Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

 
 
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INNOVATSION KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARINI 
TAKOMILLASHTIRISH 
Djalolov B.B. – Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya. Ushbu maqola bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirish 
usullari haqida bo‘lib, unda innovatsion kompetentlik, o‘qitishdagi kamchiliklar, ularni bartaraf etish,
o‘qitish metodikasini, innovatsion kompetentlikni rivojlantirishni takomillashtirish usullari to`g`risida so`z 
yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: kompetentlik, innovatsion kompetentlik, o‘quv jarayoni, bo‘lajak o‘qituvchi, mahorat, 
konstruktivizm, kompetensiyaviy yondashuv. 
УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМА ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ 
БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ 
Джалолов Б.Б. - базовый докторант Ташкентского государственного педагогического 
университета 
Аннотация. В данной статье приводятся суждения о том, как сформировать инновационную 
компетентность у будущих учителей; о недостатках в обучении и их устранении; о развитии 
инновационной компетентности и способах совершенствования методики обучения. 
Ключевые слова: компетентность, инновационная компетентность, учебный процесс, будущий 
учитель, мастерство, конструктивизм, компетентностный подход. 
IMPROVEMENT OF INNOVATIVE COMPETITIVENESS MECHANISM FOR FUTURE TEACHERS 
Djalolov B.B. - PhD student of Tashkent state pedagogical university 


102 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Annotation. This article is about the ways to build innovative competencies for future teachers, with 
innovative competencies, learning disadvantages, how to overcome them, and how to improve innovation 
competence. 
Key words: competence, innovative competence, learning process, future teacher, skill, 
constructivism, competence approach. 
Hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan 
rivojlanib borayotgan sharoitda ta’lim tizimini takomillashtirishni davrning o‘zi talab qilmoqda. Ma’lumki, 
ta’lim samaradorligi, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatida erkin va mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsata 
olishi ulardagi kasbiy-pedagogik, innovatsion kompetentlikning shakllanganligi bilan belgilanadi. 
“Kompetentlik” – bu chuqur bilim va tajribaga egalik, yuksak mahorat, xabardorlik, omilkorlik. Shuningdek, 
u nafaqat bilimlarga ega bo‘lish, balki ularni amaliyotga moslashtira olish imkoniyati hamdir. Shu nuqtayi 
nazardan kompetentlikning quyidagi turlari o‘zaro farqlanadi:
– Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy vazifalarning samarali yechimini ta’minlashga 
xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amaliy faoliyatda yuqori darajada 
qo‘llay olish layoqatidir.
– Metodik kompetentlik – o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etishning shakl, 
metod va vositalarini bilish, o‘zlashtirish, amalda qo‘llash, kasbiy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlil eta 
olish, ilg‘or pedagogik va xalqaro tajribalarni o‘rganish, o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, 
muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘nikmalari.
– Innovatsion kompetentlik – ta’limdagi innovatsion jarayonlar mohiyatidan xabardorlik, kasbiy 
faoliyat sohasi va tegishli ta’lim yo‘nalishidagi innovatsiyalarni o‘zlashtirish, amaliyotga faol tatbiq etish, 
zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi savodxonlik, chet tillarini 
o‘zlashtirish, novatorlik. 
Kasbiy va kasbiy pedagogik ta’limda innovatsion jarayonlarning rivojlanish konsepsiyasi pedagogik 
nazariya va amaliyotda S.Y.Batishev, E.F.Zeer, N.V. Kuzmina, L.M. Kustov, L.S. Podymova, V.A.Slastenin 
singari olimlarning ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, V.V. Gusev va N.F.Maslova tomonidan 
universitetda o‘quv muhitini yaratish shartlari tadqiq etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, talabalarning kognitiv 
faolligi ijtimoiy rivojlanayotgan va kasbiy yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarga asoslangan. Axborotning 
shiddatli oqimi, dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar zamonaviy ta’lim jarayonida bir qancha kamchiliklarni 
keltirib chiqarmoqda. Jumladan:
– oliy kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlashning bir darajali tizimiga o‘tish va universitetning 
o‘quv muhitini tashkil etish muammolarini nazariy va uslubiy jihatdan ishlab chiqishning sustligi;
– oliy maktab amaliyotiga kompetensiyaga asoslangan yondashuvni keng miqyosda joriy etish 
zaruriyati va talabaning umumiy madaniy barkamolligini shakllantirish uchun yetarli pedagogik modelning 
yo‘qligi;
– bo‘lajak bakalavrlarning umumiy madaniy barkamolligini shakllantirishda ta’lim muhitining 
potensiali;
– kasbiy tayyorgarlik jarayonida universitet innovatsion o‘quv muhitining shart-sharoitlari va 
manbalari. 
Kasb-hunar pedagogik ta’limidagi innovatsion jarayonlarning rivojlanishi fan, jamiyat, iqtisodiyot va 
ishlab chiqarishdagi innovatsion jarayonlarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Ular o‘ziga xos xususiyatga ega 
bo‘lib, innovatsion muhitda samarali faoliyat ko‘rsatishga qodir yuqori malakali kadrni shakllantirishga 
ko‘mak beradi. OTMlardagi innovatsion ta’lim muhiti ta’lim sifatini oshirishning asosiy sharti va asosiy 
manbayi bo‘lib, u bo‘lajak o‘qituvchilarning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuvi, kasbiy shakllanishi va 
rivojlanishi, mehnat bozorida raqobatbardoshligi va ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini qondirish uchun 
mo‘ljallangan. Afsuski, kelajakdagi o‘qituvchining kasbiy shakllanishi ko'pincha ta’lim muhiti va ular tarkibiy 
qismlarining xususiyatlarini hisobga olmagan holda quriladi, ya’ni an’anaviy o‘qitish mexanizmlari kabi
asosiy urg‘u nazariyaga qaratiladi. Bugungi kunda o‘qitish tizimining xorij metodikasi bilan uyg‘unlashtirilishi 
ta’lim tizimida “zamonaviy o‘qituvchi” shaxsini yaratishni talab qilmoqda. Zamonaviy o‘qituvchi 
kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil eta olishi, buning uchun esa, kompetentlik 


103 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
qobiliyatga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Shunday ekan, bo‘lajak o‘qituvchilarga ta’lim berishda 
asosiy harakatlar kelgusidagi kasbiy faoliyat kontekstida o‘qitishga yo‘naltirilishi, o‘quvchini bilimning faol 
subyekti sifatida belgilashi, uning individual xususiyatlarini hisobga olib, subyektiv shaxsiy tajribaga 
asoslangan holda, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti va qudrati innovatsion kompetentlik, pedagog-
o‘qituvchilarning kasbiy yondashuvi, mahorati bilan belgilanadi. Innovatsion kompetentlik – bu uzluksiz 
ravishda yangiliklar bilan ishlash bo‘lib, uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. 
O‘qituvchining innovatsion kompetentligini ta’lim jarayonida shakllantirish quyidagi ko‘nikma va 
malakalarni rivojlantirish uchun imkon beradi: 
– mustaqil ravishda uzoq va yaqin, ichki va tashqi bilimlar tizimini va mahoratini yangi vaziyatga 
ko‘chiradi;
- an’anaviy vaziyatlarda yangi muammolarni his etadi;
– obyekt an’anaviy funksiyasi o‘rniga yangisini tasavvur qiladi;
– obyekt tuzilishini tasavvur qiladi; 
– masalalarni yechishda muqobil yechimlarni ham hisobga oladi; 
– yangi muammolarni hal etishda faoliyatning oldindan ma’lum bo‘lgan usul va uslublarini qayta 
ishlaydi va h.k
1

Bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikning shakllanishi ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi 
lozim: 
Yangilikni idrok qilishga innovatsion tayyorlikni shakllantirish; 
Yangicha harakat qilishga o‘rgatish
2

O‘qituvchining innovatsion kompetentligi, asosan, quyidagi jihatlarning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi: 

Izlanuvchanlik; 

Qiziquvchanlik; 

Ijodiy yutuqlarga intilish; 

Ilg‘orlikka intilish; 

Novatorlik; 

Ijodiy faoliyatning shaxsiy ahamiyati; 

O‘z-o‘zini mukammallashtirishga intilish; 

Ijodkorlik. 
Bilamizki, jahon ta’lim tizimida o‘qitishning turli xil nazariyalari mavjud. Konstruktivizm ana shunday 
nazariyalardan biri bo‘lib, “yaratish”, “barpo etish” ma’nolarini bildiradi. Bunda o‘rganuvchi kerakli bilimni 
o‘zi tushunishi orqali hosil qiladi va o‘qituvchi faqat “nazorat qilish” vazifasini bajaradi. Ushbu jarayon 
amaliyot, “jonli manba”lar bilan ishlash asosida amalga oshiriladi. Aynan mana shunday o‘qitish 
talabalarda innovatsion kompetentlikni vujudga keltira oladi. Chunki amaliyot bilan bog‘lanmagan har 
qanday nazariya natijasizdir. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni 
shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishda quyidagi tavsiyalarni berish maqsadga muvofiqdir:
– Mustaqil ta’lim darslarini ko‘paytirish. Innovatsion kompetenlikning shakllanishida talabalar uchun 
ajratilgan mustaqil ta’lim muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayonda ular muammoli topshiriq va vazifalarni hal 
etishda aqliy salohiyatlarini to‘la ishga soladilar, zarur bilimlarni izlab topadilar va amaliy faoliyatni tatbiq 
etishga odatlanib boradilar. Mustaqil ta’lim orqali bo‘lajak o‘qituvchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan usul va 
uslublar, o‘qitishning metod va vositalarini izlaydi, ularni takomillashtiradi, ularning yangi mexanizmlarini 
yaratishga harakat qiladi. O‘quv dasturi va darsliklardan tashqari o‘z ixtisosligiga aloqador bo‘lgan bilimlarni 
izlab topish, tajriba-sinovlar o‘tkazish yordamida ularni boyitish talabada tashabbuskorlik, ijodkorlik 
qobiliyatlarini rivojlantiradi, raqobatbardoshlikni yuzaga keltiradi. Raqobat qayerda bo‘lsa, taraqqiyot ham 
o‘sha yerda makon quradi. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarda innovatsion kompetentlikni shakllantirishni 
takomillashtirishda mustaqil ta’lim zarur vosita hisoblanadi. 
1
Шкатова Т.Г. Содержание профессиональной компетентности педагога. // Ярославский педагогический вестник, 2010, №1. С. 100-103. 
2
Новиков A.M. Интеграция базового профессионального образования. // “Педагогика”, 1996, № 3. С. 3-8. 


104 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
– Talabalarning ayrim o‘quv mashg‘ulotlarini mavzuga oid maskanlarda olib borishni yo‘lga qo‘yish 
yoki shu sohaga oid jonli manbalar bilan ishlash. Bunday o‘qitishda talabada yaratuvchanlik, ijodiy 
yondashuv, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Masalan, texnika sohasi mutaxassislarini 
tayyorlashda ularga samolyotning tuzilishi haqida ma’lumot berishdan ko‘ra, samolyot maketini olib kelib, 
uni buzish va qayta yaratish topshirig‘ini berish samaralidir. Yoki adabiyot darslarida shoir va 
yozuvchilarning hayot va ijodi o‘rganiladigan mashg‘ulotlarni ularning uy-muzeylarida olib borish bo‘lajak 
o‘qituvchilarda tasavvurning, bilimlarning kengayishiga xizmat qiladi.
– Amaliyot jarayonini o‘quv jarayoni bilan bog‘lash, shu maqsadda talabalarning 1-bosqichdanoq 
MTM, maktab va akademik litseylarda nofaol amaliyot o‘tashini tashkil etish. Ushbu tizimning yo‘lga 
qo‘yilishi bo‘lajak o‘qituvchilarda muomala madaniyatini, pedagogik mahoratni shakllantirib, o‘qish 
jarayoni va o‘qitish jarayoni o‘rtasidagi devorning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Ya’ni talabaning o‘qish 
jarayonidan birdaniga o‘qitish faoliyatiga o‘tishi jarayonidagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi. Shuningdek, 
talaba ushbu faoliyat davomida o‘qitishda mavjud kamchiliklarni to‘laqonli anglaydi va novatorlik orqali 
qulay o‘qitish texnologiyalarini yaratishga harakat qiladi.
– Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, talabalarda yangicha dunyoqarashni 
shakllantirish uchun ularning xalqaro konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlash. Bugungi kunda yoshlar ongi, 
tafakkuri tez rivojlanmoqda. Ularning o‘quv darslaridan qoniqish hosil qilishi o‘qituvchidan katta bilim va 
mashaqqatli mehnatni talab etadi. Axborotlar oqimi, yangiliklar shiddat bilan tezda butun dunyoga 
tarqaladi. Shunday ekan, o‘qituvchi hamisha zamon bilan hamnafas bo‘lishi, dunyoqarashini boyitib borishi 
lozim. Shu jihatdan, bo‘lajak o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlari bilan 
tanishtirib borish, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishi uchun shart-sharoit yaratish OTMlarning muhim 
vazifasidir. Bu jarayonda bo‘lajak o‘qituvchilarda: 

Ko‘p sonli yechimlarni amalda qo‘llash; 

Mulohazalarning mustaqilligi; 

Tasavvur etish, ijodiy xayol; 

Pedagogik faoliyatda bir xillikdan voz kecha olish; 

Fikrlar harakatsizligini yenga olish; 

Tavakkalchilik; 

Tanqidiy fikrlash, o‘z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati; 

Mulohazakorlik qobiliyati rivojlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, innovatsion kompetentlik barcha o‘qituvchilar uchun zaruriy vositadir. 
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim esa, o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘z shaxsiy kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga 
yo‘naltirilgan, innovatsion kompetentlikni rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, bo‘lajak o‘qituvchilarga 
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda ta’lim berish lozimdir. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish