TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
jarayonida ularni qo‘llashi natijasida talabalarda kasbiy kompetentlikning vujudga kelishi, “Men
iqtisodchiman” darajasining motivatsiyali, kommunikativ, tahliliy komponentlari shakllanishi,
o‘qituvchi tomonidan o‘rgatilayotgan fanga oid yangi bilimlarni o‘rganib borishi, o‘z faoliyatini
baholay olish hamda shaxsiy qarorlar qabul qilish xususiyatlarining shakllanishiga erishish mumkin.
Iqtisodiyot talabalarining ta’lim jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirish uchun kasbiy
faoliyatga oid internet resurslarini o‘qitish maqsadga muvofiq. Masalan:
my.soliq.uz - soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali bo‘lib, undan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes korxonalarining moliyaviy hisobotlarini
elektron shaklda topshirishni avtomatlashtirishda foydalaniladi;
soliq.uz - O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi sayti bo‘lib, iqtisodchilar kasbiy
faoliyati davomida soliqqa oid yangiliklar, imtiyozlar, tekshirishlar reja-jadvali, milliy standartlar
bilan tanishib boradilar;
stat.uz - statistika hisobotlarini topshirish va buxgalteriya hisob kodlarini bilib borish sayti
hisoblanib, unda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes korxonalarning statistik
hisobotlarini tayyorlashni avtomatlashtiruvchi eStat 3.0. dasturini yuklab olish mumkin;
https://nps.xb.uz/nps/auth.fb-fuqarolarning jamg‘arib boriladigan nafaqa fondi
hisobotini topshirish sayti. Bu saytda korxonalarda faoliyat yurituvchi buxgalterlar elektron raqamli
imzo yordamida nafaqa fondi hisobotini taqdim qilishadi.
Oliy ta’limning iqtisodiyot yo‘nalishlarida “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion
texnologiyalar va tizimlar” fanidan o‘qitiladigan har bir mashg‘ulot o‘ziga mos kutiladigan natijalarga
ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchi mashg‘ulot o‘tish jarayonida mashg‘ulotdan kutiladigan natijalardan
ko‘ra ortiqroq natijaga erishishi mashg‘ulot samaradorligini, qolaversa, talabalar o‘zlashtirishi
samaradorligini oshirilishiga olib keladi.
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanidan o‘qituvchi o‘tilgan
har bir mashg‘ulotdan samaradorlikka erishish uchun quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
ta’lim beradigan o‘qituvchining zamonaviy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi; mashg‘ulotni
o‘tishda zamonaviy o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlashi; tanlangan ta’lim metodlarining uzviyligiga
erishishi; mashg‘ulot turini tanlashda vaqtni to‘g‘ri taqsimlanishi; mashg‘ulot jarayonida ta’lim
vositalaridan o‘z o‘rnida foydalanishi; mashg‘ulotda ishtirok etuvchi talabalarning pedagogik,
psixologik jihatlariga e’tibor qaratishi; mashg‘ulot olib boriladigan xonalarning so‘nggi namunadagi
kompyuterlar, internet texnologiyasi va zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlanishi va h.k.
Talabalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari, uning jamiyatdagi
o‘rni, mutaxassislikni egallashdagi hissasini o‘qituvchi tomonidan yetarli darajada tushuntirib
berilishi natijasida, ularda axborot kompetentligi bilan bir qatorda kasbiy kompetentlik
shakllantirilib, kasbiy faoliyatni mazmunli amalga oshirish va boshqarishni osonlashtirishga
erishiladi.
Axborot kompetentligi – bu shaxsning turli axborot tizimlaridagi axborotlarni izlab topish,
saqlash, qayta ishlash, qo‘llash va uzatish qobiliyatidir. Shunga asosan, ilmiy tadqiqotda elektron
ta’lim muhitini tashkil etishda foydalaniladigan dasturiy vositalar: Moodle, WordPress, PHP, Turbo
Site, Bandicam, Audacity, Movavi Video Editor Plus, AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flashdan
foydalanib, elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish va ulardan ta’lim jarayonida samarali
foydalanish talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yordam berishi aniqlandi.
Shuningdek, AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flash 8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam,
Audacity dasturlaridan foydalanib, fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan elektron axborot-ta’lim resursi
yaratilib, undan ta’lim jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.
Elektron ta’lim resurslari bilan ishlash ikki turdagi faoliyatni nazarda tutadi: 1) o‘qituvchi
rahbarligi ostida guruhda ishlash va bilimlarni mustahkamlash, 2) berilgan topshiriq bo‘yicha
58
Do'stlaringiz bilan baham: |