Tok o‘lchash. Potensiometr bilan tokni quyidagi sxema yordamida o‘lchanadi.
5.2 – rasm 5.3 – rasm
Noma’lum tok Ix o‘tayotgan zanjirga ma’lum namunaviy R0 qarshilik ulanadi va potensiometr bilan bu qarshilikdagi kuchlanish pasayishi o‘lchanadi. Tokning qiymati esa quyidagi ifodadan hioblash yo‘li bilan topiladi.
Ix =U0/R0 ,bu erda U0 –potensiometr shkalasidan olingan qiymat, voltda; R0 –namunaviy qarshilik qiymati.
Qarshilikni o‘lchash- Noma’lum qarshilik Rx ni namunaviy qarshilik Ro bilan ketma-ket ulanadi va ulardan I toki o‘tkaziladi.(10.3)
Potensiometr yordamida Ro va Rx qarshiliklardagi kuchlanish pasayishi Uo va Ux lar o‘lchanadi.
Uo=IRo va Ux=IRx bular orqali Rx ni hisoblash uchun quyidagi ifodadan foydalanamiz:
To‘g‘ri – burchak koordinat tizimli o‘zgaruvchan tok potensiometri
O‘zgaruvchan tok potensiometrining ish prinsipi ham xuddi o‘zgarmas tok potensiometrlaridek Ux (yoki EYUK. Ex) ni kompensasion (aniq) kuchlanish Uk bilan o‘zaro kompensiyalanishiga asoslanib, kompensasiya momenti nol-indekator yordamida aniqlanadi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatiladigan potensiometrlar ikki turli bo‘ladi:
a) qutb koordinatli;
b) to‘g‘ri burchak koordinat tizimli
10.4 a rasmda to‘g‘ri –burchak koordinat tizimli o‘zgaruchan tok potensiometrining elektr sxemasi keltirilgan.
5.4 –rasm.
Noma’lum kuchlanish (Ux) ni kompensasion kuchlanish bilan to‘la muvozanatlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Ux va Uk kuchlanishlarning modullari o‘zaro teng bo‘lishi;
Ux va Uk kuchlanishlari fazalari bo‘yicha bir-biriga teskari bo‘lishi (ya’ni 180o);
Ux va Uk kuchlanishlarning chastotalari o‘zaro teng bo‘lishi;
Ux va Uk kuchlanishlarning shakli (vaqt bo‘yicha o‘zgarishi) bir xil bo‘lishi kerak.
O‘zgaruvchan tok potensiometrida ish toki (A zanjirida) oddiy ampermetrda o‘rnatiladi, ikkinchi B zanjirda hosil bo‘lgan I2 toki unga nisbatan 900 farq qiladi va bu tokni quyidagicha yozishimiz mumkin :
,
bu yerda R2 - B zanjirining aktiv qarshiligi (Z2≈R2)
B zanjirning reaktiv qarshiligi aktiv qarshiligiga nisbatan juda kichik (r2 >> ωL2), shu sababli I2 toki EYUK E2 bilan bir fazada bo‘lib, I1 tokiga nisbatan 900 ga burilgan. Uab va Ubg kuchlanishlar ham bir – biriga nisbatan 900 ga surilgandir.
YUqoridagi ifodaga binoan I2 tokining qiymati chastotaga bog‘liq. CHastotaning o‘zgarishi natijasida “bg” qarshiligining darajalanishi buzilishi mumkin. I2=const bo‘lishi uchun B zanjirga Rf qarshiliga ulangan.
Ux kuchlanishini o‘lchash uchun D1 va D2 dastaklarini surib, vibrasion galvanometrga qarab kompensasiya momenti aniqlanadi va Uk kuchlanishlarning tashkil etuvchilari Ukx va Uky lar D1 va D2 dastaklarining xolatlari bo‘yicha kuzatilib , yozib olinadi. Noma’lum kuchlanish Uk ning qiymati va fazasi quyidagi ifodalardan hisoblab topiladi:
Ukx va Uky lar potansiometrning x va y o‘qi shkalasidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |