Termiz davlat universiteti tarix fakulteti


Sakkizinchi mavzu. O‘zbek mentalitetida etnotolerantlik xususiyati – millatlararo totuvlikning garovi



Download 1 Mb.
bet15/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Sakkizinchi mavzu. O‘zbek mentalitetida etnotolerantlik xususiyati – millatlararo totuvlikning garovi

Etnik bag‘rikenglikni shakllantirish – millatlararo mojarolarning oldini olish va bartaraf etishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Bu jarayonda ko‘p xil madaniyatlarni birlashtiruvchi yagona makonni vujudga keltirishning ahamiyati kattadir. Buning uchun avvalo millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash zarurki, quyidagilar ushbu madaniyatning oddiy unsurlari hisoblanadi:



  • “etnik indiferentlik” (beparvolik), ya’ni shaxslar o‘rtasidagi muomalada milliy omilni e’tiborga olmaslik (alohida zarur holatlar bundan mustasno);

  • boshqa millat kishilari bilan munosabatda mulohazali bo‘lish;

  • har bir kishi har qanday dunyoqarash masalasida o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi, o‘z nuqtai nazarini aytish huquqiga ega ekanligi;

  • milliy, etnik muammolar xususidagi muhokamada mazkur masala yuzasidan o‘zi ega bo‘lgan bilimlar hajmigagina tayanish;

  • inson o‘zi yashab turgan etnik guruhning marosimlari, rasm-rusumlari, urf-odatlarini bilishi zarurligi;

  • til masalasi – millatlararo muomala madaniyatining eng muhim jihatlaridan biri ekanligini esda tutish1.

Bag‘rikenglik ongini shakllantirishning til masalasini hal etishda ommaviy axborot vositalari va avvalo televideniening ahamiyati juda katta. Televidenie, radio va matbuotda bag‘rikenglikka unchalik mos kelmaydigan “xeysh spich” 2 – bachkana va behayo iboralarning ishlatilishi, shaxsning milliy va diniy tuyg‘ularini ranjitadi hamda bachkana va hayosiz so‘zlarni ko‘chaga, kundalik hayotga, ko‘pchilikning tiliga tushiradi. Demokratik fuqarolik jamiyatida esa shubhasiz bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Ta’lim, uslubiy yo‘nalish barcha pog‘onalardagi ta’lim muassasalarida bag‘rikenglik ongini, dinlarga sabr-toqat bilan qarashni shakllantirishga va madaniyatlararo muloqotni o‘rgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari va texnologiyalarini yaratib joriy etishni; muassasalarda ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi mutaxassislarni, davlat xizmatchilarini, shuningdek huquq-tartibot idoralari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus dunyoqarash psixologik treninglar (mashg‘ulotlar) o‘tkazish nazarda tutiladi.

Me’yoriy, uslubiy va tashkiliy yo‘nalish doiralarida uslubiy hujjatlar majmuasini ishlab chiqish hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, ko‘rsatilgan va eshittirilgan materiallarni ijtimoiy-psixologik ekspertiza (tekshiruv)dan o‘tkazish uchun sharoit yaratish, jumladan interaktiv ta’lim vositalari va o‘yinlardan foydalangan holda yangi kommunikatsion texnologiyalar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ekstremizm, agressiya, jabrdiydalar, qochoqlarga va noilojlikdan ko‘chib ketganlarga yordam berish vositalarini yaratish; dinlararo muloqot samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish talab qilinadi.

Texnologik va moddiy-moliyaviy yo‘nalish tinchlik madaniyati sohasida tajribani to‘plash, dunyoqarash barqarorligini ijtimoiy-kommunikatsion texnologiyalari tizimini shakllantirish, shu asosda iqtisodiyotning innovatsion (yangi) tarmoqlarini yaratish vazifasini ko‘zlaydi va hokazo. Hamma joyda va barcha sohada bag‘rikenglik muhitini yaratish shubhasiz oson vazifa emas. Tarbiya – toqatsizlikning oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi, shu sababli tolerantlik ruhida tarbiyalashni hozir birinchi darajali vazifa deb hisoblamoq kerak. Bag‘rikenglik, ya’ni tolerantlik ruhida tarbiyalash – ko‘pgina davlat va jamiyat muassasalarining umumiy vazifasidir.

Maktablar, kollejlar, akademik litseylar va universitetlarda, norasmiy ta’lim doirasida, uyda va ishda bag‘rikenglik ruhini mustahkamlash, ro‘y-rostlik, bir-biriga e’tibor va birdamlik munosabatlarini vujudga keltirish, doimo tolerantlik fe’l-atvorini o‘rgatish, zo‘ravonlik va begonalashuvga asos bo‘ladigan toqatsizlikning madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va diniy manbalarini ochib tashlash zarur bo‘ladi.

Hozir Internet orqali tarqatilayotgan va yil sayin tobora keng va xilma-xil tus olayotgan faraziy (virtual) zo‘ravonlikka, shuningdek elektron ommaviy axborot vositalaridan, video va kitob mahsulotlarida tasvirlanayotgan jangari manzaralarga qarshi turadigan ichki dunyoqarashni shakllantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilmoqda.

Bag‘rikenglik muammosi yuzasidan erkin, oshkora muloqot va muhokamaga ko‘maklashish, tolerantlik qadriyatlarini ommalashtirish hamda toqatsizlikni targ‘ib qiluvchi guruhlar va mafkuralarga nisbatan loqaydlik ko‘rinishlari xavfli ekanini tushuntirib berish ishida kommunikatsiya vositalari birinchi darajali ijobiy rol o‘ynashi mumkin. Ijtimoiy portlashlar xavfini kamaytirish maqsadida millatlar va dinlararo toqatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan inqirozlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida faol qarshi tashviqot olib borish zarur.

Agarda joylarda “Bag‘rikenglik markazlari” deb atalgan ilmiy-amaliy markazlar tashkil etilsa, bu hol tolerantlik ruhida tarbiyalash muammolarini hal etishda muhim o‘rin olgan bo‘lar edi. Ularning oldiga bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash sohasida aniq-ravshan chora-tadbirlarni amalga oshirish va jamiyatda bag‘rikenglik muhitini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi maxsus ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish vazifasini qo‘yish lozim. Ushbu vazifalar o‘z navbatida quyidagilarni qamrab oladi:



  • jamiyatda shakllangan bag‘rikenglik munosabatlari tuzilmasi va darajasini o‘rganish;

  • dunyoda va mamlakatda amalga oshirilgan bag‘rikenglik ongi taomillarini shakllantirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ularning ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan dastur va loyihalarni tadqiq qilish;

  • mustaqillik yillarida davlatimizda qabul qilingan va jamiyatimizda bag‘rikenglik munosabatlari shakllanishiga ta’sir o‘tkazgan qonunchilik va boshqaruvchilik qarorlarini o‘rganish;

  • jamiyatda bag‘rikenglik ongi taomillarini shakllantirishni ta’minlaydigan va O‘zbekistonda ijtimoiy xavfsizlik sharoitini yaratishga ko‘maklashadigan davlat xizmatchilarining lavozim majburiyatlarini o‘rganish;

  • barcha pog‘onadagi davlat xizmatchilarining boshqaruv faoliyati jarayonlarida bag‘rikenglik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlarini tadqiq qilish;

  • migratsiya jarayonlari va ularning jamiyatdagi bag‘rikenglik darajasiga naqadar muvofiqligini o‘rganish;

  • jamiyatda bag‘rikenglik ongini shakllantirish va uning barqarorligini mustahkamlashga oid tavsiyalar ishlab chiqish.

Yuzdan ortiq milliy, madaniy markazni birlashtiruvchi respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligi, mamlakatda millatlararo hamjihatlik va fuqarolarning o‘zaro totuvligi muhitini mustahkamlashga, milliy madaniyatlarni saqlab qolish va ularning ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib qilishga, umuman, davlat bilan milliy jamoatchilikning hamkorligi, vositalarini shakllantirishga hissa qo‘shib kelmoqda. Mazkur markazlar o‘z madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagina emas, shu bilan birga millatlararo munosabatda bag‘rikenglikni tarbiyalash sohasida ham doimo ko‘pgina rejalarni amalga oshirmoqda.

Ko‘pgina xalqlar madaniyati va an’analarining bir-biriga o‘zaro ta’siri tufayli Toshkent shahrida o‘ziga hos betakror muhit vujudga keldi. Bu yerda millati va dinidan qat’iy nazar poytaxtning butun aholisi ahil bir katta oila sifatida yashab kelmoqda. Shu munosabat bilan tinchlik, bag‘rikenglik, ahillik madaniyati tamoyillari mamlakat aholisi va mehmonlari millatlararo munosabatlarining asosi bo‘lib qolishi lozimligini doimo sergaklik bilan kuzatib bormoq kerak, chunki milliy his-tuyg‘ularning haddan tashqari kuchayishi toqatsizlik fe’l-atvorini, o‘zga milliy va o‘zga din kishilari hisobiga o‘z talablarini qondirish ishtiyoqini va ekstremizm holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Poytaxt hokimiyati millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash sohasida olib borayotgan ishlar bilan birga milliy-madaniy jamoat tashkilotlarining bu sohadagi kuch-g‘ayratlari va amaliy ishlarini muvofiqlashtirib borishi zarur. Toshkent shubhasiz millatlararo bag‘rikenglik munosabatlari qaror topgan, namunali shahar bo‘lib qolishi lozim bo‘ladi. Toshkent O‘zbekiston Respublikasining eng ko‘p millatli shahri ekanligini e’tiborga olib, “Toshkent - tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzusidagi kompleks shahar dasturini qabul qilib, amalga oshirish bu sohadagi muhim amaliy qadam bo‘lar edi.

Biz bag‘rikenglik haqida gapirganimizda olamga bag‘rimizni ochishni nazarda tutamiz. Bu tushuncha mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda ham faol ijtimoiy hamjihatlikni nazarda tutadi. Binobarin, jamiyat oldida kelgusi avlod yoshlarining tafakkuridagi eskilik sarqitlarini o‘zgartirish vazifasi paydo bo‘ladi1, zero, yoshlar kelajakda davlatimizning ma’naviy va aqliy qadriyatlari, madaniy an’analarini davom ettiradilar. Biroq, bag‘rikenglik hozircha yer kurrasi yosh avlodining, shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari fe’l-atvorining tarkibiy qismiga aylangan emas. Shu boisdan ham bag‘rikenglik ongini takomillashtirish dolzarb masala sifatida kun tartibida turishi bejiz emas.

Bu maqsadga erishmoq uchun jamiyatda psixologlar, pedagoglar, siyosatshunoslar, tarixchilar, sotsiologlar, madaniyatshunoslar, faylasuflar va shu kabi olimlarning birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan ijobiy bag‘rikenglik munosabatlarini shakllantirish borasida aniq maqsadni ko‘zlovchi ta’lim strategiyasini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Bu strategiya o‘quv jarayoni orqali ta’lim jamoalarida xayrixohlik muhitini yaratish orqali irqchilik, shovinizm, ekstremizm, ksenofobiyaning har qanday ko‘rinishlarini bartaraf etishi, turli etnoslarga mansub bo‘lgan o‘quvchilarni birlashtiradigan sohalarga (madaniy merosga, fan-san’at, davlatni rivojlantirishga qo‘shiladigan hissaga; xarakterning ijobiy xislatlariga) e’tiborni kuchaytirishi kerak. Boshqa kishilarga hurmat va ochiq ko‘ngillik bilan munosabatda bo‘lish, bir-biridan farq qiladigan madaniy, diniy va ijtimoiy muhitlardagi kishilar hayotining xilma-xilligini tushunish ruhini singdirish zarur. Har qanday millat kishisi o‘zini bemalol his qilishi, himoyalanganligi, “o‘zga” qo‘shni va dunyo bilan oshkora hamjihatlik qila olishini xis qiladigan hamjihatlik muhitini yaratishga ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bag‘rikenglik ruhini tarbiyalashda o‘zimizning holatimizni, an’analarimiz va madaniyatimiz xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, odamlarning u yoki bu ko‘zlangan anglashga va o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarning xususiyatlarini e’tiborga olishga tayyorligini hisobga olib ish tutmoq kerak bo‘ladi.

Bag‘rikenglikning asosi – avvalo shaxsning tajribasidadir. Shu sababli bag‘rikenglik tarbiyasi, pedagogika nuqtai nazaridan, ijobiy bag‘rikenglik tajribasini aniq maqsad yo‘lida tashkil etishdan, ya’ni “o‘zga” kishilar bilan birgalikda harakat qilishni talab etuvchi shart-sharoitlarni sobitqadamlik bilan yaratishdan iborat1.

Bolalar bilan bag‘rikenglik tarbiyasi sohasida olib boriladigan ishda ta’lim muhiti, avvalo maktabning pedagoglari – o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ijtimoiy fan muallimlari, psixologlar, bolalar yetakchilari va shu kabilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Mazkur murakkab masalada, birinchidan, bag‘rikenglik tarbiyasining mohiyati, mazmuni va ko‘rinishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ikkinchidan, ana shunday tarbiyaning imkoni bo‘lgan vositalari, texnologiyalari to‘g‘risidagi tasavvur va uchinchidan, pedagogning o‘zi bag‘rikeng bo‘lishi (bu narsa alohida katta muammo!) juda zarurdir. Bag‘rikenglik – pedagogning vazifalari, ish mazmuni va xarakteri taqozo etadigan o‘z kasbiga xos zarur fazilat bo‘lmog‘i kerak.

Bag‘rikenglik tarbiyasiga oid biron-bir tadbirni o‘tkazishdan avval bu haqda jamoatchilik fikrini so‘rab ko‘rish maqsadga muvofiqdir, bunday tadqiqotdan kuzatilgan maqsad mazkur odamlar orasida toqatsizlik muammosi naqadar o‘tkir bo‘lib turganligini aniqlashdan; muayyan millat vakillarining o‘zga millat, madaniyat, din va siyosiy qarash vakillariga munosabatini o‘rganishdan; odamlar kimlarga ko‘proq ishonmasliklarini aniqlab ko‘rishdan, ularga bag‘rikenglik tushunchasining o‘zi qanchalik tanish ekanini bilib olishdan iborat.

Maktab va kollejlarning o‘quvchilarigina emas, hatto oliy o‘quv yurtlarining talabalari ham, ko‘pincha “bag‘rikenglik-tolerantlik” tushunchasi bilan tanish emasliklari ish davomida tez-tez ma’lum bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, “bag‘rikenglik” degan umumiy nom bilan munozara klublari – davra suhbatlarini o‘tkazish zarur. Buning uchun avvaldan tayyorgarlik ko‘rish: tushuncha bilan tanishish, muayyan guruhning tolerantligi yoki notolerantligini aniqlash maqsadida turli usullar yo‘li bilan muammoga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Turli guruhlar (maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va shu kabilar) bilan ish olib borganda, har bir guruhga o‘ziga xos ravishda yondoshish talab qilinadi. Masalan, bu ishda oliy o‘quv yurtining talabalariga bir kun talab qilinsa, maktab o‘quvchilariga uch kun beriladi. Guruhlarda ish olib borilayotganida qisqacha ma’ruzalar o‘tkaziladi1.

Turli fanlarga oid dars jarayonlariga bag‘rikenglik ta’lim tarbiyasini singdirib yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, chet tili muallimi shu maqsadda o‘quvchilarga o‘zga tildagi adabiyot bilan ishlashni o‘rganish, ularning konsert dasturi va bayramlarda o‘z bilimlarini ijodiy tadbiq etish qobiliyatini namoyon qilish imkonini yaratadi, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini turli sohalarda sinab ko‘rish (o‘zga tilda so‘zlashuvchilar bilan xat yozishni, chet elliklar bilan uchrashish, yoshlarning xalqaro oromgohlaridagi ishlarda qatnashishlar)ida yordam beradi. Ana shunday tarzda tashkil qilingan mashg‘ulot o‘quvchilarning madaniyatlar muloqotini yo‘lga qo‘yish sohasida xorijiy yoshlarning turmush tarzi bilan bevosita tanishishlariga ko‘maklashib, axborotni ma’lum qilish va so‘rab olish, undan foydalanish va qayta ishlash mahoratini rivojlantiradi. O‘quvchilar xorijiy adabiyotni tushunishdagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka, “ma’noni anglab olish”ga o‘rganadilar. Bunday faoliyat chet tili bilan ijodiy “muomala qilish”, uning go‘zalligini idrok etish, o‘zining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishda undan foydalanish qobiliyatini vujudga keltiradi.

Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan xulosa shuki, bag‘rikenglik tarbiyasini o‘quv jarayoni bilangina cheklamasdan, mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ham uzluksiz davom ettirish kerak. Buning uchun “bag‘rikenglik” (tolerantlik) mavzusida turli tadbirlar, anjumanlar, spektakllar, ijodiy ko‘riklar o‘tkazib turish mumkin.

Mavzuning oxirida yana bir narsani ta’kidlab o‘tish darkorki, sabr-qanoat va mehr-oqibat g‘oyalari munosib o‘rin olmagan oila, do‘stlar yig‘ini, ishlab chiqarish tuzilmasi, umuman jamiyat buzg‘unchilik jarayonlariga mahkum bo‘lishi, o‘z ildizlari, tarixiy va milliy an’analarini “eson-omon yashash” istiqbollari, yangilik sari muttasil rivojlanish, huquqiy himoyalanish va baxtiyor ravnaq topish istiqbollarini yo‘qotishga mahkumdir.

Mustaqil O‘zbekiston erishgan yutuqlar, uning nihoyatda boy tarixiy merosi, madaniyati va san’ati butun dunyoda doimiy qiziqish uyg‘otib, sarmoyadorlar va sayohatchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tafakkuri, turmush tarzi va fe’l-atvoridagi bag‘rikenglik tamoyillari shubhasiz muhim o‘rin tutadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish