Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


§. Soliq sohasini boshqarish



Download 173 Kb.
bet13/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

9§. Soliq sohasini boshqarish

O`zbekiston Respublikasida soliq sohasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O`zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to`g`risida”gi qonuni va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan huquqiy tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsyasining 123-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqlidir.
Soliq sohasini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlaridan biri - bu O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan hamda 1998 yil 1 yanvarda kuchga kiritilgan Soliq kodeksidir. O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi - soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to`lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi.

Xar bir shaxs qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar va yigimlarni to`lashi shart. Soliq solish - yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat'i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar va yigimlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablaglarining O`zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo`lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo`yishi yoxud soliq to`lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo`yishi yoki unga gov bo`lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat'i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo`lishi kerak.

O`zbekiston Respublikasi hududida: umumdavlat soliqlari; mahalliy soliqlar va yigimlar amal qiladi.



Umumdavlat soliqlariga:

  • yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi;

  • qo`shilgan qiymat soligi;

  • aksiz soligi;

  • yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo`yicha tegishli budjetlar o`rtasida taqsimlanadi.

Mahalliy soliqlar va yig`imlarga quyidagilar kiradi:

  • mol-mulk solig`i;

  • yer solig`i;

  • obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig`i;

  • jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  • savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig`im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig`imlari;

  • yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro`yxatga olganlik uchun yig`im.

O`zbekiston Respublikasida soliq sohasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to`g`risida”gi qonuni12ga binoan davlat soliq xizmati organlari - soliqlar, yigimlar va boshqa to`lovlarning to`liq va o`z vaqtida budjetga tushishini ta'minlash maqsadlarida tuziladi.

Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalaridan biri - bu soliq nazoratini amalga oshirishdir. Soliq nazorati - davlat nazoratining bir ko`rinishi bo`lib, soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortilishi lozim bo`lgan subyektlar va obyektlarni hisobga olish, soliqlarga doir tekshiruvlar o`tkazish, soliq to`lovchilar, boshqa shaxslarni so`rab-surishtirish vositasida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpogiston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari - O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining tizimini tashkil etadi.

Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari bo`lib:



  • soliqlar to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar shuningdek O`zbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga majburiy to`lovlar to`g`ri hisoblab chiqarilishi, to`liq va o`z vaqtida to`lanishini nazorat qilish;

  • soliq to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, soliq to`lovchilarga soliqlar bo`yicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam ko`rsatish;

  • soliq siyosatining ro`yobga chiqarilishida bevosita qatnashish;

  • soliqqa tortiladigan obyektlar va subyektlarning to`liq hamda o`z vaqtida hisobga olinishini ta'minlash;

  • soliqlar bo`yicha huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish.

O`zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlari tizimiga O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi rahbarlik qiladi. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining faoliyati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi soliq haqidagi qonun xujjatlariga rioya qilinishini ta'minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat soliq xizmatining Markaziy organi hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun xujjatlariga hamda Nizomga amal qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan uning o`z vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ tusdagi qarorlari davlat boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.




Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish