Toshkent davlat iqtisodiyot


  Xizmat ko‘rsatilgandan keyin mijozning qoniqqanligini o‘rganish



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

13.5.  Xizmat ko‘rsatilgandan keyin mijozning qoniqqanligini o‘rganish 

 

Xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilot  mijozlar  tomonidan  ishonchni  oirish  uchun  bir 



qator chora-tadbirlar amalga oshirishi mumkin, chunonchi: 

➢  imkon  qadr  o‘z  xizmatlarining  his  qilish  mumkinlik  darajasini  oshirish.  Shu 

boisdan  xizmatning  savdo  markasi  imidji  alohida  ahamiyatga  ega.  Firmalar  moddiy, 

real buyumlar aks ettirilgan savdo markalari va emblemalarni tanlashga harakat qiladi; 

➢  xizmat ahamiyatini ta’kidlash; 

➢  xizmatdan olindigan foydaga alohida e’ibor qaratish; 

➢  o‘z  xizmatlarini  targ‘ib  qilishga  biron-bir  mashhur  kishini  jalb 

qilish.Mehmonxona  biznesida  ko‘pincha  u  yoki  bu  xonada  mashhur  shaxs,  masalan, 

Xulio  Iglesias,  Katrin  Denev  va  boshqalar  yashagani  aytib  o‘tiladi.  Sayyohlik 

firmalaridan biri Sitsiliyadagi Taormina hududiga turlarni reklama qilishda bu yerdagi 

kurortda Sofi Loren, Elizabet Teylor va Layza Minelli bo‘lganligini aytgan; 

➢  mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash uchun maxsus bo‘linma tashkil 

qilish; 

➢  ushbu firmada mijoz huquqlari kodeksini ishlab chiqish ; 

➢  mijozlarning da’volariga tezkor javob qaytarish tizimini amalga oshirish; 

➢  mijozlar bilan o‘zaro aloqalarning barcha jihatlari haqida tahliliy ma’lumotlar 

va ichki firma statistika tizimini yaratish. 

Xizmat  ko‘rsatish  potensial  sifatini  baholashga  yordam  beradigan  asosiy 

elementlar quyidagilar: 

➢ firma ofisining tashqi ko‘rinishi; 




 

232 


 

➢ ofis ichki qiyofasining bezalishi; 

➢ texnologik asbob-uskunalar mavjudligi va turlari; 

➢ foydalaniladigan idorat texnikasi va sarflanma materiallar darajasi; 

➢ kommunikatsiyalar tizimi; 

➢ firma rahbariyati va xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi ; 

➢ ushbu firma xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar kontingenti. 

Muloqot  doirasiga  interaktiv  aloqa  usullari  yordamida  murojaat  qilish  ko‘plab 

publitsistik  ko‘rsatuvlar  yaratish  uchun  asos  bo‘ldi.  Bitta  ko‘rsatuv  doirasida  qamrab 

olinadigan  tomoshabinlar  qamrovi  davlat  referendumlari  bilan  taqqoslash  mumkin 

bo‘lgan darajada yuqoridir. 

Milliy  ma’naviy  merosdan  foydalanish  bilan  birga  g‘arb  mamlakatlari  ommaviy 

madaniyat  mahsulotlari yaratish tajribasini qo‘llash  imkoniyati  vujudga keladi. Ayrim 

sikllar  litsenziyali  bo‘lib,  mashhur  g‘arb  ko‘rsatuvchilarini  aks  ettirdi,  boshqalar  esa 

original formatga ega bo‘ldi.  

Viktorinalar  va  teletanishuvlar  kabi  boshqa  o‘yin  turlari  ham  barkaror 

muvaffaqiyatga  ega  bo‘lmoqda.  Shu  bilan  birga  bizning  ekranlarimizga  tijorat 

televideniyesidan  boshqa  asosiy  ekran  qiyofalari:  shoumenlar  va  kvizmasterlar  kirib 

keldi.  Telexronika  materiallari,  videobozor  mahsulotlari,  kompyuter  o‘yinlari 

fragmentlaridan  foydalaniladigan  ko‘rsatuvlar  barkarorligini  ham  qayd  etish  lozim. 

Biroq  turli  prodyuserlik  loyihalari  uchun  xos  bo‘lgan  xususiyat  -  televizion  ekran 

xabari  formatining  murakkablashuvi  tendensiyasi.  Teleishlab  chiqarish  ancha 

murakkablashdi:  raqobatbardosh  ekran  xabari  yaratish  uchun  barcha  televizion 

texnologiyalar  foydalaniladi.  Aynan  shu  narsa  zamonaviy  televideniye  tiliga 

originallik va ifodalilik baxsh etadi. 

Telemahsulot  deganda  yozib  olingan  holda  yoki  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  efirda 

geografik  taqsimlangan  muloqot  doirasiga  tarqatiladigan  turli  janrdagi  ekran 

xabarlarini tushunish lozim. Telexabarlarning barcha ijobiy xislatlarini to‘laroq tadqiq 

etish  uchun  har  qanday  ko‘rsatuv  qator  yakunlangan  fragmentlarga  –  syujet,  rubrika, 

sahnalarga strukturalanadi. Ularning har biri turli teletexnologiyalar asosida yaratilgan 

mahsulot hisoblanadi. 



 

233 


 

Zamonaviy  prodyuserlik  loyihalarida  amalga  oshirilgan  eng  qiziqarli  marketing 

qarorlari  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  turli  janrlarga  oid  telemahsulot  foydaliligini 

baholash ancha murakkab xarakterga ega. 

Telemahsulot  sifatini  baholashga  marketing  yondashuvi  bir  qator  muhim 

jihatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Birinchi  navbatda,  bu  dastur  loyihachini  ishlab  chiqishda 

asos  solingan  prodyuserlik  yechimlari:  muvaffaqiyatli  sikl  yoki  seriya  konsepsiyasi, 

dolzarb mavzuga yo‘nalganlik, uni amalga oshirish. 

Tahlilning  dastlabki  bosqichi  telemahsulot  sifati  elementlarini  ajratishni  o‘z 

ichiga  oladi.  U  teleloyihani  amalga  oshirishning  barcha  asosiy  bosqichlari  – 

telemahsulot ishlab chiqish, tayyorlash va namoyish etishdan iborat.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish