Тату фф ходим ва талабаларининг ойлик ва стипендияларининг хисоблашни автоматлаштирилган тизимини яратиш



Download 2,36 Mb.
bet15/18
Sana29.05.2022
Hajmi2,36 Mb.
#618465
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Akbarxon 614-11

Ogoxlantiruvchi xabarlar.
Ko‘pincha kompoliyasiyani samaradlorligini oshirishda ahamiyat bergan holda va dasturni bajarishda ma’lum bir shartlarni ogoxlantirish xabarlarni keltirib chiqaruvchilar olib tashlanadi. Unga sabab ogoxlanturuvchi xabarlar dasturni boshqarishda xech qanday xalaqit berilmaydi va samaradorlik pasaytirishi sababli ularni xisobga olinmaydi. Har safar ko‘rgazmalarni bajarishda bunday xabarlarni chaqirish ularni ancha vaqt sarf bo‘ladi. Bu esa dasturni bajarishda va xotira sarfini oshiradi.
Ko‘ramalashga ogoxlantiruvchi xabarlarni qo‘llamagan holda dastur yaratishni oson usuli bu dasturni samaradorligini oshirgan holda bajarishdir. Ogohlantiruvchi xabarlar ko‘pincha to‘g‘irlashda va qayta qurishda beriladi.
Dasturlarni sozlash.
Xatolarni borligini aniqlab ularni to‘g‘rilash - sozlash deb ataladi. Dasturlarni u yoki bu xatolarda sozlash majburiydir. Aks holda, biz uni testdan o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi. Jarayonni sozlash dasturni ishlash usuliga bog‘liq, ya’ni foydalaniladigan mashinaga, jarayon sistemasiga, dasturlash tiliga, beriladigan vazifa tarkibiga va xattoki dasturni muayyan xususiyatiga xam bog`lik bo‘ladi. Yana shuni aniq aytish mumkinki, xar bir qurilma va mashinalar dastur kamchiliklari dasturlash xatolari bilan uzluksiz bog‘liq.
Masalan: Sintaksis xatolar bo‘lganda dasturlashni aniq tili orqali oldindan bilib yoki aniqlab olinadi.
Xozirgi vaqtda dasturlarni xajmi katta va murakkab bo‘lib bormoqda, lekin xatolar o‘shaligicha qolmoqda.
Sintaktik xato.
Traslyator yordamida sintaktik xatolarni aniqlash dasturni sozlashda eng kerakli va muxim o‘rinlarni egallaydi. Chunki, qancha ko‘p xato bo‘lsa shu bosqichda aniqlanib to‘g‘rilansa, keyinchalik sozlashda va testdan o‘tkazishda ish oson bo‘ladi. Yana bu xatolarni aniqlashning muximligi shartdir, agar ular aniqlanmasa. keyinchalik dasturni bajarishda katta qiyinchiliklarga olib keladi.
Kompilyator uchun bu xatolar dasturni sinash uchun ko‘rib o‘tishdan oldin bartaraf etilishi lozim. Berilgan operatorlardagi sintaksis xatolar sifatida quyidagilarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin:
- tinish belgilarini qo‘yishda kerakli belgilarni tashlab ketish;
- kelishilmagan holda qavslarni qo‘yish;
- kerakli qavslarni tashlab ketish;
- operatorni to‘g‘ri shakllantirish;
- o‘zgaruvchilar nomini noto‘g‘ri shakllash;
- arifmetik operatorlardan noto‘g‘ri foydalanish;
- olib qo‘yilgan yoki ajratib qo‘yilgan so‘zlarni noto‘g‘ri yozish.
Ikkita yoki undan ortiq operatorlarni egallab oluvchi sintaktik xatolarga quyidagilar kiradi:
- qarama-qarshi buyruq;
- sikl oxirini ko‘rsatuvchi shartlar yo‘qligi;
- belgilar yo‘qligi;
- massvlarni tavsifini yo‘qligi;
- taqiqlangan o‘tishlar.
Agar komplyator ikkita yoki undan ortiq buyruqlarni birma-bir tekshirib chikmasa unda yuqorida ko‘rsatilgan xatolar aniqlanmay qolib ketadi.
3.2-§ Bitiruv malakaviy ishidagi dasturning ishlatilishi.
Dasturni ishga tushirgandan so`ng quyidagi oyna hosil bo`ladi(3.2.1-rasm).

3.2.1-rasm. 1C dasturlash tilining ishga tushirish oynasi

Bu oynada tugmasi bosiladi. Bazani ishga tushirish uchun “Добавить” tugmasi bosib, baza joylashgan joyni ko`rsatib qo`yiladi. “OK” knopkasi bosilganidan so`ng baza dasturni o`ziga chaqirib oladi. Qayta “OK” knopkasi bosiladi keyin baza ishga tushadi.Dasturishga tushgan paytda parol so`raydi. Bu parolni dastur tuzayotganda qo`yiladi. Parolni terib “OK” tugmasi bosiladi(3.2.2-rasm).



3.2.2-rasm. Dastur ishchi oynasi

Yuqoridagi oynada ishchi stol ochiladi. Bu oynada hosil qilingan asosiy menyular va xodimlar bo`limini hisobga olish uchun kerak bo`ladigan tugmalar mavjuddir.


Kadrlar bo`limi menyusida kollej uchun kerak bo`ladigan bir necha bo`limlar joylashtirilgan bo`lib, bu bo`limga kirsak, ost bo`limlar ochiladi misol uchun ma’muriyat bo`limiga kirilsa, quyidagi rasmda ko`rsatilgan oyna hosil bo`ladi(3.2.3-rasm).

3.2.3-rasm. Ma’muriyat xodimlari ro`yxati oynasi
Bu yerda FIO, tug`ilgan yili, millati, ma’lumoti, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, partiyaviyligi, seriya raqami, passport raqami, jinsi, berilgan vaqti, amal qilish muddati, kim tomonidan berilganligi haqidagi ma`lumotlar so`raladi. FIO nomi ko`rsatilgan obyekt O`qituvchilar deb nomlangan spravochnikimizga bog`langan.
O`qituvchilar menyusida esa dasturda kerak bo`ladigan ma’lumotlar biriktirilgan bo`lib (3.2.3-rasm):

3.2.3-rasm. O`qituvchilar ro`yxati oynasi
Bu bo`limda ham dasturning asosiy ish jaroyini tashkillashtiriladi va nazorat qilinadi. Demak, o`qituvchilar menyusidagi o`qituvchilar qo`shish bo`limi bilan tanishib chiqadigan bo`lsak, bu bo`limda yangi o`qituvchilar ro`yxatga olinadi. Bu bo`limda ro`yxatga olingan o`qituvchilar haqida to`liq ma’lumot olish mumkin. Bu bo`limning ish jarayoni quyidagi rasmda ko`rsatilgan(3.2.4-rasm).

3.2.4-rasm. Yangi o`qituvchilarni ro`yxatga olish oynasi

Bu oynaga ma’lumotlar kiritib bo’lingandan keyin tugmasini bosib oynani yopamiz. Bu oynada ham pochta jo`natmalarini ro’yxatga olish imkoniyati bor buning uchun yuqoridagi tugmasi bosish orqali yangi pochta jo`natmasini qo`shish mumkin. Bu oynaning imkoniyatlaridan yana biri shundaki o`qituvchilar ro`yxatini pechatga berish mumkin. Bu jarayon quyidagi 3.2.5-rasmda ko`rsatilgan.



3.2.5-rasmda ko`rsatilgan tugma bosilsa 3.2.6-rasm pechatga yuklash oynasi ochiladi



3.2.6-rasm. Pechatga yuklash oynasi

Yuklash tugmasi bosilsa quyidagi oyna ochiladi (3.2.7-rasm):



3.2.7-rasm. Pechat oynasi
Hisobotlar menyusiga kirsak (3.2.8-rasm) quyidagi oyna ochiladi:

3.2.8-rasm. Ishchi stoldagi hisobotlar menyusini ko`rinishi

Bu menyuning yaqin qarindoshlar bo`limini ish jarayonini ko`rib chiqaylik. Bu bo`lim quyidagi oynada tasvirlangan (3.2.9-rasm):



3.2.9-rasm. hisobotlar menyusidagi yaqin qarindoshlar bo`limi oynasi

Bu oynada uchnuqtani bosib biror xodimni tanlaymiz va bosish tugmasini bosamiz, shundan so`ng quyidagi oyna ochiladi (3.2.10-rasm):



3.2.10-rasm. Yaqin qarindoshlar bo`limining hisobot oynasi
IV. Mehnat muhofazasi
4.1. Zamonaviy texnika joylashgan xonalarga talablar.
Xonani shifti oq ko`k fon bilan oqlanishi va devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar oftob nurlanishini bizga rang iqlimini yaratib beradi. Xonalarga qo`yilgan talablar ishchi muxit ishchining (operator) ish joyi tashqi muxit faktorlari yig`indisi bo`lib ular quyidagi ishlardan iborat: fizik, ximik, biologik, axborot, sotsial-psixologik va estetik faktorlar tashqi muxit xossalari bo`lib operatorga ta`sir etadi. Ishchi muxit turlicha bo`lishi mumkin: ish joyida xayot faoliyatini ta`minlovchi vositalar operatorning talab etilgan mehnat qobiliyati sharoitini xosil qiladi va uni noxush faktorlar ta`siridan ximoya qiladi.
Xodimlar samarali faoliyat ko`rsatish uchun sharoit yaratish va texnik vositalarni ishlash uchun xonalar yorug`, toza, tovush va tebranishdan izolyatsiyalangan xolatda loyixalanadi. Shkaf va devorlar tovush yutuvchi plitkalar bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir.
Xona xarorati optimal xaroratda 21-230 S da optimal namlik 40-60 %, chang kontsentratsiyasi 0,2 MgG`m3 dan va chang maksimal zarracha o`lchash 3 Mk dan oshmasligi lozim. Xonalarda bunday sharoitni ushlab turish maqsadida, xonalarni xavo almashtirib turish ko`zda tutiladi.
Operatorning ishchi joyini tashkil etish. Operatorning kamfort ishlashiga operatorning ish joyini tashkil etilganligi, axborotning kursatish manbai va mashinaning boshqarish organlari ta`sir ko`rsatadi. Ular shovqin chiqarmasligi va ish jarayonida diskomfort xisini o`yg`otmasligi, inson uchun maksimal qulay bo`lishi kerak.
EXM operatori komfort sharoit bilan ta`minlashning asosiy yo`li uni ishchi joyini tashkilash kiradi.Bunda xar narsaga e`tibor berishi kerak ko`zga ko`rinmagan kichkina narsa xam uzoq davomidagi jarayondan keyin diskomfort keltirib chiqarishi mumkin va kasaliklarga olib kelishi mumkin.
Operatorning uzoq vaqt davomida monitor ortida o`tirishi natijasida ko`rish aparatining zo`riqishi, ishdan qoniqmaslik, bosh og`rig`i, uyquning buzilishi charchoq va ko`z, bo`yin, bel, qo`larda og`riklar sezila boshlanadi.
EXM operatorining ish joyi deyilganda texnik manbalar va yordamchi qurilmalar bilan jihozlangan konkret ishlab chiqarish masalarni echishga mo`ljalangan “operator -odam” ish faoliyati bilan shug`ulanadigan xudud tushiniladi.
Ish joyni mehnat havfsizligi qoidalari va standartlar talablariga mos ravishda jihozlash kerak.
Ish joyi elemenlarini joylashtirishda kuydagilarga e`tibor berish kerak :
operator odamning ishchi pozasi; operatorga kerakli harakatlarni amalga oshiruvchi joy; operator va uskunani bog`lovchi jismoniy, ko`rish va eshitish aloqasi; ishchi joyidan tashqarini ko`rish imkoniyati; yozish xamda operator tomonidan ishlatiladigan xujjatlarni saqlash imkoniyati
Uskunaning tashqi va konstruktiv ko`rinishini jihozlash minimal charchash uchun sharoit yaratadi. Ish mebelining konstruktsiyasi GOST 12.2.032-78(9), GOST 2226976(10) talablariga mos tushuvchi ishchining bo`yiga qarab sozlanadigan va qulay ozada turadigan bo`lishi kerak. Operatorning ish joyini to`g`ri tashkil etilganida uning mehnat unumdorligi 8-20% oshadi.
Komyuter o`rnatiladigan xonaga komyuter soniga qarab turib quyidagi talablar qo`yiladi: axborotlashtirish, bu tinglovchilarni yoki ishlovchilarning kompyuterda nazariy va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 2 tadan 5 tagacha kompyuter o`rnatilishi mumkin. Shuning uchun kompyuter xonasini o`lchamlari quyidagicha bo`lishi kerak (3x6x2,8 m).
Monitordan insonning ko`zigacha bo`lgan optimal masofa. Monitor ko`zdan ozgina pastroqda va 50 sm dan kam bo`lmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko`z orasidagi masofa 80 sm gacha bo`lishi tavsiya qilinadi, bu masova kichik bo`lsa insonning ko`zi tez charchaydi. Monitorni dizayni va ranggi o`ziga e`tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida xar xil reklama yopishtirgichlar bo`lmasligi kerak. Monitorning ekrani zangori va ko`k ranglarga bo`yalishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Chunki bu ranglar inson ko`ziga eng yaxshi ranglardan xisoblanadi.
Qisman manitor oldidagi o`tirish xavfsizlikni va kamfort ish joyini ratsional tashkil etish lozim. Foydalanuvchi usul asosiy xavfsizlik vidiomanitor ekran displeydan chiqadi deb bo`lmaydi. Eng kuchli nurlanish odatda manitorni yon va orqa tomonidan xam tarqaladi. Shuning uchun foydalanuchi joyini barnecha kampyutr qarama-qarshi turgan joyda undan xam yomoni orqama-ketin joylashtirishdir. Videomanitor xillari orasidagi tavsiya etladigan oradagi masofa 2 m dan kam bo`lmasligi va yon tomondagi masofa 1,2 m dan kam bo`lmasligi lozim. Kampyuterlar joylashgan xona etarli darajada keng va doimiy ravishda xavosi almashib turishi kerak. Bitta displey uchun minimal standart norma 6m ni, minimal xajim esa 20 m tashkil etishi kerak.
Kompyuter bilan ishlaganda charchash sabablari. Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi: ekraning me`yoridan ortiq yorug`ligi; kontrast va fon o`rtasidagi aniqligi; kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; kompyuterda nurlanishning insonga ta`siri; kompyuter buzuqligi.
Kompyuterdan nurlanishning oldini olishi uchun ximoya filtrlaridan foydalaniladi.
4.2. Ish joyining yoritilganligi.
Ish joyini loyixalash vaqtida su`niy va tabiy yoritish masalasi hal qilinishi kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalarini xal qilish balki u ishlayotgan odamning psixologik xamda fizik xolatiga tasir ko`rsatadi. Ishlab chiqarish joylaridagi ratsional yoritganlikka ko`yilgan talablar :
yorug`lik manbai va yoritish tizimini to`g`ri tanlash.
ishlab chiqarish tepaliglarini kerakli darajadagi yorig`lik darajasi bilan ta`minlash.
kuzni oladigan yorig`likni cheklash
bo`liklarni yo`qotish, tekis yorig`likni tashkilash
yorig`lik oqimining vaqtda tebranishin yo`qotish yoki cheklash
Kerakli darajadagi yoritilmaganlik oqibatida va ko`rish xolatining zo`riqishida bajarilyotgan ish davomida ko`zning charchashi kuchayyadi umumiy ishlashi va ishlab chiqarish unumdorligi tushib ketadi va xattolar soni ko`payadi.
Ish joyidagi yoritganlik gigienik talablarga binioan mehnatning ko`rish sharoitlariga to`g`ri kelishi kerak. GOST 12.01.006-84 (11 ) ga binoan displey bilan ishlash vaqtida yoritilganlik 200lk xujjatlar bilan ishlash paytida 400lk bo`lishi kerak.
Tarqatilgan yoritishdan, shiftlarning, devorlarning, uskunalarning och ranglarga bo`yash qo`laniladi.
Operatorning ko`rish maydonida yorug`lik maydoni bo`lsa tug`ri yaltirash, ko`rish maydoni ichida qaytaradigan yorug`lik tekisliklari mavjud bo`lsa qaytaruvchi yaltirash deyiladi.
Tug`ri yaltirashni ko`rish maydonidan yarqilagan yorug`likni 60 sm kamaytirish yo`li bilan kamaytirish mumkin. qaytaruvchi yaltirashdan esa yorug`likni tarqatuvchi manbalar xamda polirovka qilingan tekisliklar o`rniga matoviy ishlatish yo`li bilan kamaytirish mumkin. Ekran monitoridagi bliklarni kamaytirish uchun tasvirni konrastligini kuchaytiruvchi va bliklarni kamaytirtiruvchi ekran filtirlaridan foydalanish kerak yoki antiblik qoplamasi mavjud monitorlardan foydalanish zarur.
Yorug`likni turini tanlash muxim masala xisoblanadi (tabiy yoki su`niy). Ta`biy yorug`likdan foydalanish ko`p kamchiliklarga ega :
yorug`lik tushishi faqat bir tomondan
yorug`likni vaqtda va xajmda bir xil bo`lmaganligi
ravshan quyosh nurlarining ko`zni olishi va boshqalar.
Su`niy yorug`likdan foydalanish yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etadi va optimal yorug`lik rejimini yaratishga yordam beradi. lekin oynalarsiz inshotlardan foydalanish insonlarda o`ziga ishonchsizlik va uyaluvchanlikni keltirib chiqaradi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish