Umuminsoniy qadriyatlar
– butun insoniyatning tajribasini ifodalovchi va ma’lum farqlanishlar bo‘lishidan qat’i nazar, barcha
odamlar uchun mushtarak bo‘lgan dunyoqarashning ideallari yoki axloqiy normalar.
O‘ng
siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiysiyosiy tuzilishini saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ
siyosiy oqim.
Universal
– (lot. universalis –umumiy); har tomonlama, keng qamrovli, ko‘plab maqsadlar uchun yaroqli, turli
vazifalarni va funsiyalarni bajara oladigan.
Uchinchi sektor
dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya maqsadlarida tashabbus ko‘rsatayotgan va keng faoliyat
yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo‘llaniladi (birinchi sektor davlat, ikkinchi sektor tijorat sektori yoki
shaxsiy sektor deyiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |