Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti



Download 255,9 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2019
Hajmi255,9 Kb.
#30976
1   2
Bog'liq
mikro referat Timur


2-rasm. Absolyut elastik 3-rasm. Absolyut noelastik

talab chizig`i talab chizig`i

2-rasmda elastikligi cheksiz, ya′ni absolyut elastik bo`lgan talab chizig`i keltirilgan. Bu holda yagona narx bo`lib, iste′molchilar shu narxda mahsulot sotib olishadi. Narxni har qanday kichik oshishi, talabni nolga tushiradi va narxning darajadan har qanday kamayishi, talabni cheksiz oshib ketishiga olib keladi. 5.3-rasmdagi talab chizig`i mutlaq noelastik. Iste′molchilar narxdan qat′iy nazar belgilangan Q* miqdordagi tovarni sotib olishadi.



Biz shu paytgacha talab va taklif elastikligiga faqat tovar narxidagi o`zgarishlar ta′sirini ko`rib chiqdik. Ammo elаstiklikkа tоvаrning o`z nаrхidаn tаshqаri quyidagi boshqa оmillаr ham tа′sir ko`rsаtаdi:

1. O`rinbоsаr tоvаrlаr mаvjudligi. Tоvаrni o`rinbоsаrlаri qаnchа ko`p bo`lsа, uning elаstikligi shunchа yuqоri bo`lаdi. Chunki nаrх o`zgаrgаndа istе′mоlchilаr qimmаt tоvаrlаrni аrzоn bo`lgаn o`rinbоsаr tоvаrlаr bilаn аlmаshtirishgа mоyil bo`lаdi. Nаtijаdа аsоsiy tоvаr nаrхi qimmаtlаshsа ungа tаlаb qisqаrib, o`rinbоsаr tоvаrgа tаlаb оshаdi vа аksinchа o`rinbоsаr tоvаr nаrхi qimmаtlаshsа аsоsiy tоvаrgа tаlаb оshаdi (5.4-rasm).

2. Tоvаrning iste′molchi daromadidаgi sаlmоg`i qаnchа yuqоri bo`lsа, tаlаb elаstikligi hаm shungа ko`rа yuqоri vа аksinchа sаlmоg`i qаnchа pаst bo`lsа, elаstikligi hаm shungа yarаshа pаst bo`lаdi. Istе′mоlchining dаrоmаdi оshgаn sаri yuqоri kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb elаstikligi pаsаyadi vа pаst kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb elаstikligi оshаdi.




4-rasm. Talab elastikligiga turli omillarning ta′siri1
Dаrоmаd pаsаygаndа esa pаst kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb elаstikligi pаsаyadi vа yuqоri kаtеgоriyali tоvаrlаrgа tаlаb elаstikligi оshаdi.

3. Tоvаrning kаtеgоriyasi. Tоvаrning hаshаm prеdmеti (tаlаb elаstikligi yuqоri) yoki birlаmchi ehtiyoj prеdmеti (tаlаb elаstikligi pаst) ekаnligigа qаrаb o`zgаrаdi. Mаsаlаn АQSHdа o`tkаzilgаn tаdqiqоtgа ko`rа nоngа tаlаb elаstikligi kоeffitsiеnti 0,15, elеktr enеrgiyasigа 0,13, kiyik-kеchаk vа pоyаfzаlgа 0,2, аvtоmоbilgа 1,87 vа chinni buyumlаrigа 1,54 gа tеng bo`lgаn2.



4. Tоvаr zахirаsi. Tоvаr zахirаsi qаnchа ko`p bo`lsа, ungа tаlаb elаstikligi shunchа yuqоri bo`lаdi, zахirаsi kаm bo`lgаn tаqchil tоvаrlаrgа tаlаb elаstikligi unchа yuqоri emаs.

5. Istе′mоlchilаrning kutishlаri. Qisqа vа uzоq muddаtlаr uchun аynаn bir tоvаrgа tаlаb elаstikligi turlichа bo`lаdi. Mаsаlаn, qisqа muddаtli оrаliqdа muаyyan tоvаrning nаrхi оshgаn tаqdirdа hаm istе′mоl hаjmini birdаn qisqаrtirish qiyin. Аmmо uzоq muddаtli dаvrdа nаrх оshishi tеndеnsiyasi sаqlаnib qоlsа bu tоvаrgа tаlаb qisqаrаdi.

Kesishgan talab elastikligi. Bitta tovarga bo`lgan talabga boshqa bir tovarning narxi ta′sir ko`rsatadi. Masalan, pivo bilan vino ma′lum ma′noda bir birini o`rnini bosadi, agar vinoning narxi oshsa pivoga bo`lgan talab oshadi. Bunday bog`liqlikdagi talab o`zgarishiga narxga bog`liq kesishgan talab elastikligi deyiladi. Kesishgan talab elastikligi - bu boshqa tovarlar narxi bir foizga o`zgarganda, tovarga talabning necha foizga o`zgarishini bildiradi:

(4).

Bu yerda - birinchi tovar miqdori;



- ikkinchi tovar narxi.

Pivoga bo`lgan talabning (Qb) vino narxi (Pv) bo`yicha kesishgan elastikligi quyidagicha:



Vino narxi oshganda pivoga talab oshadi, demak pivoning talab chizig`i o`ngga suriladi. Yuqorida keltirilgan misolda pivo bilan vino o`zaro bir-birini o`rnini bosadigan tovarlar bo`lgani uchun, narx bo`yicha kesishgan elastiklik musbatdir, ya′ni bittasining narxini oshishi ikkinchisiga talabni oshiradi. Lekin, har doim ham shunday bo`lavermaydi.

Ba′zi bir tovarlar, to`ldiruvchi tovarlar hisoblanadi va ular birgalikda ishlatiladi, shu sababli birortasining narxini oshishi, ikkinchi tovar iste′molini kamaytiradi. Bunga misol tariqasida benzin bilan avtomobil motori yog`ini olish mumkin. Agar benzin narxi oshsa, benzin iste′moli kamayadi, nima uchun deganda, avtomobil haydovchilar mashinada kamroq yura boshlaydi. Ammo motor moyiga ham talab kamayadi (motor moyiga talab egri chizig`i chap tomonga suriladi). Shunday qilib, motor moyining benzinga nisbatan elastikligi manfiydir.

Talab chizig`i holatini o`zgartiruvchi determinantlar quyidagilar: iste′molchining didi va afzal ko`rishi; bozordagi iste′molchilar soni; iste′molchilar daromadi; bir-birini o`rnini bosuvchi, to`ldiruvchi tovarlar; kelajakda bo`ladigan narx va daromadlardagi o`zgarishlarga nisbatan iste′molchilarning kutishlari.

Taklif chizig`i holatini surilishiga olib keladigan determinantlar quyidagilar: resurslar narxi; ishlab chiqarish texnologiyasi; soliqlar, subsidiya va dotatsiyalar; boshqa tovarlar narxi; narx o`zgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni.
2. Bozor sharoiti o`zgarishlarining oqibatlarini

baholash va prognoz qilish

Bu yerda taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib elastiklikka oid hisob-kitoblar amalga oshirilishini qarab chiqamiz. Buning uchun bozor ma′lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini qarab chiqishimiz kerak (biz hozir statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo`lsin: tovar narxi va uning miqdori. Bu ko`rsatkichlar bozorda muhim ko`rsatkichlar hisoblanadi (ular o`rtacha ko`rsatkichlar bo`lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg`unlashgan davrdagi ko`rsatkichlar bo`lsin). Bu ko`rsatkichlarni muvozanat ko`rsatkichlari deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx , muvozanat tovar miqdori . Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo`yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda va harflari bilan belgilaymiz.



Bu ko`rsatkichlarning, ya′ni va son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo`lsin. Berilgan ma′lumotlar asosida talab va taklif chiziqlarini chizamiz. Talab va taklif chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining, narxning o`zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o`zgarishini va boshqa ko`rsatkichlarni hisoblash mumkin. Talab va taklifning grafigini chizamiz (4-rasm).



4-rasm. Talab va taklifning eksperimental yo`l

bilan chizilgan grafigi

Talab va taklif tenglamalari quyidagicha yoziladi:

Talab: (5)

Taklif: (6)



Asosiy muammo berilgan tenglamalardagi o`zgarmas qiymatlarini aniqlashdan iborat. Bu o`zgarmas qiymatlarni tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich. Talab va taklifning narx bo`yicha elastikligini eslaymiz: , bu yerda - narxning bir birlik o`zgarishiga to`g`ri keladigan talab yoki taklifning miqdoriy o`zgarishi. Chiziqli bog`lanishlarda nisbat o`zgarmas miqdor bo`ladi. (5) va (6) tenglamalardan ko`rinib turibdiki, taklif uchun bu nisbat , talab uchun esa . Endi bu qiymatlarni, ya′ni ni elastiklik formulasiga qo`yamiz:

Taklif: (7) Talab: (8)

Bu yerda Pe va Qe lar muvozanat narx va muvozanat tovar miqdori bo`lib, ular berilgan. Biz ko`rsatkichlarning qiymatlariga ega bo`lganimiz uchun, ularni (7) va (8) tenglamalarga qo`yishimiz mumkin. Demak, biz shu yo`l bilan va larning qiymatlarini hisoblaymiz.



Ikkinchi bosqich. Endi va larning qiymatlarini va Pe va Qe larni (5) va (6) tenglamalarga qo`yib va larning qiymatini topamiz:

; .
3. Talabning narx bo`yicha elastikligi yordamida

daromadlarni tahlil qilish

Tahlilni chiziqli talab funksiyasi orqali ko`rib chiqamiz. Umumiy holdagi talab chiziqli funksiyasi berilgan bo`lsin: . Elastiklikning ta`rifiga ko`ra:



Talabning narx bo`yicha elastikligi va daromad o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi grafik chizamiz (5.5-rasm).



L nuqta talab chizig`i bo`yicha A nuqtadan C nuqtaga harakat qilganda, talab elastikligi kamayadi. U har doim manfiy, absolyut qiymati bo`yicha LC kesmaning AL kesmaga nisbatiga teng va AC chiziqning o`rtasida birga teng. 3.5-rasmning pastki qismida daromadning narxga bog`liqligi ko`rsatilgan: .



5-rasm. Talabning narx bo`yicha elastikligi va daromad

o`rtasidagi bog`liqlik
Bu funksiya kvadratik funksiya bo`lib, u o`zining maksimumiga kesmaning o`rtasida erishadi: funksiyadan P ni topsak, bo`ladi va P ni formulaga qo`yamiz. Natijada ishlab chiqarish hajmi Q dan bog`liq daromad funksiyasini olamiz: . Bu funksiyaning kritik nuqtasini topamiz, ya′ni daromadni maksimal qiladigan Q ni topamiz (buning uchun daromad funksiyasidan Q bo`yicha hosila olib nolga tenglashtirib, Q ga nisbatan yechib, daromadni maksimallashtiradigan Qe ni topamiz):

, yoki da daromad maksimal qiymatga erishishga ishonch hosil qilamiz. Haqiqatdan ham 5.5-rasmda, talab AB oraliqda elastik va bu oraliqda talab miqdorining oshishi va narxning kamayishi daromadni oshib borishiga, talab elastik bo`lmagan BC oraliqda daromad miqdorining kamayib borishiga olib keladi.

Tаlаb elаstikligining daromadga tа′siri 1-jadvalda keltirilgan.
Tаlаb elаstikligining nаrх vа daromadga tа′siri

1-jаdvаl


Elаstiklik

kоeffitsiеnti miqdоri

Tаlаbning nаrх

o`zgаrishigа

munоsаbаti

Mоhiyati

Daromadgа tа′siri

nаrхning

оshishi

nаrхning

pаsаyishi

Birdаn

kаttа


(Ed >1)

“Elаstik” yoki

“nisbаtаn

elаstik”


Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn yuqоri

Dаrоmаdni

kаmаytirаdi



Dаrоmаdni

оshirаdi


Birgа tеng

(Ed =1)



Bаrqаrоr

Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishigа tеng

Dаrоmаd

o`zgаrmаydi



Dаrоmаd

o`zgаrmаydi



Birdаn

kichkinа


(Ed <1)

“Nоelаstik” yoki

“nisbаtаn

nоelаstik”


Tаlаb miqdоrining o`zgаrishi nаrх o`zgаrishidаn kam

Dаrоmаdni

оshirаdi


Dаrоmаdni

kаmаytirаdi


Manba: mualliflar ishlanmasi


Mahsulotga talab elastik bo`lganda (5.6-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarar (–TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (5.6-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR), talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarardan (–TR) ko`pligidan yalpi daromad oshadi.

a) elastik talab b) noelastik talab


6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri

Endi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (7-rasm).



a) elastik talab b) noelastik talab



7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri

Mahsulotga talab elastik bo`lganda (7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi.

Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past.

Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin.

Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi. Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin.

Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin.


4. Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida

taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili

Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo`lib hisoblanadi. Ma′lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko`ra o`zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo`lmasligi soliq yukining iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida qanday gaqsimlanishini, ya′ni soliqning qancha qismini iste′molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to`lashini aniqlab beradi.

Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga t miqdorda (o`zgarmas) soliq belgilasin. Bu o`z navbatida taklif chizig`ini S holatdan yuqoriga –holatga siljitadi (8-rasm) .

Umumiy soliq iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanib, o`z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi “o`lik yuk” bo`lib, jamiyat uchun sof yo`qotish hisoblanadi.





8-rasm. Soliq yukini ishlab chiqaruvchi va iste′molchi o`rtasida taqsimlanishi

Talab elastikligi qancha yuqori bo`lsa (ED>1), uning chizig`i shuncha yotiq bo`ladi va soliqning katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi (9-rasm).






9-rasm. Talab elastik bo`lganda soliq yukining taqsimlanishi
Yuqoridagi rasmdan ma′lumki, ishlab chiqaruvchi to`laydigan soliqni ko`rsatuvchi P2MBP0 to`rtburchak yuzasi iste′molchi to`laydigan soliqni ifodalovchi P0BE1P1 to`rtburchak yuzidan katta. Chunki, talab elastikligi yuqori bo`lganda (ED>1) soliq kiritilishi tufayli narx oshganda, iste′molchilar bunga talabni qisqartirish bilan javob qaytaradilar. Buning natijasida sotuvchilar daromadi sezilarli darajada pasayib kertishi mumkin. Shu sababli sotuvchilar soliq yukining katta qismini o`z zimmalariga olish orqali talab qisqarishini kamaytirishga urinadilar.

Talab qancha noelastik bo`lsa (ED<1) uning chizig`i shuncha tik va soliqning ko`p qismi iste′molchilar zimmasiga tushadi (10-rasm).




10-rasm. Taklif elastik bo`lmaganda soliqning taqsimlanishi

Bu yerda, P0BE1P1 to`rtburchak yuzi P2MBP0 to`rtburchak yuzidan katta. Noelastik talabda iste′molchilar narx oshishiga qaramay birlamchi zaruriy ehtiyoj tovarlariga talabni qisqartira olmaydi yoki juda kam qisqartiradi. Soliqni taqsimlanishini taklif chizig`iga nisbatan qaraganda buning teskarisini ko`ramiz. Taklif elastik bo`lganda, soliqning katta qismini to`lash iste′molchilar zimmasiga tushadi (11-rasm).







11-rasm. Taklif elastik bo`lganda soliqni taqsimlanishi

Agar taklif noelastik bo`lsa, soliq yukining katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi (12-rasm).





12-rasm. Taklif elastik bo`lmaganda soliqni taqsimlanishi

Xulosa



Talab va taklif vositalari iqtisodiyotni shakllantiradigan ko`plab muhim voqealar va siyosatlarni analiz qilishga imkon beradi.

  • Talabning narx elastikligi narxdagi o`zgarishga nisbatan qancha talab bo`lishini hisoblaydi. Talab ko`proq elastik bo`ladi agar o`rnini bosuvchi tovarlar mavjud bo`lsa, agar tovar zaruriyatdan ko`ra ortiqroq bo`lsa, agar bozor tor doirada bo`lsa yoki xaridorlarda narxning o`zgarishiga munosabati sekin bo`lsa.

  • Talabning narx elastikligi talabning foizdagi o`zgarishini narxning foizdagi o`zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar talab narxga nisbatan kamroq o`zgarsa, unda elastiklik 1 dan kichik bo`ladi, ya’ni talab elastik emas desa ham bo`ladi. Agar aks holat bo`lsa, elastiklik 1 dan yuqori va talab elastik hisoblanadi.

  • Umumiy daromad tovar narxi bilan ularning sotilgan miqtoriga ko`paytirib topiladi. Elastik bo`lmagan talab uchun, narx oshganda daromad oshadi. Agar talab elastik bo`lsa narx ko`tarilganda daromad oshadi.

  • Talabning daromadlar elastikligi iste’molchilar daromadi o`zgarganda qancha talab bo`lganligini ko`rsatadi. Talabning narxlar kesishuvi elastikligi bir Tovar narxining o`zgarishiga boshqa bir Tovarga bo`lgan talab sonini ko`rsatadi.

  • Taklifning narx elastikligi narx o`zgarishiga qarab qancha taklif bo`lganligini bildiradi. Elastiklik e’tiborga olingan vaqt birligiga tez-tez bog`liq bo`ladi. Ko`plab bozorlarda taklif qisqa vaqtdan ko`ra uzoq vaqtda elastikroq bo`ladi.

  • Taklifning narx elastikligi taklifning foizdagi o`zgarishini narxning foizdagi o`zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar taklifning o`zgarishi narxning o`zgarishidan kamroq bo`lsa, elastiklik 1 dan kichik bo`ladi,ya’ni taklif elastik emas desa ham bo`ladi. Agar aks holat bo`lsa, elastiklik 1 dan yuqori va taklif elastik hisoblanadi.

  • Talab va taklif mexanizmi turli xil bozorlarda qo`llaniladi. Bu bo`limda bug`doy bozorini, neft bozorini va giyohvand moddalar bozorini tahlil qilishda ulardan foydalanildi.

Tayanch so`z va iboralar: Elastiklik, talabning narx elastikligi, umumiy daromad, talabning daromadlar elastikligi, talabning narxlar kesishuvi elastikligi, taklifning narx elastikligi

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. Pindyck, Robert S., Daniel l. Rubinfeld. Microeconomics. Global Edition. – Copyright 2018, Pearson Education Limited, 2018. P. 787.

  2. Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue, Sean M. Flynn. Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2012. P. 604.

  3. Аддреу Мас-Колелл и др. Микроэкономическая теория. Учебник. 1-часть. – М.: Дело и Сервис, 2016. - 733 стр.

  4. Аддреу Мас-Колелл и др. Микроэкономическая теория. Учебник. 2-часть. – М.: Дело и Сервис, 2016. - 636 стр.

  5. Тарануха Ю.В. Микроэкономика. Учебник. – М.: Дело и Сервис, 2011. - 580 стр.

  6. Нуриев Р.М. Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – М.: Норма, 2012. - с. 576.

  7. Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.



1 Тарануха Ю.В. Микроэкономика ( в структурно-логических схемах). ̶ М.: Дело и сервис, 2002. – стр. 36 аsоsidа тuzilgаn.

2 Нуриев Р.М. Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – М.: Норма, 2007. – с. 100.


Download 255,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish