Virus geniarini joylashtirish va ko'chlrish. 1976-yili Yenish sichqon hujayralariga begona genlarni kiritib, bu belgilarning nasl-dan-naslga o'tishini amalga oshirgan. Lekin rekombinatsiya va klonlash metodi o'sha vaqtda unchalik rivojlanmaganligi sababli genlarni kiritishda viruslardan vektor sifatidagina foydalanilgan.
Sichqon leykozi virusi kiradigan sinfviruslariga olimlar genlarni ko'chirish uchun samarali vektor sifatida qaraganlar. Ushbu retro-viruslarning genlari bir zanjirli RNKning 2 ta molekulasidan tuzilgan: hujayra bu virus bilan zararlanganda qaytar transkriptaza DNK molekulasini, komplementar RNKni sintezlaydi. Hosil bo'l-gan DNK-nusxa hujayra DNKsiga «provirus» ko'rinishida joyla-shadi. Provirus barqaror holda qolishi yoki hujayra DNKsidan ajralib, yangi virus zarrachalari o'sishiga manba bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |