Analiz (lot. "analusis" - bo‗laklarga ajratish) - narsa va voqea xodisalarni tarkibiy
qismlarga, bo‗laklarga ajratishdir. Masalan, anor qattiq po‗sti, qat-qat parda va donachalarga
ajratiladi.
Sintez (lot. sinthesis - birikish, qo‗shilish) analizga qarama-qarshi bo‗lgan fikrlash
jarayonidir. Unda o‗rganilayotgan narsa va xodisalarning aloxida qismlari, bo‗laklari bir butun
qilib birlashtiriladi.
O‗quvchilarning fikrlash faoliyati taqqoslashda xam namoyon bo‗ladi.
Taqqoslash - narsa va xodisalardagi tafovut xamda o‗xshashlikni, tenglik va notenglikni
topa olishga yo‗naltirilgan fikrlash operatsiyasi demakdir.
Induktiv va deduktiv tafakkur o‗quv materialini tushunib olishda muxim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |