Toshkent 2021 mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharotida ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini oshirish yo’llari


Bob. IQTISODIYOTNI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH SHAROITIDA ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI



Download 179,41 Kb.
bet2/7
Sana20.09.2021
Hajmi179,41 Kb.
#180519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-kursavoy not full

Bob. IQTISODIYOTNI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH SHAROITIDA ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


    1. ISHLAB CHIQARISHNI OPERATIV BOSHQARISHNING AHAMIYATI

Ishlab chiqarish jarayonini boshlashdan oldin uning texnologiyasini ishlab chiqish,sarf-xarajatlarnormalarinibelgilash,kadrlarnijoy-joyigaqо’yishtartibinipuxta о’ylab kо’rish talabetiladi.

Bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat predmeti bо’lib xom ashyo va materiallar, mehnat qurollari bо’lib-asbob-uskunalar, buning natijasi bо’lib esa-tayyor mahsulot hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni boshqarish sohasida mehnat predmeti bо’lib axborot hisoblanadi; boshqaruv ishining obyekti bо’lib odamlar, mehnat jamoasi va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar qatnashadi; boshqaruv ishining natijasi bо’lib esa boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur ma‘lumotlar va boshqaruv qarorlarining о’zi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni boshqarish - murakkab kо’p bо’g’inli tizim xisoblanadi. Menejmentning tizimliligi kadrlar, boshqaruv organlari tuzilmasi, boshqaruv usullari va jarayonlarining uyg’un birligida, marketingda, turli boshqaruv bо’g’inlari faoliyatining о’zaro bog’liqligida, boshqaruv funksiyalarining uyg’un birligi va qabul qilinadigan qarorlarning xususiyatida, ishlab chiqarishni boshqarish texnik-ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy ta‘minotining о’zaro bog’liqligida namoyon bо’ladi.

Yuqorida sanab о’tilganlarning hammasini tashkil qilish lozim. Bu ishlab chiqarishni boshqarish tashkilotining mohiyatini belgilaydi. Menejment tashkilotining mohiyati quyidagi aspektlarda namoyon bо’ladi:


  • boshqaruv jarayonlarini tashkil kilish, ya‘ni boshqaruv funksiyalari, tuzilmasi, usullari va jarayonlari, axborot oqimlari: ma‘lumotlarni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlarini asoslash tamoyillari va ularni bajarishni tashkil qilish jarayonlarini tartibga solish; tashkiliy va hisoblash texnikasi tarkibini tanlash vah.k.;

  • boshqaruv tizimi va boshqariluvchi tizim, topshiriqlar va ularning bajarilishini nazorat qilish, boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini tahlil qilish va baholash tizimi, yaxshi natijalarga erishishni rag’batlantirish shakllarining ratsional uyg’unligini ta‘minlash va h.k.;

  • boshqaruvning turli tizimlari о’rtasida mehnatning iyerarxik taqsimoti shakllarini belgilash, ishlab chiqarish va bozor uyg’unligi, davlat, jamoa, xususiy, sohaviy va hududiy boshqaruv uyg’unligi vah.k.

Ishlab chiqarishni boshqarishning asosi bо’lib boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Jarayon-biron-birbо’g’indoirasidayokibо’g’inlarо’rtasidakechishimumkinbо’lgan harakatdaniborat.

Boshqaruv tizimlarida har xil ishlarni bajaruvchi turli tashkiliy bо’limlar bо’lib, ularning uyg’unligi menejment tashkilotining mohiyatini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, boshqaruv ishlarining barcha turlari, boshqaruv obyektining butun faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi lozim. Menejment tashkiloti boshqaruv va ishlab chiqarishning samaradorligiga jiddiy ta‘sirkо’rsatadi.

Ishlab chiqarish menejmentining ilm-fan yutuqlariga asoslanib tashkil kilish samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularni о’z vaqtida bajarish; bozor munosabatlariga о’tish tajribasini aniqlash va tarqatish; bozor munosabatlari sharoitida muvaffaqiyatlifaoliyatkо’rsatish;ishlabchiqarish,taqsimlashvaiste‘molqilishdazarar kо’rilishiningoldiniolish;boshqaruvjarayonidamehnatnitejashgaimkoniyatyaratadi.

Ishlab chiqarishni boshqarish tashkiloti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar, boshliq va uning qо’l ostidagilar о’rtasida ishlab chiqarish mahsuldorligining muntazam oshib borishiga imkoniyat yaratadigan munosabatlar, о’zaro hamkorlik va aloqalar, boshqaruv texnikasi va texnologiyasi, mehnatni tashkil qilishning tuzilma va shakllarini ishlab chiqishi lozim.

Ishlab chiqarishni boshqarishning maqsadi boshqaruvning barcha funksiyalari о’zaro kelishib faoliyat kо’rsatishini ta‘minlashdan iborat. Ishlab chiqarish menejmentining asosiy vazifasi esa unumli mehnat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu bilan bir vaqtda boshqaruv jarayoni bilan bog’liq sarf-xarajatlarni qisqartirish va boshqaruv xodimlariga normal ish sharoitlarini yaratib berish hisoblanadi.

Oddiy qilib aytganda, ishlab chiqarishni boshqarishning vazifasi boshqaruv tizimining har bir bо’g’ini, boshqaruv apparatining har bir xodimi zarur vakolatlarga egabо’lib,ularningdoirasidaishlabchiqarishniboshqarishningbutunjavobgarliginiо’z zimmasiga olishini ta‘minlashdan iboratdir. Boshqaruv apparati xodimlarining ishi shunday tashkil qilinishi kerakki, har bir xodim о’z ishi bilan shug’ullanishi lozim. Turmushning bu oddiy qoidasi bir vaqtning о’zida ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy tamoyilihisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti tо’xtab qolishlarni yoqtirmaydi va sustkashliklarni kechirmaydi. U ishlab chiqarishning yuqori sur‘ati va boshqaruvning mutlaqo yangi usularini buyuradi. Biroq, butun kishilik tarixida insoniyat boshqaruv usullari, ya‘ni kishilarga ta‘sir kо’rsatish usullarining bir-biridan jiddiy farq qiluvch uch guruhini ishlab chiqqanligini nazarda tutish lozim.

Usullarning birinchi guruhi - iyerarxiya bо’lib, unda asosiy ta‘sir kо’rsatish vositasi rahbar-xodim munosabatlari, kishiga yuqoridan turib, majburlov yordamida ta‘sir qilish (ma‘muriy usullar) hisoblanadi.

Ikkinchi guruh - bozor, ya‘ni mahsulot va xizmatlar oldi-sotdisi, mulkiy munosabatlar, sotuvchi va xaridorning iqtisodiy va moddiy manfaatlariga asoslangan teng huquqli gorizontal munosabatlar tizimi (iqtisodiy usullar).

Uchinchi guruh-madaniyat, xulq - atvor namunalari, ya‘ni jamiyat, tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan va tan olinadigan, xulk atvorini uzgartirishiga majbur qiladigan qonun-qoidalar, kadriyatlar, ijtimoiy normalar, xulq-atvor andozalari, udumlar.

Iyerarxiya, bozor va madaniyat murakkab hodisalar ekanligini tushunib etish muhimdir. Jonli, real xо’jalik tizimlari va ijtimoiy tizimlarda ular deyarli har doim mavjud bо’ladi. Gap faqat ularning qaysi birini tanlash va ustun qо’yish haqida boradi.

Bozor mustaqil huquqiy davlat mahsuli va xо’jalik voqeligi sifatida boshqaruvning asosiy vositasiga aylanib bormoqda. Aynan u jamiyatning xо’jalik yuritish tartibi mohiyatini belgilamoqda.

Iyerarxiya hech qachon о’lmaydi va buzilmaydi. U ikkinchi planga chekinadi, pastga-raqobatlashuvchi korxona va tashkilotlar pog’onasiga tushadi va uning foydaliligi bu yerda yana uzoq vaqt saqlanib qoladi. Korxonalarda boshqaruvning byurokratik, mexanik tuzilma va tizimlari yanada uyg’unroq, moslashuvchanroq, byurokratiya ta‘siri nisbatan kam bо’lgan tuzilma va tizimlarga о’rin bushatadi.

Shu bilan bir vaqtda jamiyatda, bizning iqtisodiy, boshqaruvga oid tafakkurimizda, psixolgiyada ulkan madaniy о’zgarishlar rо’y berishi lozim. Rahbarlar va mehnatkashlarning ongini boshliqqa emas, iste‘molchiga, isrofgarchilikka emas, foyda olishga, byurokratga emas, tadbirkorga, mulohazasiz ijrochiga emas, novatorga qaratish zarur.

Bu sohada jiddiy olg’a tashlash talab etiladi, chunki xalqaro biznes kо’pchilik uchun yangi ish hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok yetayotgan qо’shma korxonalar soni yildan yilga ortib bormoqda va ularning barcha xodimlarini qisqa vaqt ichida о’qitib о’rgatishning iloji yuq. Shunga qaramay, bu muammoni hal qilishning qisqa yullarini qidirish ijodiy fikrlovchi kishilarning vazifasi hisoblanadi. Dunyo jadal sur‘atlarda о’zgarib borayotganiga shubha yuq. Yashab qolish uchun biz ham о’zgarishimiz lozim.

Ishlab chiqarishni boshqarish О’zbekiston iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam о’rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy о’sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni tо’liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a‘zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozoetadi.

Ishlab chiqarishni boshqarish bozor munosabatlariga о’tish vositasi bо’lib, boshqaruv jarayonlarining mohiyatini belgilab beradi. Bozor munosabatlariga о’tish sharoitlarida muammolarning yangi progressiv texnik, iqtisodiy va ijtimoiy yechimlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlariga sifat о’zgarishlarini kiritishga bо’lgan ye‘tiborni kuchaytirishzarur.

Bu vazifalarni amalga oshirish butun boshqaruv tizimining tashkilotini о’zgartirishni talab qiladi. Boshqaruvning axborot ta‘minotini о’zgartirish, ilmiy-texnik ma‘lumotlarning ahamiyatini oshirish lozim. Boshqaruv ma‘lumotlarini qayta ishlash, uzatish, yig’ish va saqlashning yangi texnik vositalari zarur. Qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va ularning bajarilishini nazorat qilishda tubdan о’zgarish yasash lozim. Rahbar xodimlar va mutaxassislar ish jiddiy о’zgargan holda tashkil yetishadi; ularga korxona, aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil qilishda tо’la yerkinlik berilgan.

Tegishli ravishda kadrlarning kasbiy malakasiga bо’lgan talablar ham о’zgaradi, shu bilan bir vaqtda boshqaruv organlari tuzilmasiga о’zgartirishlar kiritiladi, boshqaruvning funksiya va usullari о’zgaradi.

Korxona va aksiyadorlik jamiyatlari marketing bо’limlari va xizmatlarining ish kо’lamiortadi.Bozorishlabchiqarishboshqaruvibilanbog’liqkattaishhajminiamalga oshirishni talabqiladi.

Bozorni ilmiy tadqiq qilish va boshqaruvning tashkiliy tizimida mahsulotga bо’lgan talab va taklifni bashorat qilish ishlari nazarda tutilishi lozim.

Jamoani ijtimoiy rivojlantirishning kompleks dasturi masalasi, shu jumladan atrof muhit ekologiyasi masalalari birinchi о’ringa chiqadi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda rahbar xodimlar va mutaxassislarning mas‘uliyati ortadi. Bu ishlab chiqarish boshqarishga qator о’zgartirishlar kiritishni talab qiladi.

Eng avvalo birinchi navbatda muvofiqlashtirilishi lozim bо’lgan qarorlar tarkibi tartibga solinadi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun javobgar bо’lgan funksional bо’limlar va xodimlar aniq belgilanadi.

Turli bо’g’in rahbarlari qabul qiluvchi qarorlar doirasini aniq belgilab qо’yishi talab etiladi. Ayrim yuqori rahbarlar hanuz, markazlashtirilgan rejali tizimda bо’lgani singari, qо’l ostidagilar uchun ham qaror qabul qilishda davom etmoqdalar, holbuki korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlariga xо’jalik faoliyatini yuritishda tо’la erkinlik berilgan.

Iqtisodiy-matematik usul va hozirgi zamon hisoblash texnikasidan foydalanish doirasining kengayishi bilan yangi axborot tizimlarini tashkil qilish, apparatning butun ishini ratsionalizatsiya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Ishlab chiqarishni boshqarishning tezkorligini oshirish boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu axborotning о’tishi, qarorlarni tayyorlash, asoslash, qabul qilish va bajarish muddatlarini qisqartirishga bо’lgan urinishdan dalolat beradi.

Ishlab chiqarishni boshqarishning tezkorligini oshirish maqsadida boshqaruv organlari tuzilmasidagi pog’onalar sonini qisqartirish, qarorlar qabul qilish jarayonidagi kelishishlar sonini qisqartirish zarurati tug’iladigan bо’g’inlarga qarorlar qabul qilishni yaqinlashtirish lozim.

Boshqaruv jarayoni bilan bog’liq sarf-xarajatlarni qisqartirish ham boshqaruvni muhim vazifasi hisoblanadi. U eng avvalo axborot tizimini qayta qurish va hozirgi zamon tashkiliy va hisoblash texnikasidan keng foydalanish yо’li bilan ta‘minlanadi. Og’ir boshqaruv ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish, ish joylarinitashkilqilishvaulargaxizmatkо’rsatish,ishvaqtidantejamlifoydalanishkatta ahamiyatga egabо’ladi.

Boshqaruv jarayonlarining о’z vaqtida amalga oshirilishi boshqaruvni samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Har bir boshqaruv jarayoni qat‘iy belgilangan vaqtda, boshqariluvchi hajmning holati va uning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib bajarilishi lozim.

Ishlab chiqarishni boshqarishni ilg’or ijobiy о’zgarishlarning tarqalishiga yо’l ochishi va salbiy о’zgarishlarning oldini olishi zarur.

Boshqaruv sikllarini qisqartirish ishlab chiqarishning rivojlanishiga hal qiluvchi ta‘sir kо’rsatadi. G’oya - ishlab chiqarish siklining qisqarishi tadqiq qilish, loyihalashtirish va tajriba ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish va о’zlashtirish jarayoni bilan bog’liq bо’ladi.

―Iste‘molchi-ishlab chiqarish‖siklining qisqarishi yesa ―sotuvchi bozori‖dan

―iste‘molchi bozori‖ga о’tilishinatijasida bozorniо’rganishbilanbog’liqdir.


    1. Download 179,41 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish