T a’rif 7. A va B hodisalarning birlashmasi yoki yig‘indisi deb, ushbu hodisalarning hech bo‘lmaganda bittasining ro‘y berishidan iborat bo‘lgan hodisaga aytiladi va A B kabi belgilanadi.
T a’rif 8. A va B hodisalarning ko‘paytmasi yoki kesishmasi deb, ham A ga ham B ga tegishli bo‘lgan elementar hodisalardan iborat hodisaga aytiladi va A B kabi belgilanadi.
T a’rif 9. A hodisadan B hodisaning ayirmasi deb, A hodisaning B hodisaga tegishli bo‘lmagan elementar hodisalardan iborat hodisaga aytiladi va A\B kabi belgilanadi.
T a’rif 10. A va B hodisalarning simmetrik ayirmasi yoki halqali yig‘indisi deb, A hodisani B hodisaga, B hodisani A hodisaga tegishli bo‘lmagan elementar hodisalaridan iborat hodisaga aytiladi va A B yoki A B kabi belgilanadi.
T a’rif 11. Agar A hodisa ro‘y berganda ro‘y bermaydigan, A hodisa ro‘y bermaganda esa ro‘y beradigan hodisaga A ga qarama-qarshi hodisa yoki A ni to‘ldiruvchisi deyiladi va kabi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |