Toshkent davlat agrar universiteti



Download 356,31 Kb.
bet32/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

Xulosa va takliflar

Lizing bir vaqtning o'zida ham moliyalash, ham yangi texnologiyalarni joriy qilish masalalarini hal etishda o'xshashi yo'q moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, sanoat, qurulishda qo’llaniladigan va qurulish materiallarini ishlab chiqarish texnikalari bilan taminlash, agrosanoat majmuasini va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi. Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing oluvchi, ya’ni lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir subyekt manfaat topadi. Lizingning zamonaviy mazmun-mohiyatini to'larok ochib berishga harakat qilgan holda uning quyidagi mazmunga ega - lizing mulkiy-moliyaviy mazmun kasb etib, ijara, kredit va investitsiya munosabatlarini o'zida mujassam etuvchi tadbirkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish uslubi va uni tashkil etish shakli tarifini keltirish mumkin.

Lizing munosabatlari esa o'zining iqtisodiy mazmuniga ko'ra, qarz berish va qarz olish asosida ijara munosabatlarining alohida shaklini hamda o'zaro bog'liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni aks ettiradi. O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaliginini rivojlantirishda lizingning zarurligi va afzalliklari tadqiqotlar asosida o'rganilgan va nazariy-amaliy jihatdan tahlil etilgan albatta. O'zgaruvchan o'tish iqtisodiyoti sharoitida lizing bitimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash: qayta moliyalash, soliq hamda bank krediti foiz stavkalarining, ishlab chiqarish resurslari narxining o'zgarishini e'tiborga olishni taqozo etadi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o'zgaruvchan o'tish iqtisodiyoti sharoitida lizing bitimlarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qayta moliyalash satavkasi, soliq hamda bank krediti foiz stavkalarini, ishlab chiqarish resurslari narxining o'zgarishini e'tiborga olishni taqozo etadi. Ya’ni lizing, moliyalashtirishning boshqa manblariga nisbatan bir qator afzalliklarga egadir. Bu uning boshqa moliyalashtirish manbalariga nisbatan jozibadorligini oshiradi.

Lizingning rivoji qishloq xo'jaligi tarmog'ida muhim axamiyat kasb etishini hamda qishloq xo'jalik vakillarining ham asosiy qismi mazkur sohasida faoliyat yuritishini inobatga olib, bu tarmoqda lizing munosabatlarini rivojlantirish maqsadida davlat ishtiroki bilan lizing shartnomasi shartlarida lizing shartnomasining muddati tugamagunicha lizing to'lovlari miqdorini qaytadan ko'rib chiqishga yo'l qo'ymaslik va qishloq xo'jaligi texnikalari ta'miri bo'yicha yanada kengroq imtiyozlarni qonuniy mustahkamlash zarur.

Lizing kompaniyalarining qishloq xo'jaligiga taqdim etiladigan lizing ob'ekti bo'yicha foiz va boshqa barcha turdagi komission to'lovlarning pasaytirilishi o'rtasidagi tafovutni davlat tomonidan subsidiyalashni yo'lga qo'yishni ko’rib chiqish lozim. Bu o’z navbatida lizing oluvchilarga lizing obyekti bo’yicha qo’shimcha xarajatlarni kamaytiradi va ular ihtiyorida qoladigan mablag’ni oshiradi. Bu esa ularni o’z faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun qo’shimcha mablag’ni beradi.

Shu bilan birga lizing chet el investitsiyalarini jalb qilishda samarali vositalardan biri hisoblanadi. Chunki xalqaro lizing chet el investitsiyalarini jalb qilishning bir turi hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalarimiz ko’p. Chunki iqtisodiyotga jalb qilinayotgan chet el investitsiyalari tarkibida xalqaro lizing hisobiga jalb qilingan mablag’larning salmog’i kamdir. Ushbu mablag’lar salmog’ini oshirish uchun avvalo xalqaro lizing munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarni takomillashtirish lozim. Xalqaro lizing munosabatlarida mamlakatda faoliyat yurituvchi milliy lizing kompaniyalarini ishtirok etishi tashqi iqtisodiy aloqalarni o'rnatishda va mustahkamlashda asosiy mezon hisoblanadi va investitsiyalarni yo’naltirishda yangi imtiyozlar va imkoniyat doiralari kengayadi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari shakllanayotganligini ishonch bilan aytish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing sub'ektlari va ularning huquq va majburiyatlarini, shuningdek lizing muomalalarida ishtirok etayotgan sub'ektlarning javobgarligini, lizing ob'ektlarini, sublizing, ya'ni ijarachining lizingga olingan ob'ektni lizing shartnomasi asosida boshqa ijarachi - lizing oluvchiga berishini belgilab beradi.



Yuqorida qayd qilingan ma'lumotlarni hisobga olgan holda mamlakatimizda ham tashqi, ham ichki lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishda etarlicha ishlar olib borilgan bo'lsada, hozirda ham bir qancha muammo va kamchiliklar mavjud. Ushbu muammolar va kamchiliklarni echimi sifatida quyidagi takliflarni berish maqsadga muvofiq:

  1. Lizing beruvchi tomonidan lizing shartnomasi ma'lum sabablarga ko'ra bekor qilinsa, lizing sub'ektini lizingga qayta berish mumkin emas, shunga asosan lizing oluvchi to’lovga qobiliyatsiz bo'lganda, lizing qarzdorligi tomonlarning kelishuvi bilan boshqa shaxsga o'tishi riskni kamaytirish oldini oladi. Bunda «ikkilamchi lizing»ni shakllantirish va tatbiq etish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

  2. Ma'lumki, lizing to'xtovsiz rivojlanayotgan soha. Shuning uchun rivojlangan davlatlardagi lizing qonunchiligi masalalarini yanada chuqurroq o'rganish hamda ijobiy omillarni respublikamiz lizing qonunchiligiga kiritish maqsadga muvofiqdir.

  3. Xizmat ko’rsatish sohalarida (kimyoviy tozalash, fotolobaratoriya) uskunalari lizingga olinganda bojxona to’lovlari mavjudligi lizing obyekti qiymatini oshiradi. Bu esa ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni lizingdan foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarning lizingdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun, shu faoliyatda (kimyoviy tozalash, fotolobaratoriya) foydalaniladigan asbob uskunalarni lizingga olgan taqdirda ularni bojxona to’lovlaridan ozod etish maqsadga muvofiq bo’lar edi.

  4. Fermer xo’jaliklarini o’z mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etishda zarur bo’lgan asbob-uskunalari bilan taminlashni yo’lga qo’yish, hamda lizingga olingan taqdirda, ularga davlat tamonidan moliyaviy imtiyozlar berilishi lozim.

  5. Respublikaning barcha xududlarida lizing amaliyotini ommaviy keng qo'llash. Xozirda, qishloq joylarida uni qo'llash qishloq xo'jaligini yangi texnika-texnologiya bilan ta'minlash va yangi ish o’rinlari ochilishiga amaliy yordam beradi.

  6. Agrosanoat majmuasi sub'ektlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tomonidan lizing loyixalarini amalga oshirishga va rivojlantirishga moddiy yordam va moliyaviy kafolat berish maksadida O'zbekistonda “Lizingni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash” Fondini tuzish maksadga muvofikdir.

  7. Bugungi zamon talabi hisoblanayotgan innovatsion texnika va texnikalarni qishloq xo’jaligida keng miqyosda targib qilish va innovatsion lizing loyihalarini ishlab chiqish va joriy qilish choralarini va dasturlar ishlab chiqish zarur.

  8. Lizingni keng rivojlantirish uchun, lizing biznesining infratuzilmasini takomillashtirish, xalkaro moliya institutlarini jalb qilib raqobat muhitini yaratish zarur.

Yuqorida qayt etib o'tilgan xulosa va takliflarni amaliyotda joriy etilishi, respublika qishloq xo'jaligida lizing faoliyatini yanada rivojlantirish, qishloq xo'jaligiga etkazib beriladigan texnika va texnalogiyalar miqdorining oshishi, mexnat unumdorligi darajasining ko'tarilishi va maxsulot etishtirish tannarxining kamayishi, xosildorlikni ortishi va pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy tasir ko'rsatadi deb ishonaman.

Ushbu ishda olib borilgan tahlillar va izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, lizing mexanizmi agrosanoat majmuasi va lizing kompaniyalari tamonidan keng qo’llanilishi va uni kengaytirishga yo'l ochib berish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Agrosanoat majmuasida lizing xizmatlarini marketing strategiyalari orqali yanada yuksaltirish va takomillashtirish sohaning kelajakdagi faoliyatida ijobiy va samarali o’zgarishlarga asos bo’lishiga ishonaman.




Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish