1) eroniy tillar tilshunosligi;
2) eroniy xalqlar adabiyoti.
Agar biror qadimiy asarni tekstologik o‘rganilsa bu adabiyotshunoslikka kiradi, uning tilini o‘rganish esa tilshunoslikning vazifasidir. Shunday qilib, eron filologiyasi eronshunoslikning bir bo‘lagi bo‘lib, eroniy tillar guruhida gaplashuvchi xalqlar, elatlarning madaniy tarixi va umumiy tarixi bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Eronshunoslik va eron filologiyasi sharqshunoslik fanlari tarkibida
Eron filologiyasi faqat eronshunoslik fanlari bilan emas, balki sharqshunoslikning ko‘pgina fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, hindshunoslik, semitologiya, turkologiya va h.k. Bularni bir-biridan ajratib o‘rganish mumkin emas, balki ular qadimiy yozma yodgorliklarni o‘rganishda va ularni tarjima qilishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |