3.2.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi vauning didaktik qarashlari
«Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
3.3.Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
Sharq uyg‘onish darvrining yana bir qomusiy olimi "Muallimi soniy” (Ikkinchi muallim) Abu Nasr Forobiy (873-950) O'rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon ilmi va falsafasining sharqdagi eng у irik targ'ibotchisi va uning rivojiga hissa qo‘shgan olim. "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerak?",
"Substansiya haqida so'z". "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi". "Aql to'g'risida”, “Mantiq ilmiga kirish’’, "Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohivatr’ kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Forobiy birinchilardan bo'lib o'z davri ilmlarini klassifikatsiya qilgan, ijtimoiy-siyosiy masalalar bo'yicha у irik asarlar yaratgan mutafakkirdir. Forobiyning ta'lim-tarbiya, inson kasbivatini kamol toptirishning yo‘l-yo‘riqlari, ilm-ma'rifatga erishuvning usullari haqidagi fikrlari ijtimoiy muammolarni yechish masalalariga bag‘ishlangan. U o 'z asarlarida didaktika, ta'lim-tarbiyaning psixologik asoslari. etika. natosatning muhim nazariy masalalarini falsafaning muhim qismi sifatida talqin etib. insonni har tomonlama yaxlit va o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan qismlardan iborat deb o'rganish kerak degan fikrni ilgari suradi. Mutafakkir ta'lim tarbiyaga o’ld asarlarida sezgi, aqliy bilish, bilim, hayotiy tajribalar inson ma'naviy kamolotining muhim asosi ekanligini ta'kidlaydi. Forobiy “Baxt-saodatga erishuv to'g'risida”, "Aql haqida so’z va san'atning fazilatlari" nomli risolalarida ta'lim-tarbiyadan maqsad jamiyat talablariga javob beradigan ideal shaxsni tarbiyalashi zarur degan g'oyani ilgari surib, bunda ta'lim berish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishi lozimligini ko'rsatadi. Forobiy inson baxt-saodatga erishuvi uchun ularni baxtli saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak, deydi. U fozil shaharni boshqaradigan xokim tabiatdan:
1) Sog’-salomat bo'lib, o’z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmasligini;
2) Tabiati nozik, farosatli;
3) Xotirasi mustahkam;
4) Zehni о tkir;
5) О ’z fikrini tushuntira oladigan notiq;
6) Bilim та 'rifatga havasli;
7) Taom yoyishda, ichimlikda, turli о ’yinlardan (qimor yoki boshqa) huzur olishdan uzoq bo 'lishi;
8) Haq va haqiqatni, odil va haqgo’yodamlarni sevadigan, yolg 'onni va yolg'onchilarni уотопко 'radigan;
9) О’z qadrini biluvchi va oriyatli bo 'lishi;
10) Mol dunyo ketidan quvmaydigan;
11) Adolatparvar;
12) Qat 'iyatli, sabotli, juratli, jasur bo lishi muhimligini qayd etadi.
Forobiyning fikricha, ta'lim - tarbiya insonni aqlan va axloq an komil shaxs qilib shakllantirishga qaratilishi, uning vazifasi mustaqil fikrlash madaniyatiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat bolishi lozimligini uqtirib, ilm o ‘rganuvchi quyidagi 3 shartga rioya qilgandagina maqsadga erisha olishini ta’kidlaydi:
Muayyan qoidalarga bo ‘ysunish;
Muayyan fa n sohasiga tegishli emperik dalillardan xulosa chiqara olish salohiyati;
Boshqalarning fikriga tanqidiy yondosha bilish.
U “ Ta'lim degan so'z insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan, ya'ni shu xalq shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo ‘Igan ish harakat, kasb-hunarga о ‘rganishdir"1 – deb ta'lim-tarbiyaga ta'rif beradi.
Forobiy ta'limda quyidagi pedagogik va didaktik prinsiplardan foydalanishni tavsiya qiladi:
- ta ’limning i/miyligi va amaliy ahamiyatga egaligi;
- tizimli/igi, mantiqiyligi va ketma-ketligi;
- hayot bilan bog 'liqligi;
- tushunarli bo ‘lishi;
- kuzatish va tajribalar;
- dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she'riy mulohazayuritish usullari;
- induksiya va deduksiya usuli;
- mashqlarni bajarish, takrorlash va h.k.
Ustoz faoliyati, Forobiy fikriga ko'ra. yosh insonlarda axloqiy talablarni va muayyan fan sohasidagi amaliy malakalarni hosil qilmog'i lozim. Ustozlik faoliyatining maqsadi - o’quvchi shogirdlarni baxt-saodatga erishish yo’llarini qidirishga, izlanishga tayvorlashdir. Shu nuqtai nazardan o‘z kasbiga halol yodoshmaydigan, vijdonsiz murabbiylarni Forobiy hurmat. izzatga arzimaydigan kishilar deb qaragan. Ustozning vazifasi davlat boshlig’ bajaradigan ma'suliyatli vazifaga o‘xshaydir, deydi u. U nimani ko'rsa va eshitsa xotirada saqlay olishi kerak; o‘tkir va uzoqni ko'ra oladigan aql sohibi bo‘lmog‘i lozim; u o‘quvchilarga bilim bera olishni ham sevishi. ayni paytda bu faoliyat hamroxi bo’lgan mashaqqatli mehnatdan xormasligi, mast qiluvchi ichimliklarni ichishdan o‘zini saqlashi kerak; haqiqatni va unga intiluvchilarni sevishi; yolg'onni va uni shior qilib olganlarga qattiq g‘azab tuyishi; mag‘rur ruhga ega bo‘lishi va o ‘z sha'nini yuksak tutishi; o‘z shogirdlariga adolatli munosabatda bo'lishi; qo‘yilgan maqsadga erishishda qat'iylik ko‘rsata olishni talab etiladi.
Abu Nasr Forobiy "Baxt-saodatga erishuv haqida" risolasida ta'lim-tarbiyani ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bulardan: birinchisi — ixtiyoriy usul bo'lib, bunda qanoatbaxsh va ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi va shaxsdagi g'ayrat-intilish harakatga aylantiriladi; ikkinchi usul — majbur etish y o ’li bo‘lib, bu usul gapga ko‘nmaydigan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi.
Forobiy ta'lim-tarbivada rag'batlantirish, odatiantirish, majbur etish usullarini ko‘rsatgan. "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida so’ralganda: “Qattiqqo’lik muallimga nisbatan nafrat uyg'otsa, o'ta bo'shanglik esa shogirdning muallimga va uning o'qitayotgan faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi”-deb, muallim shogirdiga nisbatan o ‘ta hokimlikka ham, o ‘ta bo‘shanglikka ham yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytib o'tadi. Forobiy “Aql to 'g ‘risida " risolasida: “Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda о ‘tkir zehn-idrok bo 'lishi bilan birga, fazilati ham bo ‘Isin. Bunday kishi о ‘lining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amlaga oshirishga, yomon ishlardan o'zini saqlashga va tortishga qaratmog’i lozim" deydi. Forobiyning ta'lim-tarbiya to‘g‘risidagi teran fikrlari, ibratli mulohazalari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o'rin tutadi.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarkhan ibn Avvzalagh al-Farabi vvas born in approximately ah 257/ad 870.
Al-Farabi became an expert in philosophy and logic, and also in music: one of his vvorks is entitled Kitab al-musiqa al-kabir (The Great Book of Music). Hovvever, perhaps the book for vvhich he is best knovvn is that vvhose title is abbreviated to al-Madina al-fadila (The Virtuous City), and vvhich is often compared, misleadingly in vievv of its Neoplatonic orientation, to Plato's Republic. Other major titles from al-Farabi's voluminous corpus included the Risala fi'l-'aql (Epistle on the Intellect), Kitab al-huruf (The Book of Letters) and Kitab ihsa' al-'ulum (The Book of the Enumeration of the Sciences).2
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarhan ibn Aalagh al-Forobiy tahminan hijriy 257(milodiy 870 yilda) tug’ilgan. U haqli ravishda hamma zamonlarda ham islom olarnining buyuk faylasuflaridan biri sifatida tan olinadi.Al Forobiy falsafa, mantiq sohalarida izlanishlar olb borgan, shu bilan birga musiqa nazariyasiga o’ld Kitab al-musiqa al-kabir (Buyuk musiqa kitobi)ni yozgan. Biroq uning eng mashhur asari “Madina al-fadila” (Fozil odamlar shahri)ni gayriplaton yo’nalishi vakillari tomonidan Platon davlatchiligi bilan taqqoslaganlar. Farobiyning ko’p tomli asarlari “Бахтсаодатгаэришувтўғрисида”, “Ихсо – ал - улум”, “Илмларнингкелибчиқиши”, “Ақлмаъноларитўғрисида”asarlarni o’z ichiga olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |