“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
O‘SPIRIN YOSHDAGILARNING FIZIOLOGIK HOLATI
Patullaeva A.S.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
assistent o’qituvchisi
Ernazarova G.M.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
assistent o’qituvchisi
Shaniyazov R.J.- O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
katta o’qituvchisi
Shaniyazova Z.P.- QQRXTXQT va MO Xududiy Markazi docenti
Xalq sog’ligi jamiyat rivojlanishining asosiy ko’rsatkichidir. Bugungi kunda ta’lim, tarbiya
va tibbiyot xodimlarining o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari, bu insonlarda salomat bo’lish va
sog’lom turmush tarziga amal qilish ko’nikmalarini hosil qilishdir. Sog’lom turmush tarzini
shakllantirishda quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor berish zarur. Atab otsak:
-
Atrof muhit va salomatlik;
-
Tibbiy ko’rikning ahamiyati;
-
To’g’ri ovqatlanish;
-
Jismoniy faollik va chiniqish;
-
Shahsiy gigiyena;
-
Kun tartibiga rioya qilish;
-
Zararli odatlardan voz kechish;
-
Psixogigiyena psixoprofilaktika;
Shuningdek, harakat - bizning badanimizdani shakllantiradi. Jismoniy tarbiya intizom, iroda,
uyushqoqlik, mehnatsevarlik, yuksak amaliy e’tiqod va boshqa ijtimoiy ahamiyatga moyilik
qimmatli fazilatlarni shakllantiradi. Organizmning biologik imkoniyatlarini oshiradi.
Odamzotning sog’ligi ko’p jihatdan avvalombor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z
hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasalliklardan azoblanishini oldini olish uchun
sog’lom turmush va turmush madaniyatini talablariga amal qilib yashashi lozim.
Salomatlik - nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yo’qligi, balki to’liq jismoniy,
ruhiy, ijtimoiy hotirjamlik holatidir. (JSST,1958 yil).
Bolalar va o‘spirin yoshdagi sportchi sifatida mukammallashtirishning xarakterli o‘ziga
xosligi shundan iboratki, ularda harakat va vegetativ funksiyalarning rivojlanishi,
ishchanlik qobiliyatining oshishi, organizmning o‘sishi va shakllanishi jarayonlari hali
tugallanmagan fonda sodir bo‘ladi. SHuning uchun, yosh sportchi tayyorgarligini juda
tezlashtirish, tor doiradagi jismoniy mashqlarni qo‘llash, trenirovka yuklamalarini erta va
o‘ta kuchaytirib yuborish alohida xavf tug‘diradi.
Sport trenirovkasi jismoniy ishchanlikni o‘sishiga yordam beradi. Yosh sportchilar,
sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan, katta ishchanlikni ko‘rsatadilar. Bunda, yosh
sportchilar qanchalik katta bo‘lsalar, sport bilan shug‘ullanish stajlari qanchalik katta bo‘lsa,
ular bilan sport bilan shug‘ullanmaganlarning o‘rtasidagi farqlar shunchalik katta bo‘ladi.
Veloergometrdagi mashqlar paytida, 8—9 yoshdagi sportchilar 3874 kgm ga teng, o‘sha
yoshdagi sport bilan shug‘ullanmaganlar esa — 3684 kgm ga teng ishni bajarganligi
aniqlangan. Qizlar (sport bilan shug‘ullanganlari ham shug‘ullanmaganlari ham), o‘g‘il
bolalarga nisbatan kam ishchanlikni ko‘rsatganlar. Bunda, yosh sportchi qizlar va mashq
qilmagan qizlar o‘rtasidagi ishchanlikdagi farqlar katta darajada ifodalangan.
Ishchanlikning ortishi va yosh kattalashgan sari chidamlilikka qaratilgan mashqlarga
adaptatsiya bo‘lishning yaxshilanishi, aerob ish unumdorligining o‘sishi va xususan, MKI ga
Qaraqalpaqstan
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
109
Do'stlaringiz bilan baham: |