Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


b) Yengil sanoat: oziq-ovqat, tekstil sanoatlarining rivojlanish xususiyatlari



Download 3,16 Mb.
bet115/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206
b) Yengil sanoat: oziq-ovqat, tekstil sanoatlarining rivojlanish xususiyatlari

1980 yilda Xitoy yengil sanoati mahsulotlarini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi 10 marotaba oshdi. Yengil sanoat tarkibida ham qator o‘zgarishlar yuz berdi. 1949 yildan so‘ng, yengil sanoat korxonalari ob’ektlari provinsiya va mintaqalarla hamda markaziy xududlarda tashkil etildi. Shu davrga kelib, Shanxay, Tyanszin, Pekin va Guanchjou shaharlari mustahkam sanoat asosiga ega bo‘lib, bunga ko‘p jixatdan aholi sonining ortishi, texnik tarakqqiyot va transport turlarini keng rivojlanishi orqali erishildi. Xitoy yengil sanoati qadimiy an’analarga ega bo‘lib, u aslida Xitoy iqtisodiyotining an’anaviy tarmog‘i hisoblanadi

Xitoy yengil sanoati o‘z ichiga 44 ta tarmoqni qamrab olgan bo‘lib, u 200 mingtadan ortiq tovarlarni ishlab chiqaradi. Ular quyidagilardan iboratdir:


  • qog‘oz ishlab chiqarish;

  • maishiy mashinalar;

  • osh tuzi;

  • oziq-ovqatlar;

  • maishiy ishlarga mo‘ljallangan silikat;

  • yoritgich apparatlari;

  • maishiy kimyo mahsulotlari;

  • charmdan va junli mahsulotlar;

  • madaniy tovarlar;

  • san’at tovarlari;

  • maishiy elektr jihozlari;

  • tamaki ishlab chiqarish;

  • paxta sanoati mahsulotlari va boshqalar.

Xitoy yengil sanoati mahsulotlarining katta qismi, ya’ni, chinni, soatlar, chemodanlar, charm mahsulotlari, oyoq-kiyim, o‘yinchoqlar, metall mahsulotlar, yoritgichlar, ko‘zoynaklar, maishiy elektr jihozlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari va xududlariga eksport qilinadi. 1997 yilda eksport qilingan mazkur sanoat mahsulotlari hajmi 53 mlrd.AQSh doll.ni tashkil etdi.

Buning barobarida Xitoy yengil sanoati unga qanchalik davlat tomonidan yordam berilishiga va ushbu sohaga sarmoyalar kiritilishiga qaramasdan, 1990 yillar oxirlarida, baribir rivojlangan mamlakatlarning, ya’ni AQSh ning tekstil va yengil sanoati tarmoqlaridan ancha orqada edi. Ya’ni, o‘sha davrda AQSh da 6 mingdan ko‘proq mazkur soha korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tarkibiga kichik oilaviy va zamonaviy yirik fabrikalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda edi. Ular eng so‘nggi ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishlariga qaramasdan, uning yengil sanoati korxonalari borgan sari jahon bozorlarida o‘z o‘rinlarini (pozisiyalarini) yo‘qotib bormokda edilar. Bunga sabab, jahon bozoriga Janubiy Amerika hamda Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yengil sanoati mahsulotlarini kirib kelishlaridir. Shu bilan bir vaktda ularning ishchi kuchi va tovarlari narxining boshka davlatlarnikiga nisbatan arzonligi jahon bozorida ushbu sanoat tarmoqlari mahsulotlarining YeI va AQSh lari mahsulotlariga raqobatbardosh bo‘la boshladi.

So‘ngi yillarda mazkur davlatlarda ishlab chikarilgan tovarlar borgan sari ko‘payib borib, masalan, 1996-2002 yillar davomida Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan import qilingan tekstil tovarlari 85% ga, tayyor maqsulotlarni importi esa, deyarli 60% ga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

1996 yildan boshlab, Meksika davlati Xitoy tekstil va yengil sanaoti mahsulotlarini AQSh bozoriga olib kiruvchi asosiy davlatga aylandi. Jaxon Savdo Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 2002 yilda AQSh tekstil va yengil sanoati tovarlarini import qilinishi bo‘yicha eng yirik davlatga aylandi. Buning asosiy sababi o‘sha yili AQSh o‘z ichki bozoriga 78,6 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan mahsulotlarni import qilishi bo‘ldi. uning eksport hajmi esa, atiga 16,6 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgandir. Shu sababli AQSh ning savdo balansidagi salbiy qoldig‘i - defisit qiymati 62 mlrd. dollarni tashkil qildi. Ulardan salkam 20% defisiti Meksika orqali olib kirilgan tovarlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Agar biroz orqaga qaytib, mazkur sohaning 1956 yillar oralig‘ida rivojlanishiga nazar tashlasak, unda o‘sha davrlardayoq Xitoyda yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Shanxay yengil sanoati korxonalari Kontinental Xitoyning 144 ta industriallashgan korxonalari bilan iktisodiy hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelgandir. Undan tashqari, Xitoyning Szyansu, Yunnan, Szilin, Chjeszyan va Gansu provinsiyalari bilan ham o‘zaro hamkorlik ishlari olib borildi.

Hozirgi kunga kelib, Xitoyning Shanxay va Tyanszin shaharlarida yengil sanoat tarmoqlari ancha ravojlangandir. Ammo ularning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan birga, ulardagi bir qator kamchiliklarni ham qayd etish lozimdir: xususan, ularga har doim ham xom-ashyo o‘z vaqtida yetkazib berilmasligi, deyarli ko‘pchilik korxonalarda ishlab chiqarish qo‘l kuchiga asoslangan va mehnat talab bo‘lib kelganligi, ulardagi uskuna va jihozlarning ma’naviy va jismoniy eskirganligini ta’kidlash mumkin. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish ichki va tashqi bozorda ham yuqori talablarga ega bo‘lib,. bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarish mamlakatning hamma xududlarida yo‘lga qo‘yilgandir, lekin ba’zi bir xududlarda tarmoqning ayrim turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishgina mavjud bo‘lgan.

1949 yildan keyin, Shanxay, Szyansu, Guandun, Shandun, Lyaonin,Tyanszin va Pekin shaharlari yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib, ular mazkur mahsulotlarni eksporterlari hisoblanadi. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi yildan-yilga oshib bordi. Ammo, shunga qaramay ilgari iqtisodiyot ko‘rsatkichi past bo‘lgan Chjeszyan, Xebey, Fuszyan va Guansi shaharlarida yengil sanoatning rivojlanish tezligi 1980 yilgacha boshqalarga qaraganda nisbatan jadal bo‘lgan. 1980 yilga kelib, yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarishda Shanxayga teng keladigan xudud qolmadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan tovarlarning (umumiy hisobda) yiliga 14% i Shanxayga to‘g‘ri keldi. Undan keyingi o‘rinlarni Szyansu, Guandun, Shandun va Lyaoninlar egalladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning 6-9 % i ularga to‘g‘ri keladi. Bulardan tashqari, mamlakatda yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ulushlari 1% dan kam bo‘lgan xududlar ham mavjuddir. Xususan, ularga Tibet, Gansu, Ninsya, Guychjou xududlari kirib, ular yiliga 2-4 % mahsulot ishlab chikaradi. Bu raqamlar talqini shuni ko‘rsatadiki, Xitoydagi yengil sanoat tovarlarini ishlab chiqarish darajasi turli xil rivojlangandir.

Xitoyda bugungi kunda mazkur yo‘nalish boshqa yengil sanoat tarmog‘i rivojlangan davlatlarga nisbatan, ularning xom ashyo bilan ta’minlanish darajasi ancha yaxshi yo‘lga ko‘yilgan bo‘lib, uning tekstil sanoati tarmog‘ida tabiiy xom ashyoni ishlatish darajasi 60% ni tashkil etadi.

Xitoy iqtisodiyotida uning tekstil sanoati muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanib, bugungi kunda u jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Tekstil sanoati tarkibiga kiradigan uning jun va ipak matolarni ishlab chiqarish ham rivoj topib bormokda

1985 yilda Xitoy yengil sanoatning yalpi mahsulotini qiymati 157,38 mlrd.yuan.ni tashkil etib, u 1949 yilga nisbatan 36,7 marotabaga ko‘p demakdir. (jadval 10.5.1.)



Jadval 10.5.1.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish