“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor prof. A. Soleev


-MAVZU. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI



Download 1,06 Mb.
bet63/102
Sana29.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#77018
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
Statistika lotin 2019

19-MAVZU. MOLIYA-KREDIT TIZIMI STATISTIKASI

1. Moliya bozori tushunchasi va statistikanig vazifalari

Pulni paydo bo’lishi bilan moliya bozori paydo bo’lgan deb atashadi. Bugungi kungacha moliya bozori nima degan savolga javoblar turli tuman. Masalan, “Ekonomika” darsligida moliya bozori –bu kapitalga bo’lgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida kapitalni kreditor va zayomchilar o’rtasida qayta taqsimlanishi.9

Moliya –investitsiya lug’atida moliya bozoriga quyidagicha ta’rif berilgan “Moliya bozori-bu bozor, qaerda pul almashuvi, kapital ishga solinadi va kredit berish amalga oshiriladi”

B.A. Rayzberg taxriri ostida chop etilgan “Kurs ekonomiki” darsligida moliya bozoriga juda orginal tarif keltiriladi. Moliya bozori-moliyaviy resurslarni (ya’ni, pul, valyuta, aktsiya, obligatsiya va x.k.) talab va taklifini ifodalaydi. Bunday tipdagi bozorlarda bir pul va pul mablag’lari ikkinchisiga sotiladi.

05.12.2011 yilda qabul qilingan “Raqobat” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida moliya bozori deganda banklar va kredit tashkilotlari, sug’urta va boshqa moliyaviy tashkilotlar hamda qimmatli qog’ozlar bozorini professional qatnashchilari ko’rsatadigan moliyaviy xizmat muomalasi sohasi tushuniladi.

Sh.Shaxa’zamiyning fikricha moliya bozori moliyaviy instrumentlar bo’yicha talab va taklif funktsiyalarini amalga oshirilishini ta’minlabberuvchi tizimdir.

Mohiyati bo’yicha ushbu instrumentlar moliyaviy resurslarni tashkil etadi. Ularni moliya bozorida aylanishi bozor iqtisodiy sub’ektlar manfaatiga bo’ysinadi.

Kim haq kim noxaqligini tahlil (bu ish darslik darajasida amalga oshirilmaydi) qilmasdan, biz moliya bozori deganda pul va kapital bo’yicha barcha bitim va operatsiyalar amalga oshiriladigan bozorni tushunamiz.

Moliya bozorining asosiy maqsadi-iqtisodiyotda pul va kaptalni erkin va samarali siljishini (taqsimlash va qayta taqsimlash) taminlashdir.

Moliya bozori oldiga qo’yilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni hal etadi:

- vaqtincha bo’sh turgan moliyaviy resurslarni oborotga jalb etish;

- iqtisodiyotni istiqbolli tarmoqlariga moliya-investitsion resurslarni samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;

- davlat qarziga xizmat ko’rsatish;

- ishlab chiqarish vositalarga egalik qilish huquqini qayta taqsimlash;

- o’zaro balanslashtirilgan kredit pul va byudjet-soliq siyosatini davlat tomonidan bajarilishida xizmat qilish;

- moliyaviy globallashuvga erishish;

- moliyaviy resurslarni qaytarilishini ta’minlash;

- emitentlarni moliyaviy oqimlarini optimizatsiyalash va ularni iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;

- bozor qatnashchilarini mavqeini oshirish, biznesni rivojlantirish va yangi ish o’rinlarini yaratish va boshqalar.

Statistikaning vazifalari:

- moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalar haqida ishonchli ma’lumotlar to’plash;

- to’plangan ma’lumotlarni jamlash, guruhlash, jadval va grafiklarda ifodalash;

- moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalarni statistikaning barcha metodlaridan foydalangan holda tahlil qilish;

- moliya bozoridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va statistik baholash;

- eng asosiy vazifa-moliya bozoridagi bitim va operatsiyalarini (barcha qatnashchilar uchun) manfaatligini statisik baholash hamda bozordagi foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlash va oborotga kiritish;

- Respublika moliya bozorini jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvida uslubiy yordam ko’rsatish.

2. Moliya statistikasi ko’rsatkichlari

O’zbekiston Respublikasi hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF) va boshqa xalqaro tashkilotlar moliyaviy ko’rsatkichlari standartlarini hisobga olgan holda, moliya statistikasi ko’rsatkichlari quyidagi guruhlarga bo’linadi.

1. Moliya statistikasining yig’ma ko’rsatkichlari:

- yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlari;

- to’lov moliyaviy balans ko’rsatkichlari;

- milliy hisoblan tizimining moliyaviy ko’rsatkichlari;

- O’zbekiston va boshqa mamlakatlarning taqqoslama ko’rsatkichlari;

- xalqaro moliya statistikasi ko’rsatkichlari.

2. Davlat moliyasi ko’rsatkichlari:

- davlat byudjeti daromadlari va sarflari ko’rsatkichlari;

- davlat byudjeti taqchilligi (defitsiti) ko’rsatkichlari;

- davlat qarzi ko’rsatkichlari;

- davlat solig’i, boji, tariflari va baho ko’rsatkichlari;

- pensiya jamg’armasi, tibbiy sug’urta jamg’armasi, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, aholini ish bilan bandlik jamg’armasi, yo’l jamg’armasi, respublika kasaba uyushmalari kengashi jamg’armasi va boshqa byudjet jamg’armalarining tushumi va mablag’larining ishlatilishi ko’rsatkichlari.

3. Pul muomalasi ko’rsatkichlari:

- pul oqimlari ko’rsatkichlari;

- pul massasi (agregatlari) ko’rsatkichlari;

- pul emissiyasi ko’rsatkichlari;

- pul massasini hududlararo migratsiyasi ko’rsatkichlari;

- pul aylanishi (oboroti) ko’rsatkichlari.

4. Kredit operatsiyasi ko’rsatkichlari:

- kredit resurslari va qo’yilmalari ko’rsatkichlari;

- bank krediti ko’rsatkichlari;

- jismoniy shaxs krediti ko’rsatkichlari;

- kim oshdi savdosi bo’yicha joylashtirilgan kredit resurslari ko’rsatkichlari;

- O’zbekiston MB qayta joylashtirish stavkasi va boshqa stavkalar;

- kredit resurslari va qo’yilmalaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari.

5. Investitsiya operatsiyalari va bitimlari ko’rsatkichlari:

- investitsiyaning kapital hosil qiluvchi ko’rsatkichlari;

- qurilishga qo’yilgan, shu jumladan, uy-joy va ijtimoiy-madaniy qurilishga qo’yilgan qo’yilmalarni ko’rsatkichlari;

- chet el investitsiyasi ko’rsatkichlari;

- moliyaviy investitsiya ko’rsatkichlari;

- investitsiya riski va samaradorligi ko’rsatkichlari.

6. Moliyaviy bozorlar faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

- fond bozoridagi moliyaviy operatsiyalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

- qisqa muddatli davlat obligatsiyasini birinchi bozori ko’rsatkichlari;

- davlat qimmatli qog’ozlarini kim oshdi daromadliligi, foiz stavkalari va boshqa ko’rsatkichlari;

- aholining qimmatli qog’ozlarni sotib olish ko’rsatkichlari;

- tijorat banklarining faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

- aholining turli banklarga qo’ygan qo’yilmalari harakatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

- sug’urta kompaniyalari faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

- valyuta savdosi, kursi va bozorini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

7. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar:

- korxona va tashkilotlarning xarajatlari ko’rsatkichlari;

- korxona va tashkilotlarning moliyaviy natijalarini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

- korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatini va barqarorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar;

- korxona va tashkilotlarning moliyaviy hisoblari va o’zaro hisobkitoblarini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Endi bu sanab o’tilgan statistik ko’rsatkichlarni aniqlanish texnologiyasi va statistik tahlili bilan qisqa tanishib chiqamiz.

3. Oliy moliyaviy hisoblash ko’rsatkichlari

Ma’lumki, inflyatsiyaga uchramagan sharoitda ham yanvar oyida olingan 1000 so’m bilan, fevral oyida olingan 1000 so’m o’zaro teng emas. Pulning boshlang’ich summasini o’zgarishini aniqlash uchun ssudadan qo’yilmadan olingan daromadni hisoblash zarur. Pulning boshlang’ich summasini foizlar qo’shilishi bilan ortishi (ko’payishi) yoki boshlang’ich pul summasining o’sish jarayoni oshgan qiymat deb yuritiladi. Pulning oshgan qiymati, odatda, sodda va murakkab foizlarda hisoblanadi. Bularning o’zi oddiy va hisob stavkalariga (tijorat yoki bank ucheti ham deyiladi) bo’linadi. Har qanday stavka ham 1 yilga belgilanadi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish