197
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
va nazariyasi muammolari, dunyo adabiyotida mavjud adabiy oqim va metodlardan yaxshi xabardor.
Xabardorgina bo‘lib qolmay, bu haqda erkin fikr yurita oladilar.
Bu avlod, xususan, N.Eshonqul poetik idroki, adabiy-estetik qarashlari mana shunday ijodiy
prinsiplar asosida shakllangan. Ularning bosh maqsadlari, bizning fikrimizcha, adabiy muhitni
yangilash, ijodiy prinsiplarni
qayta shakllantirish, jahon adabiyotidagi eng ilg‘or tendensiyalarni
milliy adabiyotga sintezlashda namoyon bo‘ladi. Albatta, bunda turli badiiy eksperimentlar, ifoda
usullaridagi yangilanishlar bilan birga adabiy-tanqidiy ishlarning ham muhim o‘rni bor. Tadqiqotimiz
obyekti bo‘lgan N.Eshonqul asarlarida badiiy ijod jarayonidagi
estetik tamoyillar, poetik
eksperimentlarning tanqidiy asarlarda izchil aks etganiga guvoh bo‘lamiz.
Zamonaviy jahon va o‘zbek adabiyotida ro‘y bergan biron muhim hodisa yo‘qki, u N.Eshonqul
e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsin. Turli hajm va shakldagi badiiy esselar, maqolalar, taqriz, suhbat,
adabiy bahslarda N.Eshonqul badiiy idroki va tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi.
2014-yilda yozuvchining “Mendan “men”gacha” nomli adabiy-tanqidiy asarlar to‘plami nashr etildi.
Kitobdan N.Eshonqulning qariyb o‘ttiz yillik tajribalari, adabiyot haqidagi fikr-mulohazalari o‘rin
olgan. Kitobning qamrov doirasi o‘ta keng. Unda Sharq va G‘arb klassiklari, o‘zbek
nasri va
she’riyatining zabardast vakillari ijodi muhim ijodiy fenomen – ijodkor “men”i doirasida talqin-u
tahlil etilgan. Kitobning “MEN”ni izlab...” nomli dastlabki qismida adibning ijodkor shaxsi mohiyatini
belgilovchi, o‘zligini namoyon etuvchi yadrosi – “men”lik olami haqida fikr yuritiladi. Ushbu
asarda, eng avvalo, ijodkor kim, uning o‘zligi qanday namoyon bo‘ladi, ijodkorning yaratuvchanlik
salohiyati nimalarda ko‘rinadi, degan savollarga javob izlanadi. Uning shaxs darajasiga ko‘tarilishi
yoki shaxssizlik doirasida qolib ketishining sabablari-yu omillari nimada tarzidagi aniq va shafqatsiz
savollar qo‘yiladi. “Men”i va “mensizlik” ijod jarayonida qanday namoyon bo‘ladi kabi masalalar
adabiy materiallar asosida tahlil etiladi. Asl “men” – ijodkor “men”dir. U boshqalar ilg‘amagan,
anglamagan moddiy va ma’naviy, tashqi va botiniy holatlarni anglaydi.
Faqat anglash, idroklash
bilangina cheklanmaydi, o‘z ijod namunalarida qayta kashf etadi. “Men ijoddan holi narsalarni
yaratuvchilik deb atashlariga qarshiman. Ijod yo‘q joyda yaratgan ham, yaratuvchilik ham bo‘lmaydi.
Ijodiy zavq olish so‘ngan daqiqadan turg‘unlik boshlanadi, ijodiy zavq tugagan jamiyat
tanazzulga
yuz tutadi. Ijod – buyuklikni va Parvardigor qudratini anglash hissi”
1
. Ko‘rinadiki, N.Eshonqul haqiqiy
ma’nodagi ijodkor ijod bilan tirikligiga urg‘u bermoqda. Ijodkor shaxs o‘z hayotini ijod qilgan
daqiqalarinigina yashaydi. Umrining qolgan vaqtlarida oddiy odamlardan farq qilmaydi. Lekin shuni
unutmaslik lozimki, badiiy ijod jarayoni uch muhim bosqichni qamrab oladi. Bularning birinchisi –
asar yozilguncha bo‘lgan tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda yozuvchi badiiy asar uchun mo‘ljallangan
voqea-hodisalar, hayotiy shaxsiyatlar, detallar, joy, vaqt va h.k.larni saralaydi. Yon daftarida qayd
etilgan dalillar, jumla, ibora, so‘zlarni asar kompozitsiyasining qaysi o‘rniga joylashtirish haqida fikr
yuritadi. Xayolida, tafakkurida asarda kechadigan “sahna” dekoratsiyasini tayyor holga keltiradi.
Ikkinchi bosqich yozish jarayoni bo‘lib, bu ijodiy jarayon uchun o‘ta muhim bosqich hisoblanadi.
Tafakkurida yetilgan badiiy komponentlarni yozuvchi aynan shu bosqichda moddiylashtiradi. Xayoliy
manzaralar, obrazlar, voqealarni jonlantiradi. Bir
asar uslubiy tizimiga solib, o‘quvchiga ma’qul
keladigan darajada badiiy ifodalashga urinadi. Uchinchi va so‘nggi bosqich – bu ijodiy o‘qish
bosqichidir. Bu bosqichda yozuvchi bir yo‘la ikki vazifani bajarishiga to‘g‘ri keladi: muallif va o‘quvchi
vazifasini. Agar bu bosqichda yozuvchi o‘quvchi darajasiga tushib fikrlamasa, o‘z asariga nisbatan
tanqidiy, obyektiv yondashishi qiyin kechadi. O‘quvchi nigohi bilan qarar ekan o‘z kamchiliklarini
ko‘radi. Bu jarayonda butun boshli jumlalar, so‘zlar, personajlar, hatto bir butun motivlar-u badiiy
manzaralardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan holi emas. Demak, ijodkorda ijodning
uch bosqichi doimiy tarzda davom etib turadi. Ijod kayfiyatidagi yozuvchi olam va odamlarni ijodkor
1
Эшонқул Н. Мендан “Мен”гача. – Тошкент: Akademnashr, 2014. – Б.7 – Б.19.