Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.
Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.
Dars vaqt taqsimoti rejasi:
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish.
|
10-15 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Darsni yakunlash va uygavazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.
O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.
Yangi mavzuno o`rganish.
Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.
O'tgan darslarda siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi va shakli o'xshash, ma'lum bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar bor. Bunday hujayralar to'plamiga to 'qima deyiladi.
1682- yilda ingliz tabiatshunosi N. Gryu «to'qima» tushun-chasini fanga olib kirdi. To'qimalar joylashishi va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil bo'ladi (25- rasm). Hosil qiluvchi to'qimalar faqat o'simliklardauchraydi. Sababi, u о'simlikning deyarli barcha a'zolarida uchrab, boshqa to'qimalarni hosil qilishda ishtirok etadi. Uning hujayralari yupqa va elastik xususiyatga ega. U, asosan, uchki va yon hosil qiluvchi to'qimalarga ajraladi. Uchki to'qimalar kurtak, novda va ildizlarning uchlarida joylashgan bo'lib, o'simlikning bo'yiga o'sishini ta'minlaydi. Halqa shaklida yog'ochlik va lub orasida o'rnashgan yon (kambiy) to'qima hisobiga o'simlik (poya, tana, ildiz) eniga o'sadi.
Asosiy to'qima. Assimilyatsiya to'qimasining eng muhim vazifasi fotosintezjarayonim amalga oshirishdan iborat. Unda organik moddaning asosiy qismi hosil bo'ladi. Asosiy to'qima deyarli bir xildagi yupqa devorli, xloroplastlarga boy, tirik parenxima hujayralaridan iborat. U yashil barglarda, yosh nov-dalarda, ba'zan gul, meva va havo ildizlarida epidermaning ostidagi etli qavatda joylashgan.
Jamg'aruvchi to'qima. O'simliklardaturli jarayonlar natijasida hosil bo'lgan yoki tashqaridan qabul qilingan moddalar (oqsil, kraxmal, yog' va boshqalar) to'planadi. Jamg'aruvchi to'qima-lar, asosan tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Bular-ga urug', meva, ildizmeva, tugunak, piyoz va boshqalar kiradi. Bug'doy, suli, arpa, loviya, mosh, no'xatning urug'ida kraxmal va oqsillar mayda, qattiq donachalar shaklida saqlanadi. Lavlagi, sabzi, uzum, qovun, tarvuzning mevasida shakar moddalar erigan holda bo'ladi.
Qoplovchi to'qimalar. Chiqib kelishiga qarab qoplovchi to'qima 3 ga bo'linadi: l)epiderma; 2) po'kak; 3) po'stloq. Epiderma tirik, bir-biri bilan zich joylashgan, bir qavat hujay-ralardan tuzilgan bo'lib, asosan, o'simliklarning barg va yosh novdalarini qoplab turadi. Unda o'simlikni tashqi muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi.
Po'kak to'qima tashqi qavati o'lik hujayralardan iborat bo'lib, uning qobig'iga esa maxsus moddalar (suberin) shimilgan. Shu-ning uchun o'zidan suv va gazlarni o'tkazmaydi. Po'kak turlicha qalinlikda (bir necha sm gacha) bo'ladi. Uning asosiy vazifasi o'simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug'diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlashdan iborat.
Po'stloq o'simlik (daraxtlar)ning tana, eski shoxlari va ildizlarini tashqi tomondan o'rab turadi. U po'kakdan tashqari boshqa to'qimalarning o'lik hujayralari qavatini ham o'z ichiga oladi. Odatda, po'stloqning sirti yorilgan va g'adir-budur bo'ladi. O'simlikning turiga va yoshiga qarab po'stloq turlicha qalinlikda bo'ladi va o'simlikni po'kak singari turli tashqi ta'sirlardan hi-moya qiladi.
Mexanik to'qimalar o'simlikka tayanch vauning organlariga mustahkamlik beruvchi qalin qobiqli, cho'ziq, tirik (kollen-xima) va о'lik (sklerenxima) hujayralari dan iborat. Shuning uchun ham shox-shabbani ко'tarib turib, shamolning qattiq tebratishiga bardosh bera oladi. Mexanik to'qimaga poyalarning va ildizning po'stloq va yog'ochlik tolalari kiradi.
O'tkazuvchi to'qimalar. Bu to'qimalar orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi. Ya'ni, ildizdan bargga va bargdan ildizga qarab. O'tkazuvchi to'qima nay deb yuritiladigan tik joylashgan qalin qobiqli cho'ziq, o'lik hujayralardan tashkil topgan. Bu naylar orqali tuproqdan shimilgan suv va unda eri-gan mineral moddalar barg, gul va mevalarga ko'tariladi. Foto-sintez jarayonida bargda hosil bo'lgan organik moddalar esa tirik cho'ziq hujayralardan tashkil topgan elaksimon naylar orqali ildiz, ildizmeva, tugunak va o'simlikning boshqa organlariga o'tadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.
5 “A” sinf
|
____ ____ 2014 - yil
|
“Tekshirdim”
O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari
_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil
|
5 “B sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
5 “V sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
Do'stlaringiz bilan baham: |