxiridan boshlab davlat
organlarining korrupsiyaga qarshi kurashining tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi,
uning tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul
qilinishi, prokratura va sud-huquq tizimini isloh etilishi, Prezident va Xalq
qabulxonalariga kelib tushayotgan murojjatlarni tahlil etib borish qoidalarini
o‘rnatilishi, mansabdorlar xizmatini oxirgi natijalariga qarab baholanishi qoidalarini
o‘rnatilishi kabi chora-tadbirlar o‘z natijasini bera boshladi.
2017 - yilning birinchi yarmida 1566 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta
jinoi ish qo‘g‘atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin, bu davrda
2016- yilning birinchi yarmiga nisbatan sudga oshirilgan jinoi ishlar 22 - foizga
kamaydi. Korrupsiyaviy faoliyat tufayli keltirilgan zararning 7 -7 - foizi undirildi. 37
-4 ta guruhlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar ochib tashlandi, 1330
ta korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi.
2018- yil 19-fevralda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining bergan ma’lumotlariga
binoan 2017 - yilda 1426 ta korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilib, undan 17 -1 tasi
poraxo‘rlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 - tasi firibgarlik, 125 - tasi noqonuniy valyuta
aylanmasini amalga oshirish, 19 tasi soxta pullarni ishlab chiqish, 190 tasi davlat
mulkini o‘g‘irlash va unga kamomad keltirish kabi jinoyat turlarini tashkil etdi. 2017
- yilda jinoiy harakat qilganligi uchun 230 ta ichki ishlar organlari xodimlari ustidan
jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 8000 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Lekin, 2017 -
yilda 73.692 ta jinoiy ishlar fosh etilib, bu 2016- yilga nisbatan 15,7 - foizga
kamaygani ham qayd etildi.
144
Xulosa qilib aytganda, o‘tgan salkam ikki yil ichida O‘zbekistonda korrupsiyaga
qarshi kurashning zamonaviy huquqiy asoslari ishlab chiqildi, ular amaliyotda
qo‘llana boshlandi. Muhimi, aholining Prezident va Xalq qabulxonalari vositasida
yuz berayotgan korrupsiyaviy jinoyatlarni davlat hokimiyati organlariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri etkazish imkoniyati yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |