10-Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida
Mashg’ulot rejasi:
1. Tarbiya metodlari mohiyati va uning tasnifi
2. Shaxs ongini shakllantirsh metodlari
3. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari
4. Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari
5. Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlari Jamoa tushunchasi
6.Bolalar jamoasininmg shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari
Pinbord (inglizchadan: pin-mustahkamlash; board-doska) - Bu o’qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afzallik funktsiyalari – rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: talabalarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi.
Topshiriq: Talabalar juflikda “Jamoa tarbiya ob’ekti va sub’ekti sifatida” mavzusi bo’yicha belgilangan savollarga yozma shaklda bajarib doskaga yopishtirishadi va mavzuning umumiy ko’rinishini hosil qilishadi.
Savollar:
Jamoa nima?
Jamoa (lotincha “kollektivus” – yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil etilgan guruh.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash nima?
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega tamoyillardan biri.
O’quvchilar jamoasi o’zida qanday belgilarni namoyon etadi?
O’quvchilar jamoasi o’zida quyidagi belgilarni namoyon etadi:
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
1. «Bizga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda ota-onalarimiz va o‘qituvchilarimiz qanday yo‘llardan foydalanishgan?» mavzusida erkin yozish topshirig‘i.
Topshiriq: «Bizga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda ota-onalarimiz va o‘qituvchilarimiz qanday yo‘llardan foydalanishgan?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1.Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tugaganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan tala-balardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |