TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
hamjihatlikka o‘rgatish, shaxs ijtimoiy faolligini oshirish kabi mavzularga yo‘naltirilgan boʼlishi
mumkin.
Mazkur jarayonlarni o‘tkazishda ko‘proq o‘yin metodlaridan foydalaniladi. O‘yin metodlaridan
foydalanib shaxsning o‘zini anglash holatlarini amalga oshirishda munozara, hissiy o‘z-o‘zini anglash,
muloqot jarayonida zarur sifatlarni shakllantirish, muloqot jarayonida o‘zini konstruktiv baholashga
o‘rgatish kabi treninglarni qo‘llash mumkin.
Xulq-atvor va munosabatni shaklantirishga qaratilgan treninglarda xulq-atvor meʼyorlariga
rioya qilishga o‘rgatish, nizoli vaziyatlarni bartaraf qilishga o‘rgatish, milliy va etnopsixologik
xususiyatlarni tarbiyalash va shaxsni faollashtiruvchi o‘yinlarni qo‘llash mumkin.
Аqliy qobiliyatni rivojlantirish treninglarida aqliy qobiliyatni rivojlantirishga mo‘ljallangan
psixokorreksion dastur, “Fikran sayohat” mashqi, diqqatni boshqarish va diqqat kabi trening o‘yinlari
o‘tkaziladi.
Psixologik treninglarning barchasida deyarli bir xil tarzda trening ishtirokchilarini jarayonga
tayyorlash talab etiladi. Bunda qatnashuvchilardan o‘z fikrlarini tartibga keltirish, nima haqida
mulohazalashni aniqlashtirib olish, xayolda aylanayotgan majburiyatlar, ehtiyojlar, xohish,
yumushlardan forig‘ boʼlish tavsiya etiladi.
Trening qatnashchilariga bevosita sezgilarga qaytish, diqqatni yuz foiz to‘play olishga, uni har
qanday vaqt va sharoitda boshqarishga imkon beruvchi usullarni egallash lozimligi tushuntiriladi.
Trening ishtirokchilariga kelgusida psixologik mashqlarni mustaqil tarzda bajarish bo‘yicha bu
kabi mashqlar bilan mustaqil va muttasil shug‘ullanish, har kuni jadal diqqatni to‘plashga erishish
tushuntiriladi. Bunda qatnashchilarga qaysi mashqlar diqqatning rivojlanishi uchun murakkab va
qaysi birlari esa oddiy ekanligiga eʼtibor berish, yaxshi natijalarga erishish uchun past natijalar
berayotgan mashqlar ustida ishlashning ahamiyati tushuntiriladi.
Shuningdek, qatnashchilarda verbal tafakkurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Verbal
tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar taqdim etiladi:
• Diqqatingizni fikrlaringizning sifatiga qarating. Fikriy ifodalaringizni rivojlantiring,
tafakkuringizni o‘zaro uyg‘unlashtiring. Sekin fikrlashga harakat qilib koʼring. Fikrlashni
tezlashtirishga harakat qiling.
• O‘qish uchun doimo vaqt toping. Oʼqish aqliy rivojlanishni o‘stirishning eng maqbul yo‘li,
xayoliy timsollar va diqqatni to‘plashni jonlantiradi.
• Fikrlaringizni qog‘ozda bayon etishga harakat qiling. Fikrlarni yozma bayon etish ularni
saralashga, har xil nuqtayi nazarlarni qiyoslashga, fikrlarni shakllantirish va tekshirishga, nimani his
etayotganingiz va o‘ylayotganingizni aniq tasavvur qilishga imkoniyat tug‘diradi.
• Siz o‘zingizning gapirayotgan gaplaringizga quloq soling. O‘zingizning fikriy monologingizga
quloq tuting, kun davomida qanday maʼlumotlar sizni o‘y-xayolingizdan o‘tayotganligi, ularning
hayotiy pozitsiyangizga taʼsirini oydinlashtirishga erishing.
Bu kabi mashg‘ulotlarning maqsadi aql-idrok kuchini oshirish, muammolarni mustaqil va
qonuniyatlarga asoslanib topish malakasini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |