Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hududiy asosi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
tuzish, birlashtirish, tugatish hamda ularning chegaralarining o‘rnatish va o‘zgartirish tartibqoidalarini belgilab beruvchi
huquqiy normalarning mushtarak tizimidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari bilan
kafolatlanadigan ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy
185
qadriyatlardan, mahalliy urfodatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal
qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.