M uhokam a uchun savollar
1. Qora metallar deb nimaga aytiladi?
2. P o la t deb nimaga.aytiladi? Polatlarning qanday turlari bor?
3. Cho‘yan deb nimaga aytiladi? Cho‘yanlaming qanday turlari
bor?
4. P o la t va cho'yanning mexanik xossalari nimalardan iborat?
5. Metallar turmushda va texnikada qanday ahamiyatga ega? p o la t
va cho‘yandan qanday buyumlar tayyorlanadi?
55
3.2. Metallga ishlov berishda o‘lchash, rejalash, dastlabki ishlov
berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash usullan
Metallarga qo‘lda ishlov berish moslamalari va asboblari. Odatda
metallarga qo'lda va stanoklar yordamida ishlov beriladi. Metallarga
ishlov berish bo'yicha bir necha xil kasb turlari mavjud. Masalan
metallarga, asosan, sovuq holda ishlov beruvchilar chilangarlar, issiq
holda ishlov beruvchilar esa temirchilar deb ataladi. Shunihgdek, qaysi
stanokda ishlov berilishiga qarab, tokar, frezalovchi, randalovchi,
pardozlovchi kabi kasblar ham bor. Maktab sharoitida o‘quv
ustaxonalarida metallarga ishlov beriladi. Metallarga ishlov berishga
mo'ljallangan o'quv ustaxonasi ish va o'lchov asboblari, mosiamalar,
stanoklar bilan jihozlanadi. Ustaxonada materiallar va zarur
ko'rgazmalar ham bo'ladi. Ustaxonada olib boriladigan mashg'ulotlar
ish o'm i deb ataluvchi maxsus joy da bajariladi. Ish barcha kerakli
asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlanadi. Ish o'm i dastgoh
(verstak) deb ataluvchi moslama bilan belgilanadi. Dastgohlar har bir
o'quvchining
bo'yiga
moslanadigan
bo'ladi.
Maktab
o'quv
ustaxonasida metallarga, asosan, qo'lda va sovuq holda ishlov beriladi.
Shuning uchun ham o'quvchilaming bu sohadagi ishlami chilangarlik
ishiga qiyoslash mumkin. Metallarga ishlov berish ishlarini bajarish
uchun avvalo ish o'mini jihozlab olish kerak. Maktab o'quv
ustaxonasida har bir o'quvchi uchun alohida ish o'm i jihozlanadi. Bu
esa o'quvchilami mashg'ulot paytida bir-birlariga xalaqit bennay
ishlashlari uchun qulaydir. Har bir ish o'm iga chilangarlik ishlarini
bajarish uchun zarur bo'lgan asosiy moslama — tiski o'rnatiladi. Tiski
ishlov beriladigan buyum yoki detallarni mahkam tutib turishga xizmat
qiladi. Ish vaqtida tiskining balandligi har bir o'quvchining bo'yiga
moslab olinadi. Buning uchun dastgoh ostiga o'matilgan maxsus
tushirish-ko'tarish vintidan foydalaniladi.
Agar bunday vintli
mexanizm bo'lm asa oyoq ostiga taglik qo'yiladi. Asboblar ish o'm ida
tartibli joylashtirilishi zarur.
Metallarga ishlov berishda bir necha xil asbob-uskunalardan
foydalaniladi. Bular o'lchash-rejalash va ish asboblaridan iborat.
O'lchash-rejalash asboblariga metall lineyka, buklama metr, chizg'ich,
Shtangentsirkul kabilar kiradi. Ular yordamida chiziqli qisqa uzunliklar
o'lchanadi va reja chiziqlari chiziladi. Uzunroq o'lchamlar buklama
metr yoki ruletka yordamida o'lchanadi.
56
Metall lineyka (jazbar) po‘latdan tayyorlanib, uni yordamida
detallaming to'g'ri chiziqli o'lchamlari belgilanadi va tekshiriladi.
Chizg'ich - metall qalam bo'lib, uchi o'tkirlangan 3-5 mm diametrli
metall sterjendir. Ular asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi, uchlari
toblanadi. Chizg'ich zagotovkalarni rejalashda ishlatiladi. Agar
zagotovkaga chiziqchalar tortish nomaqbul bo'lsa, zagotovkani
timamay iz qoldiradigan latun chizg'ichlardan foydalaniladi. Egri
chiziqlar esa ignasi tegishli radiusli aylana va yoylar chizishga
moslangan chizg'ich (xatkashlar) yordamida chiziladi.
Sirkul yordamida aylanalar, yoylar chiziladi va boshqa geometrik
yasashlar bajariladi.
Shtangentsirkul vositasida katta radiusli aylana va yoylar
rejalanadi. ichki va tashqi diametiiar o'lchanadi. Shtangentsirkul
yordamida o'lchamlarni 0,05-0,02 mm aniqlikkacha o'lchash mumkin.
O'lchashda qo'zg'aluvchan ramka harakatlanadi, o'lchash tugagach
ramkani mahkamlovchi vint burab qotiriladi. Bu asbob bilan o'lchashda
aw al shtangadan butun millimetrlar aniqlanadi. Keyin noniusdan
millimetrning ulushi aniqlanadi. Bunda shtanga chizig'i bilan
noniusning chizig'i to 'g 'ri kelgan joyi detaining o'lchami bo'ladi.
Reysmas vertikal va qiya yuzalarda gorizontal chiziqchalar torlish
uchun ishlatiladi.
Kerner diametri 8-13 mm li po'lat stetjen bo'lib, u bilan
rejalanadigan yuzalarda teshiklarning markaz nuqtalari hosil qilinadi.
Kernerning konus uchi 60° burchakli qilib sharxlanadi, Kernerlar
asbobsozlik po'latlaridan yasaladi va uchlari qattiq bo'lishi uchun
toblanadi. Rejalovcbi asboblaming uchlari yaxshi sharxlangan bo'lishi
kerak. Ishni tezlashtirish uchun murakkab konturlar shablonlar
yordamida rejalanadi.
Burchaklik (go'niya) ishlov berilayotgan detallaming to'g'ri
burchakliligini
tekshirishda qo'llaniladi.
Aniq rejalash ishlari
mustahkam asosga o'matilgan va ish yuzasi yaxshi yoritilgan rejalash
plitasida bajariladi. Plitani timalishidan va pachoqalanishdan saqlash,
zagotovka va asboblar yaxshiroq sirpanadigan bo'lishi uchun uning
yuzasiga muntazam ravishda grafit surtib turish lozim. Ish tamom
boigandan keyin plita tozalanadi, artiladi va yog'och qopqoq bilan
berkitib qo'yiladi. Bulardan tashqari chilangarlik ishlarida egri sirt,
aylanalami aniqlash uchun krontsirkul va nutromer kabi asboblar ham
ishlatiladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |