Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


-bob. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash



Download 41,68 Kb.
bet12/26
Sana26.09.2021
Hajmi41,68 Kb.
#186282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
O‘RQ-502 18.10.2018

4-bob. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash

13-modda. Bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tash

Bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojxona organlaridagi xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishi ushbu fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Bojxona organlaridagi xizmatga, o‘n yetti yoshdan kichik va o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan, tegishli darajadagi ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik fazilatlariga, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra bojxona organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy asosda qabul qilinadi.

Erkaklar bojxona organlaridagi xizmatga muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan taqdirda qabul qilinadi.

Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek roziligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i asosida boshqa davlat organlari va tashkilotlardan xodimlar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olmagan holda bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin.

Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilgan yoki olib tashlangan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganidan qat’i nazar, ilgari hukm qilingan fuqarolar bojxona organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.

Bojxona organlaridagi lavozimlar quyidagicha to‘ldiriladi:

Oldingi tahrirga qarang.

ofitsyerlar tarkibi — Bojxona instituti bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;



(13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)

serjantlar tarkibi — o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi ofitsyerlarini bojxona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bojxona organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyaning qo‘shinlari va organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan tuziladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki bojxona organlarida xizmatni davom ettirish uchun tayinlanganligi munosabati bilan qaytarib o‘tkazilishi mumkin.

Chaqiriluvchi bo‘lgan, bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy hisobdan chiqariladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus hisobida turadi. Xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida harbiy hisobga qo‘yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom”.


Download 41,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish