Toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/214
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#301691
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214
Bog'liq
mikro va makro iqtisodiyot

1.

 

Iqtisodiy sikl tushunchasi 

Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot tarixi iqtisodiyotning hech qachon tekis va 

silliq  yo‗l  bilan,  olg‗a  rivojlanish  yo‗lidan  ketmaganligini  yaqqol  namoyon 

etmoqda. Bu tarix o‗zining turli bosqichlarda iqtisodiy kon‘yunkturaning bir-birini 

davriy  ravishda  almashtirib  turgan  va  almashtirib  kelayotgan  tanazzul  yoki 

yuksalishni  boshidan  kechirib  keldi.  Bu  o‗zgarishlar 



makroiqtisodiy  beqarorlik

 

yoki 



bozor iqtisodiyoti rivojlanishining davriyligi

 deb ataladi. 

Iqtisodiy  sikllarning  boshqa  tasniflari  ham  bor.  Davomiylik  bo‗yicha  tasnif 

juda  keng  tarqalgan  bo‗lib,  unda  odatda  siklik  tebranishlarning  uch  turi  alohida 

ajratib ko‗rsatiladi: 

♦ 3,5-4 yil davom etadigan qisqa muddatli sikllar

♦ 8—10 yil davom etadigan o‗rta muddatli sikllar; 

♦ 48—55 yil davom etadigan uzoq muddatli sikllar. 

O‗rta muddatli siklni o‗rganish uchun uning asosiy bosqichlarini ajratib olish 

lozim (13.1-rasmga qarang). Odatda iqtisodiy sikl to‗rtta fazaga ajratiladi: 

♦ 

inqiroz

  (siklik  to‗lqinning  trend  liniyasi  uzra  joylashgan  pasaytiruvchi 

qismi – a qism); 

♦ 

depressiya

  (tushkunlik)  –  (siklik  to‗lqinning  trend  liniyasi  ostida 

joylashgan pasaytiruvchi qismi – b qism); 

♦ 

jonlanish

 (siklik to‗lqinning trend liniyasi ostida joylashgan yuksaltiruvchi 

qismi – s qism); 

♦ 

yuksalish  (

siklik to‗lqinning trend  liniyasi uzra joylashgan yuksaltiruvchi 

qismi – d qism



). 

Inqiroz

  –  qayta  ishlab  chiqarishning  gurkirab  rivojlanayotgan  ishlab 

chiqarish  mahsulotni  sotish  bilan  bog‗liq  keskin  muammoga  duch  kelgan 

vaziyatidir. Bozorga taqdim qilingan tovar va xizmatlar to‗lovga layoqatli munosib 

talabni  topa  olmaydi.  Sotilmay  qolgan  tovarlar  tovar-moddiy  zahiralarning 

to‗planib  qolishiga  olib  keladi,  foyda  kamayadi,  ishlab  chiqarish  hajmlari 




qisqaradi,  investisiyalar  hajmi  ham  qisqaradi,  ishchi  kuchiga  bo‗lgan  talabning 

pasayishi  oqibatida  ishsizlik  ortadi.  To‗lovga  layoqali  talabning  kamayishi 

bularning barchasini yanada kuchaytiradi. 

Depressiya

  bosqichida  investisiyalash  mutlaqo  to‗xtaydi,  iqtisodiyot 

turg‗unlikka yuz tutadi. 

Jonlanish

  bosqichida  so‗nishning  eng  quyi  nuqtasidan  o‗tiladi  va 

iqtisodiyotning inqirozdan avvalgi holatiga asta-sekin qaytish boshlanadi. Ishsizlik 

qisqaradi, daromad va foyda o‗sadi, investisiya jarayonlari boshlab yuboriladi. 

Nihoyat, 

yuksalish

  bosqichida  iqtisodiyot  gurkirab  rivojlanadi,  trend  ijobiy 

(musbat)  bo‗lganda  ko‗plab  makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar  bo‗yicha  inqirozdan 

avvalgi  vaziyatdagi  dastlabki  darajaga  nisbatan  yuqoriroq  nuqtalarga  erishadi, 

yuksalishning  eng  yuksak  nuqtasiga,  iqtisodiy  siklning  cho‗qqisiga  yetib  boradi, 

so‗ng yana inqiroz bilan almashadi.  

U  yoki  bu  mamlkatning  iqtisodiyoti  iqtisodiy  siklning  qaysi  bosqichida 

ekanligini  to‗g‗ri  baholash  uchun  ekspertlar  bir  qator  iqtisodiy  indikatorlardan 

foydalanadilar,  ya‘ni  asosiy  makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar  dinamikasini 

baholaydilar.  Qaysi  ko‗rsatkichlarning  tanlab  olinishi  mazkur  iqtisodiy  vaziyatda 

iqtisodiyotning holatini nima eng yorqin xarakterlashiga bog‗liq bo‗ladi. 

Odatda,  iqtisodiy  sikl  indikatorlari  sifatida  quyidagi  ko‗rsatkichlar  tanlab 

olinadi: jami ishlab chiqarish (YaIM yoki YaMM), ishsizlik darajasi, tovar-moddiy 

zahiralar  va  ishlab  chiqarish  omillari  zahiralari,  narx  darajasi,  pul  massasining 

hajmi, pullarning aylanish tezligi, qisqa muddatli foiz stavkalari va hokazo. 

Ishsizlik  makroiqtisodiy  beqarorlikning  eng  muhim  namoyon  bo‗lish 

shakllaridan biridir, chunki uning nafaqat sof iqtisodiy, balki ijtimoiy belgilari ham 

bor. 


Ishsizlik  muammosi  barcha  rivojlangan  mamlakatlarga  u  yoki  bu  darajada 

dahldor  bo‗lgan  va  bo‗lib  kelmoqda,  ishsizlikni  tartibga  solish  masalalari  esa 

davlatning makroiqtisodiy siyosatidagi eng muhim muammoligicha qolmoqda. 


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish