Toshkent 2021 mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharotida ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari



Download 179,41 Kb.
bet7/7
Sana20.09.2021
Hajmi179,41 Kb.
#180519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-kursavoy not full

2.2.1.-jadval


«Moya Mechta» MCHJ 2013-2014 xo‟jalik yillaridagi asosiy moliyaviy ko‟rsatkichlari2.(mingso’m)

t/r

Ko‟rsatkichlar

2013yil

2014yil

2014yilni 2013yilganisbatan

farqi

2014yilni 2013yilganisbati

1.

Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum

40625011

37327134

-3297877

91,90%

2.

Mahsulot tannarxi

31866298

31269677

-596621

98,13

3.

Mahsulot sotishdan yalpi foyda

8 758 713

6 057 457

-2701256

69,16

4.

Davr xarajatlari

5 222 711

4 838 733

-383978

92,65

5.

Sotish xarajatlari

445667

541154

95487

121,43

6.

Ma‟muriy xarajatlari

726095

942399

216304

129,79

7

Boshqa operatsion xarajatlar

4050949

3355180

-695769

82,82

8.

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

130849

82429

-48420

63,00

9

Asosiyfaoliyatningfoydasi

3 666 851

1 301 153

-2365698

35,48

10.

Moliyaviy faoliyatdan daromad

16 527

17 796

1269

107,68

11.

Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar

1 087 081

1 110 467

23386

102,15

12.

Daromad soligitulaguncha foyda

2 596 297

208 482

-2387815

8,03

13.

Daromad soligi

397 591

87 156

-310435

21,92

14.

Daromaddan boshqasoliqvayigimlar

174574

8282

-166292

4,74

15.

Sof foyda

2 024 132

113 044

-1911088

5,6%



2.2.2.-jadval


«Moya Mechta» MCHJ 2014-2015 xo‟jalik yillaridagi asosiy moliyaviy ko‟rsatkichlari3.(mingso’m)

t/r

Ko‟rsatkichlar

2014yil

2015yil

2015yilni 2014yilga

nisbatanfarqi

2015yilni 2014yilga

nisbati

1.

Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum

37327134

37291269

-35865

99,90%

2.

Mahsulot tannarxi

31269677

30920613

-349064

98,88

3.

Mahsulot sotishdan yalpi foyda

6 057 457

6 370 656

313199

105,17

4.

Davr xarajatlari

4 838 733

6 611 311

1772578

136,63

5.

Sotish xarajatlari

541 154

542983

1829

100,34

6.

Ma‟muriy xarajatlari

942399

798579

-143820

84,74

7.

Boshqa operatsion xarajatlar

3355180

5 269 749

1914569

157,06

8.

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

82 429

2 375 986

2293557

2882,46

9.

Asosiy faoliyatning foydasi

1 301 153

2 135 331

834178

164,11

10.

Moliyaviy faoliyatdan daromad

17 796

26 670

8874

149,87

11.

Moliyaviy faoliyat boyicha xarajatlar

1 110 467

934 156

-176311

84,12

12.

Daromad soligitulaguncha foyda

208 482

1 227 845

1019363

588,95

13.

Daromad soligi

87 156

113 141

25985

129,81

14.

Daromaddan boshqasoliqvayigimlar

8 282

88 996

80714

1074,57

15.

Sof foyda

113 044

1 025 708

912664

907,4%



2.2.1.-diagramma


«Moya Mechta» MCHJ 2013-2015 xo‟jalik yillaridagi jami daromadlari dinamikasi4. (mingso’m)


2.2.2.-diagramma


«Moya Mechta» MCHJ2013-2015 xo‟jalik yillaridagi jami xarajatlari dinamikasi5.

(ming so’m)




2.2.3.-jadval.


«Moya Mechta» MCHJ2013-2015 yillardagi aktiv mablag’lari tahlili6. (ming so’m)

t/r

Ko’rsatkichlar

2013

2014yil

2015yil

2014yilning 2013yilga nisbatan

farqi

2015yilning 2014yilga

nisbatan farqi




I.Uzoq muddatli aktivlar
















1.

Asosiy vositalarning qoldiq

qiymati


7 607 361

8 342 840

10 998 034

735 479

2 655 194

2.

Uzoq muddatli investitsiyalar

852 958

271 341

276 341

-581 617

5 000

3.

O’rnatiladigan asbob-uskunalar

148 776

212 680

126 972

63 904

-85 708

4.

Kapital quyilmalar

204 636

1 370 632

30 930

1 165 996

-1 339 702

5.

I bo’lim bo’yicha jami

8 813 731

10 197 493

11 432 277

1 383 762

1 234 784




II.Joriy aktivlar
















7.

Tovar moddiy zahiralari

4 843 758

6 357 881

4 955 982

1 514 123

-1 401 899

8.

Kelgusi davr xarajatlari

113 600

476 542

70 475

362 942

-406 067

9.

Kechiktirilgan xarajatlar

-

85 677

-







10.

Debitorlar

2 450 266

3 645 092

4 426 319

1 194 826

781 227

11.

Pul mablag’lari

1 665 814

729

93 705

-1 665 085

92 976






















12.

Qisqa muddatli investitsiyalar

26283

26283

26283







13.

II bo’lim bo’yicha jami

9 099 721

10 592 204

9 572 764

1 492 483

-1 019 440

14.

Balans aktiv bo’yicha jami

17 913 452

20 789 697

21 005 041

2 876 245

215 344



2.2.4.-jadval.


«Moya Mechta» MCHJ2013-2015yillardagipassivmablag’laritahlili7. (ming so’m)

t/r

Ko’rsatkichlar

2013yil

2014yil

2015yil

2014yilning 2013yilga nisbatan farqi

2015yilning 2014yilga nisbatan farqi

I. O’zmablag’larimanbalari

1.

Ustav kapitali

1 118 304

1 118 304

4 193 640

0

3 075 336

2.

Qo’shilgan kapital

306 642

306 642

306 642

0

0

3.

Rezerv kapital

2 493 106

2 897 958

3 211 897

404 852

313 939

4.

Taqsimlanmagan foyd

2 024 132

113 044

1 140 968

-1 911 088

1 027 924

5.

Maqsadli tushumlar

2 140 829

3 077 552

-

936 723







I bo’lim bo’yicha jami

8 083 013

7 513 500

8 853 147

-569 513

1 339 647

I I. Majburiyatlar

1.

Uzoq muddatli majburiyatlar

338 950

4 837 450

1 571 658

4 498 500

-3 265 792

2.

Joriy majburiyatlar

9 491 489

8 438 747

10 580 236

-1 052 742

2 141 489

3.

I Ibo’lim bo’yicha jami

9 830 439

13 276 197

12 151 894

3 445 758

-1 124 303







Balans passivi bo’yicha jami

17 913 452

20 789 697

21 005 041

2 876 245

215 344
    1. Bob. ISHLAB CHIQARISHNI OPERATIV BOSHQARISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIYSAMARADORLIGI


      1. KORXONA ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATINI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Afsuski, bozor sharoitlarida ―samaradorlik‖ tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasa-da, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali ishlashdeganio’zmohiyatigako’ra,mo’ljallangan(rejalashtirilgan)foydaniolish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashnianglatadi.

―Samara‖,―samaradorlik‖,―ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik‖kabitushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. ―Samara – ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U ―samara‖toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va majmua tavsifiga ega‖8. Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma‘noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbatisifatidaaniqlanadi.Xarajatlarqanchalikkambo’lsa(mahsulotsifatigata‘sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks ettiriladi.

Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi — foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya‘ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta‘minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizasiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e‘tiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e‘tibor qaratmoqdalar. Masalan, Yaponiyaning ―Omron‖firmasi o’ziga



―Barchaningyaxshihayoti,yaxshidunyouchun‖deganiboranishiorqilibolgan. Amerikaning―Katerpiller‖kompaniyasiningshiori―Dunyoningharbirburchagida

48 soat xizmat ko’rsatish‖bo’lsa, ―Ribok‖firmasi ―Yaxshi bahodagi narx‖iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o’tish mumkin.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko’rinishida o’lchanmaydi.Samaradorlikvasifatlimehnattufaylikorxonabirinchidan,o’zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta‘minlaydi, ikkinchidan, o’z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini qidirish, xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyat turidan qat‘inazar, har bir korxona uchun muhim vazifahisoblanadi.

      1. Korxona faoliyati samaradorligining mezon vako’rsatkichlari


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:

  • bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta‘minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayoninitanlash;

  • iste‘molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda)olish;

  • aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish. Xo’jalik samaradorligini oshirishomillarining

yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi (3.2.1- jadval).

Xo’jalik samaradorligini baholash, korxonada foyda- laniladigan resurs turlari bo’yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o’lchanishi mumkin. Masalan, ishchi ku- chidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig’imi ko’rsatkichlari yordamida quyidagi formula asosida baholash mumkin:

M u= Q / Is

Bu yerda: Mu — mehnat unumdorligi; Q — mahsulot hajmi qiymat ko’rinishida; Is — ishlovchilar (ishchilar) soni. Mahsulotning mehnat sig’imi mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo’lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi:

T = Q / Is.

Mehnat qurollari (asosiy fondlar)dan foydalanish samaradorligi mahsulotning fond sig’imi va fond qaytimi ko’rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Bunda fond qaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatsa, fond sig’imi esa fond qaytimiga teskari kattalik bo’lib, yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalarnianiqlashvazifasinibajaradi.Fondqaytimi(fq)vafondosig’imini(fs) aniqlash formulasiquyidagicha:

fq = Q/F
Bu yerda: Q — mahsulot hajmi, qiymat pul ko’rinishida; F — asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati.

fs= F/Q.


Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish va mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladivaaksincha.Mashinavauskunalardanunumlifoydalanish,ishlabchiqarish texnologiyalarini takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirish, fond qaytimini ko’paytirishning muhim zahirasi hisoblanadi. Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material sig’imi yordamida sarflangan xom ashyo, material, yoqilg’i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi. Uning formulasi quyidagicha:

m =M / Q .

Bu yerda: m — mahsulotlarning material sig’imi;

M — mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan moddiy xarajatlarning umumiy miqdori pulko’rinishida;

Q — ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, qiymat ko’rinishida.

Mahsulotning material sig’imi qanchalik past bo’lsa, ishlab chiqarish samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biroq mahsulot material sig’imini kamaytirish, uning sifatini pasaytirish yoki texnologiya meyor va qoidalarini buzishhisobigaamalgaoshirilmasligilozim.Materialsig’iminingbutarzda

kamaytirilishi iqtisodiy jinoyat hisoblanadi va qonunga asosan jazoga tortiladi. Bozor sharoitlarida korxona xo’jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi yoki mezon ko’rsatkichi sifatida rentabellik yoki kapitalning daromadliligini qabul qilish mumkin. Bu ko’rsatkich quyidagi formula asosida hisoblanadi:

R = F / Ak *100.

Bu yerda: R — rentabellik, xo’jalik faoliyatining natijasini foyda shaklida ko’rsatadi va foizlarda o’lchanadi;

F — korxonaning balans foydasi;

Ak — avanslangan kapital(asosiy va aylanma).

Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan unumliroq foydalanishni anglatadi. Chunki aynan ular ishlab chiqarishhajmivaxarajatlari,mahsulotbahosigata‘siro’tkazadi.Xo’jalikfaoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan joylarda samaraliroq bo’ladi. Korxona rentabelligini aniqlashda ba‘zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. Bunday yondashuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan tejamkorlik bilan rasional tarzda foydalanish, natijada esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi. Yuqorida keltirilgan xo’jalik samaradorligini baholash usullari va ko’rsatkichlaridan tashqari bugungi kunda amaliyotda O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan korxonalarning iqtisodiy nochorlik belgilarini aniqlash uchun mezonlar tizimi hamqo’llaniladi.

Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • to’lov qobiliyati koeffitsiyenti(Kt.q.);

  • xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsiyenti(Kxqm);

  • moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti(Km.m.);

  • xususiy aylanma mablag’lar bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti (Kxam). Buko’rsatkichlarbirqarashdamahsulotishlabchiqarishsohasiga,demak,

ishlab chiqarish samaradorligiga aloqasi yo’qday tuyuladi. Aslida esa aynan ular orqali korxonaning samarali faoliyatini anglatuvchi iqtisodiy va moliyaviy barqarorlik aks ettiriladi. Bundan tashqari, mahsulotning material sig’imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi va rentabellik ko’rsatkichlari, ishlab chiqarishni rejalashtirish va tahlil qilishda qo’llansa, mezonlar tizimi yordamida esa korxonalar o’zlarining faoliyat yuritish qobiliyatini ko’rsatadi hamda turli xil muammoli vaziyatlarda xo’jalik sudlarida o’z manfaatlarini himoyaqiladi.

To’lov qobiliyati koeffitsiyenti (Kt.q.) korxonaning debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish hamda tayyor mahsulot va boshqa moddiy vositalarini sotishning qulay sharoitlarda sotish orqali baholanadigan to’liq imkoniyatlarini ko’rsatadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Ktq=A2- M odq / P2- Iqk


Bu yerda: A2 – aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va hokazolar); P2 – majburiyatlar (qisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, byudjet oldidagi qarzlar,

kreditorlikqarzlarivahokazo);Mo’.d.q.–muddatio’tibketgandebitorlikqarzlari; Iqk – uzoq muddatli qarz vakreditlar.



Xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsiyenti (Kx.q.m.) ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag’lari bilan ta‘minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Kxqm= P1/P2- Iqk

Bu yerda: P1 – xususiy mablag’lar manbalari (Nizom jamg’armasi, qo’shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo). Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kmm) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqidama‘lumotberadihamdakorxonao’zmajburiyatlarioldidajavobberishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosidahisoblanadi:

Kmm= P1/ IB.

Bu yerda: IB — korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni. Xususiy aylanma mablag’lar bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti (Kx.a.m) korxonaning barqarorishlabchiqarish-xo’jalikfaoliyatiniyuritishuchunzarurbo’lganaylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Mazkur koeffitsiyent quyidagi formula asosidahisoblanadi:

K xam=P1- A1/ A2


Bu yerda: A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar va hokazo).

Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o’lchamlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsiyenti 2 dan kichik bo’lsa (Kt.q<2; Kx.q.m<2), moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0, 5 dan kichik bo’lsa (Kmm<0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta‘- minlanganlik koeffitsiyenti 0, 1 dan kichik bo’lsa (Kxam<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo’jalik faoliyatining samarasizligi to’g’risidagi yakuniy qaror, nochorlik o’lchamlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo’lgan holda qabul qilinadi.

Xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo’lib, buning hamma uchun to’g’ri keluvchi yagona yo’li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o’z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart- sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi. Shartli misol keltirib o’tamiz. Aytaylik, korxonaning 10mln. so’m miqdorida mablag’i bo’lib, bu mablag’larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo’ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, korxona 10mln.so’msarfqilgandaqo’shimcha11mln.so’mlikmahsulotishlabchiqaradi, ya‘ni foyda 1 mln. so’mni yoki qo’shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi. Agar korxona ushbu mablag’ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo’yganida, foizlar uchun 1, 2 mln. so’m foyda olgan bo’lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblagandakorxona0,2mln.so’mmiqdoridagiqo’ldanchiqaribyuborilgan

foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya‘ni eng ko’p foydaga ega bo’lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma‘lum bo’lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.



3.2.1-jadval


Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishdagi xarajatlar va resurlarning o’zaro aloqasi

Moddiy shaklda

va

buyumlashgan

Pul shaklida

Resurslar

Xarajatlar

Resurslar


Xarajatlar

Ishchi soni

kuchi

Mehnat (sifat va miqdor)

fondi


Mehnat

haqi

To’langan oylik miqdori, jumladan, mukofot vaqo’shimchalar

Bino, inshoot, mashina va usku- nalar (mehnat qurollari)

Mehnat qurollarining eskirishi

Asosiy kapital

Amortizasiya ajratmalar

Mehnat predmetlari

Iste‘mol, talab,materiallar, yoqilg’i, energiya vahokazo

Aylanma kapital

Sarflangan

xomashyo, material va hokazolarqiymati



Tayyor mahsulot

Dizayn, reklama, qadoqlash, tovar yo’qotis lari

Muomala fondlari

Qo’shimcha xarajatlar (qiymat)

-

-

Pul

mablag’lari


foiz


Kredit uchun

      1. Korxona faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari vaomillari

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo’jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Samaradorlik istalgan korxonaning iqtisodiy barqarorligi va faoliyat yuritish qobiliyatini aks ettiradi. Har qanday ishda, jumladan, korxonalar faoliyatida samaradorlikning, ijobiy natijalarning mavjud bo’lmasligini, obrazli qilib aytganda, ovoragarchilik, vaqt, kuch va resurslarni yo’qotish bilan izohlash mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib kelgan va hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo’llar bilan foydalanishmumkin:

  • ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda majmua ravishdagi mexanizatsiyalashtirish;

  • asosiy texnologik jarayonlarnirobotlashtirish;

  • progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan kengfoydalanish;

  • xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardanfoydalanish;

  • ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidanfoydalanish;

  • ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish. Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina xohish va istaklarning o’zigina etarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy- texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni ―bog’lash‖,to’rtinchidan, o’z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi. Fan-texnika taraqqiyoti so’nggi paytlargacha evolyusion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy e‘tibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora- tadbirlar ma‘lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi. Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari―ekspluatorlikbelgisi‖sifatida,ishlabchiqarishniavtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qo’yilmas edi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o’zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so’nggi avlod texnikasiga o’tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. Shu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasbetadi.

Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya‘ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq bo’lmish universitetlar, ilmiy markaz va laboratoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o’rinlarda turishi ham bejiz emas. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim omillaridan yana biri sifatida mavjud ishlab chiqarish salohiyati - asosiy va aylanma fondlar, ishchi kuchidan tejamkorlik asosida, iloji boricha unumliroq foydalanishni ko’rsatish mumkin. Bundan tashqari ularga buyumlashgan mehnat sarflanganligi, ya‘ni korxonaning bugungi egalaridan tashqari avvalgi avlod vakillarining ham mehnati mavjudligi bilan izohlash mumkin. Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta ta‘kidlashga ehtiyoj yo’q: birinchidan, bozor ―vakuumni‖,harakatsizlikni, xo’jasizlikni va yo’qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o’z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo’lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. Shu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsaishlabchiqarishningbarchabo’g’inlaridatejamkorlikkarioyaqilishharbir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o’ringa ega. Ularning ahamiyati ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va xo’jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o’rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish — konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinasiya qilishni kiritish mumkin. Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag’batlantirishning usul va shakllarini, ya‘ni korxona faoliyatining butun xo’jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish stili va usullari fan- texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va kasbiy malakasiga ko’ra, oddiy xodimlar va bo’linma (xizmat) rahbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo’lishi qiyin. Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko’rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta‘minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi. Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Albatta, yuqorida keltirib o’tilgan omillarni amalga oshirish ma‘lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyativa

ahamiyatini o’zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o’z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o’zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o’z o’rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo’lishini ta‘minlaydi.

Ishlab chiqarish va korxona faoliyatining samaradorligi «moda»ga ergashish yoki avvalgi rejali iqtisodiyotning aks-sadosi emas. Korxonaning muvaffaqiyati va iqtisodiy jihatdan barqarorligi samarali xo’jalik yuritishga asoslanadi. Samaradorlik — xo’jasizlik, isrofgarchilik va boshqa talofatlarning antirodidir. Biroq samaradorlik o’z-o’zidan avtomatik ravishda kelmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslardan oqilona foydalanish, tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va oqilona investitsion siyosat samaradorlikni oshirishning muhim omili va yo’nalishi bo’lib xizmat qiladi. Samaradorlikning asosi xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirishdadir. Korxona xo’jalik yuritishining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar sifatida mehnat mahsuldorligi, fond qaytimi va fond sig’imi, material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik va hokazolarni ko’rsatish mumkin. Korxonaning barqarorligi yoki nochorligi uning samarali yoki samarasiz faoliyat yuritishini mos ravishda aks ettiradi. Bu jihatdan bugungi xo’jalik yuritish amaliyoti to’lov qobiliyati koeffitsiyenti, xususiy va qarzga olingan aylanma mablag’lar nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti va xususiy aylanma vositalar bilan ta‘min- langanlik koeffitsiyenti kabi ko’rsatkichlar tizimidan foydalanadi. Turli korxonalarda xo’jalik yuritish samaradorligiga o’z imkoniyatlari va yuzaga keluvchi iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda turli usullar yordamida erishiladi.Samaradorlikkaerishishninghammauchunto’g’rikeluvchiyagonayo’li mavjud emas. Korxonaning vazifasi barcha faoliyat turlarida samaradorlikka erishish yo’llarini qidirishdir.

XULOSA
Insonning barcha maqsadga muvofiq faoliyati samaradorlik muammosi bilan bog'liq. Ushbu kontseptsiya cheklangan resurslarga, vaqtni tejashga, mavjud resurslardan iloji boricha ko'proq mahsulot olishga intilishga asoslangan bo'lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida yakuniy natijalar va ishlab chiqarishning umumiy samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari bu foyda va rentabellikdir. Daromadlilikni boshqarish bozorda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar iqtisodiy faoliyatining markazida turadi. Daromadlilik darajasi birinchi navbatda foyda miqdori va ishlatilgan xarajatlar va resurslar miqdoriga bog'liq. Bozor sharoitida foyda olish korxonada ishlab chiqarishning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi motividir.

Maqsad, ob'ekt va mavzuga muvofiq quyidagi xulosalar chiqarildi:

1) korxona samaradorligini baholashning nazariy asoslarini o'rgangan.

Samaradorlik deganda, sarf qilingan energiya yoki har qanday jarayonning haqiqiy va potentsial natijasi o'rtasidagi nisbatga nisbatan bajariladigan ishning o'lchovi tushuniladi.

Diferensiallangan va umumlashtiruvchi samaradorlik ko'rsatkichlari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini baholash va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yakuniy natijalar va ishlab chiqarishning umumiy samaradorligining eng muhim ko'rsatkichlari bu foyda va rentabellikdir. Bozor munosabatlari shakllanib borgan sari korxonada foydani ko'paytirishning yagona usuli bo'ladi - mahsulot hajmini oshirish, uni ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО’YXATI


О’zbekiston Respublikasi Qonunlari

  1. .О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: IPTD О’zbekiston,2009.

  2. О’zbekiston Respublikasining «Korxonalar tо’g’risida»gi Qonuni.T.,

«Adolat», 2000.

  1. О’zbekistonRespublikasining―Xususiykorxonalar‖tо’g’risidagiqonuni. T.:―Adolat‖.2005

  2. О’zbekiston iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlari va mexanizmini rivojlantirishborasidaqabulqilinganqonunlartо’plami.T.:Adolat.1991-2006.

  3. О’zbekiston Respublikasi Qonuni «Chet El investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tо’g’risida» 1998y. 30aprel.

  4. Raqobattо’g’risidaО’zbekistonRespublikasiningQonuni06.01.2012 yildagi О’RQ-319-son, kuchga kirish sanasi07.01.2012

О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari


  1. ―Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qо’shimcha chora-tadbirlari tо’g’risida‖gi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 martdagi Farmoni. /Halq sо’zi-2007№52.15-16mart/

  2. "Tadbirkorlik subyektlarining xо’jalik sohasidagi huquqbо’zarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish tо’g’risida"gi О’zbekistan Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2005 yil 24 iyun.PF-3622-son.

  3. "Mikro-firmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qо’shimcha chora-tadbirlar tо’g’risida"gi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2005 yil 20 iyun,PF-3620-son.

  4. «Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodityotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yunalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari tо’g’risida»gi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. g’g’―Xalqsо’zi‖gazetasi,2005yil15iyun.

  5. "Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо’g’risida"gi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2005 yil 14 iyun,PF-3619-son.

  6. "Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yо’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish choratadbirlari tо’g’risida"gi О’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2005 yil 4 iyun.

О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari


  1. "Xо’jalik jamiyatlari ustav jamg’armasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish bо’yicha faoliyatni amalga oshirish tartibi tо’g’risidagi Nizomnitasdiqlashhaqida"giО’zbekistanRespublikasiMoliyavazirligining2005 yil 14 martdagi 33-sonli va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо’llab- quvvatlash davlat qо’mitasining 2005 yil 14 martdagi 0106-1802-sonliqarori

  2. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bо’lgan zarar kо’rib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalaridavlat

paketlarini (ulushlarini) «nol» xarid qiymati bо’yicha sotish tartibi tо’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida

О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 27.05.2015 yildagi 137-son, kuchga kirish sanasi01.06.2015


О’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari


  1. Karimov I.A. Biz uchun xalqimiz vatanimiz manfaatidan ulug’ maqsad yо’q. – T.: О’zbekiston, 2001. – 240b.

  2. Karimov I.A.Erishgan marralarimizni mustahkamlab islohotlar yо’lidan izchilborish–asosiyvazifamiz.―Toshkent oqshomi‖gazetasi,2004yil,10 fevral

  3. Karimov I.A.Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni bо’lishi darkor. ―Xalq sо’zi‖gazetasi, 2005 yil 25 fevral.

  4. Karimov I.A. ―Bizning bosh maqsadamiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir‖.T.: ―О’zbekiston‖2005.

  5. Karimov I.A .Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. ―Xalq sо’zi‖gazetasi, 2006 yil 11 fevral, № 29 son.

  6. Karimov I.A. ―Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish‖ –T.:2010y.

  7. Karimov I.A. ―О’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖Toshkent,2011.

  8. KarimovI.A. ―2013yildaijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishyakunlariva 2014 yilga mо’ljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yо’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.18.01.2014.

  9. Karimov I.A. ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy о’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yо’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖.- Xalq sо’zi. 2015 yil 18yanvar.

  10. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning, 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mо’ljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yо’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.16.01.2016.

Ilmiy maqolalar


  1. Abduvaliyev A. ―Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarning iqtisodiyotnirivojlantirishdagiahamiyati‖Bozor,pulvakredit02.1892013

  2. Dosmuxamedova R.A. ―Formirovaniye investitsionnoy strategii promishlennix predpriyatiy v usloviyax modernizatsii ekonomiki.‖ Iqtisod va moliya№3,2013

  3. Davlatov A., Umarova F. ―Korxonani oqilona boshqarishning muhim asosi‖. Bozor, pul va kredit. 01.1762012

  4. SuyunovD.―Korporativboshqaruvvamenejmentningnazariyasoslari‖Bozor, pul va kredit. 09.1842012

  5. Taspanova A. «Korxona faoliyatini boshkarishning asosiy yunalishlari» Biznes-Ekspert.№11,2014

  6. Yakubov E., Muminov T. «Faktori ustoychivogo razvitiya promishlennosti regiona» «Bozor,pul, kredit»11/2014.

Darsliklar va о’quv qо’llanmalar


  1. Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. О’quv qо’llanma – T.:2003.

  2. Antonov A.N., Morozova L. S. Osnova sovremennoy organizatsii proizvodstva. Uchebnoy posobiye. - M.:2004.

  3. A.R. Bakiyev, S.N. Xashimova, I.A. Bakiyeva - Ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot. Toshkent «IQTISOD-MOLIYA»2010

  4. Bovukov V. Noviy menedjment. Uchebnoye posobiye. – M.,2004.

  5. Vesnin V.R. Menedjment v sxemax i opredeleniyax: Uchebnoye posobiye. – M.: Prospekt,2009.

  6. GimushR.I.,MatmurodovF.M.,AhmedovS.I.,LeshenkoB.A.―Ishlab chiqarish iqtisodiyoti‖ O‘quv qo‘llanma. TAQI, 2004y.

  7. Dresvyannikov V.A. Upravleniye znaniyami organizatsii. Uchebnoye posobiye. – M.: KNORUS,2010.

  8. Zaynutdinov SH.N., Nurimbetov R.I. Personalni boshqarish. О’quv qо’llanma. – Toshkent. Yangiyul poligraf service,2007.

  9. Kantor YE.L, i dr. Ekonomika predpriyatii. Uchebnoye posobiye. – SP.: Piter,2009.

  10. Kalendareva S.G. Organizatsiya proizvodstva na promishlennixpredpriyatiyax. Uchebnoye posobiye. T.:2004.

  11. KibanovA.Y.idr.Upravleniyepersonalom.Uchebnik.–M.:RIOR,

2010.

  1. Kostrov A. V. Osnovi informatsionnogo menedjmenta.Uchebnoye

posobiye. M.: FiS, 2007.

  1. Lapigin Y.N. Strategicheskiy menedjment. Uchebnoye posobiye. – M.: Eksmo,2010.

  2. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti: О’quv qо’llanma. – T.:2004.

  3. Muminova R. Planirovaniye karyeri personala. //Spravochnik po kadrovim voprosami. - T., 2007. - №11.

  4. Menedjment XXI veka. Uchebnik. / Pod red. S. Choudxari: Per. s angl. – M.: INFRA-M,2009.

  5. Ortiqov A. va boshqalar. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. О’quv qо’llanma. –T.:2004.

  6. Savitskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatelnosti predpriyatiY. Uchebnoye posobiye.- M.: INFRA-M,2009.

  7. SemenovA.K.Osnovi menedjmenta: Uchebnik. «Dashkov iK»

2010.
2002.


  1. Fatxutdinov R.A. Organizatsiya proizvodstva. Uchebnoy posobiye.–M.:



Internet saytlari


  1. www.gov.uz. – О’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali. 52.www.press-service.uz - О’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Matbuot xizmati rasmiy sayti.

    1. www.mfer.uz - О’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo Vazirligining rasmiysayti.

    2. www. UzA.UZ – О’zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti. 55.www.review.uz – ―Ekonomicheskoye obozreniye‖jurnalining rasmiy

sayti.
56.www.cer.uz. – Iqtisodiy tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti. 57.www.uz.report.ru – biznes axborotlari portali.

Download 179,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish