o‘qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941 yildan 1943 yilgacha bu kurslarni 16 ming o‘qituvchi bitirib
chiqdi. Boshqa sohada ishlayotgan o‘qituvchilar ham maktabga qaytarildi.
Mahalliy maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o‘zbek xotin-qizlaridan ko‘proq
jalb etish zarurligi alohida qayd etildi.
Shaharlardagi maktablarda o‘qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa tabiiy holatda ta’lim-
tarbiya jarayonini qiyinlashtirishga olib kelgan edi. Darslar 40 minutga qisqargan.
Ashula va rasm darslari
umuman o‘tilmagan.
Kitoblarning yetishmasligi tufayli o‘qituvchilar og‘zaki tushuntirishga katta e’tibor berdilar. Yangi
o‘tiladigan dars o‘qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o‘quvchilar uni daftarga ko‘chirib olishar edi.
Sharoit taqozosi bilan ko‘pchilik o‘quvchilar ham maktabda o‘qib, ham qishloq xo‘jalik ishlarida
faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib,
o‘quvchilar o‘qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar.
O‘zbekiston mahalliy Sovetlari, sobiq SSSR XKS ko‘rsatmasiga binoan, 1943 yilning 1 yanvaridan
boshlab 8—10-sinf o‘quvchilarini hamda katta yoshdagi o‘zbek o‘qituvchilarini o‘qish haqi to‘lashdan
ozod etdi. Qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa mahalliy xalqlar bolalari ham o‘qish haqi
to‘lashdan ozod bo‘lishdi.
1942 yilning boshida sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti qishloq xo‘jalik asoslarini maktabda
o‘qitiladigan fanlardan biri sifatida kiritish haqida buyruq chiqardi.
Davlatning maxsus ko‘rsatmasiga binoan 1943 yildan boshlab ba’zi maktablarda o‘quv
ishlab
chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi g‘alaba bilan tamom bo‘lgach respublika xalq ta’limi urushdan keyingi
yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi.
Urush davrida maktablar tarmog‘i birmuncha qisqargan, o‘quvchilar soni ham shunga yarasha
kamaygan edi. Ko‘pchilik o‘quvchilar turli sinflardan o‘qishni tashlab, frontga, front uchun qurol-aslaha
ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalarga ishga ketib qolishdi.
O‘sha yillarda yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablarni o‘z vaqtida
ta’mirlanmaganligi sababli ko‘p maktab binolari o‘quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiena
talablariga javob bermas edi.
Rasmiy Hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus
tili va adabiyotini kengroq o‘qitishga urg‘u berdi. Natijada 60-yillarda O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va
adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o‘quv
rejasida belgilanganidan
haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ulardan bo‘shagan soatlarga esa rus tili va adabiyoti fani o‘qitildi.
Masalan, o‘qituvchilar “XIX asrni ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida o‘zbek adabiy muhiti”, “Milliy
madaniy jarayonlar” to‘g‘risidagi mavzularda dars o‘tishi lozim bo‘lgan soatlarda rus madaniyatining
“progressiv” ahamiyatini ko‘rsatib berishga majbur bo‘ldilar. Natijada boy va ko‘hna o‘zbek xalqi tarixini
o‘rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang‘ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat
ajratilgan.
Xalq xo‘jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi besh yillikda o‘ziga
xos jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharlariga qaytib ko‘chib
o‘tayotganligi sababli aholi sonida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta’lim
maktablarida o‘qitiladigan bolalarni hisobga olishning aniq va tezkor tizimi belgilanmagan edi.
Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab shoxobchalarini tiklash va kengaytirish
hamda ota-onalari bilan birga evakuatsiyadan qaytib kelayotgan bolalarni yo urush vaqtida maktabni
tashlab ketgan bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qilish kerak edi. Áunday
mas’uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang‘ich maktablarni tamomlagan bolalarning hammasini to‘la
ravishda o‘qishga tortishga ayniqsa katta e’tibor berishlari lozim edi. Va bu ish ancha muvaffaqiyatli
amalga oshirildi. Bu esa bolalarni va o‘smirlarni umumiy-majburiy o‘qitishni kengaytirish uchun zarur
shart-sharoit yaratib berdi.
Bu davrga kelib o‘rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o‘quv yurtlariga qabul
qilinayotganlarning soniga qaraganda ancha ortib ketdi. O‘rta maktablarni tamomlab chiqqanlarning
ko‘plari sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ishlashlariga to‘g‘ri keldi.
Biroq ular bu amaliy
faoliyatga yetarli sur’atda tayyorlanmagan edilar: maktablarda o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash ishlari
yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi.
O‘rta maktablarni tamomlaganlarni maxsus kasbiy tayyorlarligini oshirish maqsadida texnikumlar
soni ko‘paytirildi va shu texnikumlar qoshida to‘liq o‘rta ma’lumotli kishilarni qabul qiladigan bo‘limlar
ochildi. Bu bo‘limlarga o‘qish muddati 2—3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari tizimida o‘rta maktab
negizidagi texnika bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1—2 yillik o‘qish muddati bilan
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillarda 1943 yilda ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va
smenali) tarmog‘i birmuncha kengaytirildi.
1951—55 yillarga mo‘ljallangan beshinchi besh yillik rejada politexnika ta’limiga katta o‘rin
berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning Ta’lim vazirliklari o‘quv rejalari va dasturlarini
qayta qurib, politexnika ta’limini oshirish to‘g‘risida maktablarga ko‘rsatmalar berdilar.
1957—58 o‘quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oliy o‘quv yurtlarida boshlang‘ich maktab uchun
oliy pedagogika ma’lumotiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus
fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida
respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo‘lar edi. Chunki o‘tgan
davrlar chuqur tahlil qilinganda qator kamchiliklar borligini ko‘rish mumkin. Chunonchi, ko‘pgina
maktablarda o‘quv-tarbiya ishlarining sifati davlat standarti talablariga
yetarlicha javob bera olmas, bir
sinfda ikki yil qolgan o‘quvchilar soni hamon ko‘p, o‘quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora
ko‘payayotgan edi. Ko‘pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi tipovoy talablariga javob berolmasdi,
maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlarida dars beradigan malakali o‘qituvchilar
yetishmas edi, yetti yillik umumiy majburiy ta’limni amalga oshirish va o‘rta ta’limni rivojlantirish
borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo‘q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o‘sha kunning
birinchi galdagi vazifasi edi.
Boshlang‘ich maktabda to‘rt yillik boshlang‘ich ta’limdan uch yillik boshlang‘ich ta’limga o‘tish
amalga oshirildi.
To‘liqsiz yetti yillik o‘rta maktab tashkil etilib, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga
aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o‘quvchilar quyidagi o‘quv yurtlarida o‘qishlari mumkin edi.
Ular: 1) To‘liq umumiy ta’lim o‘rta maktablarida (IX—X sinflarda); 2) o‘qish muddati uch-to‘rt yillik
bo‘lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim
yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959—1975-yillarda respublikada
internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan
guruhlar tarmog‘i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o‘sdi; jismonan nuqsonli bolalar uchun
maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog‘i
kengaytirildi.
70—80-yillarda O‘zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o‘zgarmay qolaverdi. Ularning
moddiy-texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi.
Masalan, O‘zbekistonda 1945—46-o‘quv yilida jami 4525 maktab bo‘lib, ularda qariyb 998 ming o‘quvchi
o‘qigan bo‘lsa, 1970—71-o‘quv yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga,
o‘quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga yetdi... 1970—1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat
tomonidan ajratilgan mablag‘ 11% dan 8% ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat
bufetlari tashkil etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: