K IRISH
Mazkur “Informatika” fanidan barcha ta'lim yo'nalishlari uchun o'quv-uslubiy majmua 11 ta bo’limni o’z ichiga olgan bo'lib, 268 betni tashkil etadi.
Unda fanning ishchi o'quv dasturi, sillabus, fanni o'qitishda foydalaniladigan interfaol ta'lim metodlari, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari materiallari, keyslar banki, mustaqil ta'lim mavzulari, testlar, glossariy va adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga olgan.
Majmuada mazkur fanning maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati etarli darajada yoritilgan. Fanning ta'lim texnologiyasidan namunalar keltirilgan, glossariy va adabiyotlar ro'yxati berilgan.
O'quv-uslubiy majmuadagi fanning ishchi o'quv dasturlari namunaviy fan dasturiga mos keladi. Talabalarning mustaqil ishlari bo'yicha tuzilgan rejalar ham DTS bo'yicha talablariga moslashtirilgan, fanlar bo'yicha tuzilgan savolnomalarda barcha mavzular qamrab olingan.
Ushbu o'quv-uslubiy majmuada rejalashtirilgan barcha ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan hamda u oliy ta’lim tizimining talablariga to’liq javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |