11.4-rasm. AS egri chizig„ining o„zgarishi.
3.“AD-AS” MODELI
Makroiqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlik g‗oyasini makroiqtisodiy
muvozanat modellarida ko‗rsatish qabul qilingan. Keng tarqalgan modellardan biri
bu
“AD-AS” modeli, ya‟ni “yalpi talab – yalpi taklif”dir (aggregate demand –
aggregate supple).
Bu modelda makroiqtisodiy muvozanat bir vaziyat sifatida olish mumkin.
Bu vaziyatda barcha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar to„liqligicha sotib
olinadi, ya‟ni ishlab chiqarishga to„lov qobiliyatli talab mos keladi.
Bu vaziyatni grafikda ifodalash uchun bir grafikda yalpi talab va yalpi taklif
egri chig‗iqlarini mujassamlashtirish lozim. Yalpi talab egri chizig‗i yalpi
taklifning uchta kesmasida ham tutashib muvozanatga erishadi, lekin har bir
kesmadagi muvozanat turlicha bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |