Biotik omillar (jonli muhit omillari).
Bir organizm hayot faoliyatining boshqalariga ta`siri majmui biotik omillar deyiladi. Hayvonlar o`simliklar, mikroogranizmlarningo`rtasidagi o`zaro munosabatlar g`oyatda xilma-xildir.
Har qanday o`simlik turkumi muhitnimg biotik tavsiflari majmuiga ta`sir ko`rsatadi. Sahro joydagi biotk sharoitlardan o`rmon massivi o`ramidagi abiotik sharoitlarning o`ziga xos xususiyatlari qanchalar farq qilishi ma`lumdir. Tirik organizmlarning o`zaro ta`siri ularning bir-biriga nisbatan reaksiya nuqtai nazaridan turkumlanadi. Jumladan: gemoton reaksiyalari ajratib ko`rsatiladi. Reaksiyalar degandda esa bir xil turdagi zotlarning o`zaro ta`siri (masalan, ozuqa joyini muxofazalash) va bir xil turlarning mustaqil yashovchilari o`rtasidagi koalisiyalar tushiniladi.
Hayvonlar o`rtasidagi munosabatning eng keng tarqalgan - vaxshiylik, ya`ni bir tur ikkinchisini bevosita taqib etadi v eb kuyadi.
O`zaro munosabatlarning boshqa turi - turli shakllardagi tekinxo`rlikdir.
Tekinxo`r organizm doimiy ravishda boshqa xayvonning tanasi va tanasi ichida yashaydi. U ho`jayin deb ataladi. Hayvonlar gel`mintlari tekinko`r xasharotlar (bit, burga, kanalar) ba`zilari juda oddiy bo`ladi, odam va hayvonlarda havfli kasalliklarni tug`diruvchi vaxshiylardir.
Osimliklar va hayvonlar o`rtasidagi munosabat yana ham murakkab va xilma-xil bo`lishi mumkin. Ba`zi bir hayvonlar o`simliklarga nisbatan changlatuvchi urug`lar, shuningdek kasalliklarni tashuvchi sifatida bo`lishi mumkin, o`simliklar esa hayvonlar uchun begona xizmatini o`tashi mumkin.
Tolerantlik chegaralari hususidagi qarashlar.
1840 yilda agrokimyoga asos solganlardan biri Yu.Libix o`simliklarning mineral bilan oziqlanishi nazariyasini olg`a surdi. U o`simlikning rivojlanishi faqat organizm uchun yetarli miqdorda bo`lgan kimyoviy element yoki parrandalargagina bog`liq bo`lmasdan, balki rivojlanish uchun yetishmaydigan moddalarga bog`liq ekaligini anikladi.
Masalan, suv yoki azotning ortiqcha bo`lishi odatda tuproqda juda kam miqdorda bo`ladigan bor va temirning yetiishasligi o`rnini bosolmaydi.
O`z tadqiqotlari natijasida Lebix “minimum qonunini yaratdi, bu qonunga muvofiq tuproq tarkibida eng kam miqdorda bo`lgan ozuqa moddalarini ko`paytirish zarur
Amerika olimi V Shelford faqat minmumda bo`lgan moddagina hosilni yoki organizmning hayotida qobilligini belgilamasligini, balki, biror-bir elementning ortiqcha bo`lishi ham ko`ngilsiz holatlarga olib kelishligini isbotladi. Masalan, suvning ortiqcha bo`lishi - ildizlarniig bitikib qolishi, anaerob jarayonlarda paydo bo`lishi, tuproqning ivishi va shunga o`xshash hollarga olib kelishi mumkin.
V.Shelfordning fikriga ko`ra, omillarning ortiqchaligi ham, shuningdek yetishmasligi ham (organizmning eng qulay talablariga nisbatan) belgilab quyuvchi (limitlovchi) deb atalib, u limitlovchi omil yoki «Tolerantlik qonuni» nomini olgan.
Belgilab quyuvchi omil qonuniga atrof muhitni ifloslanishdan muhofaza qilish tadbirlarida amal qilinadi. Havo va suvda zararli aralashmalarning ortiq ko`payib ketishi odamlar salomatligiga jiddiy havf soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |