Pedagogika fanining maqsadi insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik
sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o‗quv, malaka va ko‗nikmalar
bilan qurollantirish, mutaxassislarda xar bir soxaga mos ilm, bilim, ko‗nikmlar xosil qilishdan
iboratdir.
«Pedagogika» faning asosiy vazifalari–mustaqil O‗zbekiston Respublikasi butun jaxon
bilan yuzma-yuz bo‗layotgan bir davrda uning iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy yuksalishini
ta‘minlovchi, yoshlarning asosiy konstitutsiyaviy xuquqlaridan biri bo‗lgan xar bir kishining
axloqiy-amaliy imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, o‗zi
xoxlagan kasb tanlash, uni mukammal egallab, shu soxada baxtiyor faoliyat ko‗rsatish uchun
moddiy-ma‘naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratish, istiqlol mafkurasini o‗zlashtirgan
mutaxassis tayyorlash, unda tarbiyachilik san‘ati va maxoratini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |