Tarbiyaviy tadbirlarda xalq rivoyatlaridan foydalanish


O’quvchilarini    ma’naviy  –axloqiy  tarbiyalashda  xalq  rivoyatlarining



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana21.08.2021
Hajmi0,62 Mb.
#152849
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tarbiyaviy tadbirlarda xalq rivoyatlaridan foydalanish

2.O’quvchilarini    ma’naviy  –axloqiy  tarbiyalashda  xalq  rivoyatlarining 

tarbiyaviy ahamiyati. 

Ma’lumki,  musulmon    olamida  yaxshi  odamlar  xayoti  davomida  ko’proq 

savob  ishlar  qilsam  ,  degan  uy  orzular  bilan  yashagan.  Bu  orzularini  birovga 

yaxshilik qilish , ariq qazish, suv chiqarish, yo’l qurish, nixol  ekish yo’llari bilan 

amalga  oshirgan.  Bu  ishlarning  savobi  katta  ekanligi  odamlarning  qon-qoniga 

singib ketgan, odat bo’lgan.    

O’tmishda  otalar  bola  yoshlikdan  mehnatga  o’rgatilmasa  katta  bo’lganida 

uning  mustaqil  hayot  kechira  olmasligini,  dangasa  va  ishyoqmas  bo’lib  qolishini 

yaxshi bilganlar. Ular bolalarini yoshlikdan turli ishlarga jalb qilishda mehnatning 

faqat  moddiy  jihatini  emas,  balki  tarbiyaviy  ahamiyatini  xam  xisobga  olganlar. 

Ota-onalar  jinsiy  xususiyatiga  qarab  bolalarga  topshiriq  berishni  mehnat 

tarbiyasida  asosiy  qoida  deb  bilganlar:  qizlar  uy  ishlarini  boshqarishga-kiyim 

bichish  va  tikish,  ovqat  pishirish,  uyni  ozoda  tutish,  uy  hayvonlariga  qarash  va 

sog’ish, kir yuvish, mexmon kelganda dasturxon yozish kabi ishlarga o’rgatilgan; 

O’g’il bolalar ro’zg’ordagi og’ir ishlarni bajarishgan –o’tin yorish,mollarga yem- 

xashak  solish  bilan  shug’ullanganlar,  qo’y  xaydashda  yer  chopishda  otalariga 

ko’maklashganlar.      

Ishga  o’rganish  va  o’rgatishda  diqqat  qilinadigan  yana  bir  narsa-  xar  ishni 

o’z  vaqtida  bajarishdir.  Ishga  odatlanish  qancha  muxim  bo’lsa,  ishni  o’z  vaqtida 

bajarishdir.  Har  ishni  o’z  vaqtida  ishlamay  kechiktirish  ,  ko’p  ishlarning  yig’ilib 

yuzaki  sifatsiz  ishlanishiga  yoki  butunlay  qolib  ketishiga  sabab  bo’ladi.  Shuning 

uchun har bir ishni o’z vaqtida g’ayrat va matonat bilan bajarish lozimdir.   

      

   Mehnat tarbiyasida bolalarda mustaqillik qobiliyatini rivojlantirishga kattalarning 



raxbarlik  qiluvchi  zaruriy  qoida  deb  hisoblaydi  .  Bunda  raxbarlik  qiluvchi 

kishilarning uzlari mehnat qoidalariga amal qiladilar va tarbiya usullarini egallab, 

bolalarga vazifalarini to’g’ri taqsimlab uning bajarilishini nazorat qiladilar   

Xalq  pedagogikasida  bolalarni  uz-uziga  xizmat    qilishga  urgatilgan.  Katta 

yoshdagi o’g’il va qizlar ota-onalari bo’lmagan paytda uyda bajarish lozim bo’lgan 

barcha ishlarni mustaqil ado etganlar.     




 

16 


O’tmishda mehnat tarbiyasida turli usul va vositalarni qo’llash orqali bolalar 

mehnatga  ruxan  va  amaliy  jixatdan  tayyorlangan.  Bolalarni  amaliy  mashg’ulotga 

tayyorlashda  ishontirish,  qiziqtirish  va  bola  faoliyatini  baxolash  usullari 

qo’llangan.  Xalq  bu  ishlarni  amalga  oshirishda  vosita  sifatida  uyin  va 

marosimlardan  og’zaki  ijodning  mehnat  mavzuidagi  asarlaridan  moxirona 

foydalangan  badiy    so’z  vositasi  sifatida  bolalar  ruxiyatiga  ta’sir  ko’rsatgan. 

Ularning  bu  tadbirlari  bolalarning  axloqiy  va  ruxiy  jixatdan  mehnatga 

tayyorlanishida muhim axamiyatga ega bo’ldi.       

Bolalarda  mexnat  qilish  zarurligiga  ishonch  xosil  qilishda  ularni  mexnatga 

ruxan tayyorlashda bobolar maqol , topishmoq va ertaklar bilan bir qatorda, da’vat 

qilish,  undash,  nasixat  qilish,  maslaxat  berish,  amalda  kursatish  usullarini  xam 

qullaganlar.  Ota-bobolar  bu  usullar  Bilan  bolalarda  inson  xayotida  mexnatning 

urni, axamiyati xaqida tushuncha xosil qilganlar.        

O’tmshda  yaxshi  va  namunali  ishlari  uchun  bolalarni  rag’batlantirish  usuli 

xam  mexnat  tarbiyasida  yaxshi  natija  bergan.  Bu  usul,  namunali  ishlar  qilgan 

bollarga  nisbatan  qullangan:  “barakalla  “Juda  zo’r  raxmat”    “Umrigdan  baraka 

top”  so’zlari bilan bolaning ko’ngli ko’tarilgan, kulib-erkalab boshi silangan.    

Mexnat tarbiyasida ota-bobolar qullagan ibratli usullar ularning boy tajribasi 

xozirgi davrda xam maktablarda qo’llanib, ijodiy rivojlantirmoqda. Chunki mehnat 

– insoniyat xayotining, uning o’sib, kamol topishi va nafosatli bo’lishi, moddiy va 

ma’naviy boyligining asosiy manbaidir. Inson mehnatining asosiy xususiyatlaridan 

biri, uning fikr yuritish, ijod  qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum – narsa 

yaratar  ekan,  u  avvalam  bor  o’zining  moddiy  va  ma’naviy  extiyojni  qondirishni 

o’ylaydi, shu bilan birga yaratgan narsasining tashqi ko’rinishi va go’zalligi bilan 

boshqalar diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadigan bo’lishi haqida fikr yuritadi.     

Mexnat  jarayonida  bolalarning  nafosat  xaqidagi  tushunchalarini  did  va 

qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni  xisoblanadi.  

Go’zal  didli  inson  yaxshi  fazilatlar  egasi  –  insonparvar  ,  mehnatsevar 

davrning  ilg’or  g’oyalarini chuqur  o’zlashtiruvchi , shu g’oyalani  o’zlashtiruvchi 

shu g’oyalarni rivojiga o’z xissasini qo’shishga intiluvchi bo’lib yetishadi.Mehnat 




 

17 


faqat  insonning  kamol  topishi  uchungina  emas  ,  balki  xatto  ergashgan  insoniylik 

xislatlarini  mazkur  darajada  saqlab  turishi  uchun  xam  zaruriy  shartdir.  Inson 

mexnat  qilmay  turib  ilgari  bora  olmaydi,    mexnat  qilmasa  erishgan  darajasini 

saqlab qola olmaydi u  orqaga ketishga  majbur bo’ladi  .  Insonning  qalbi va tanasi  

mehnat  qilishni  talab  qiladi.  Agar  inson  Biron  –bir  sababga  ko’ra  turmushda 

shaxsan  mehnat  qilmasa  u  xolda  inson  chinakam  turmush  yo’lini  yoqotadi  va 

turmushdan  cheksiz  norozi  buladi  xamma  narsadan  kungli  sovib  xech  narsani 

yoqtirmaydi,  xamisha  zerikib  xunob  bulib  yuradi  ikkinchidan  unday  odam  uz 

xoxishi bilan o’zi ham sezmagan xolda o’zini-o’zi nobud  qilib boradi va tez orada 

yosh bolalarga xos injiq va qaysar bo’lib  qoladi. Bu xar ikkala yo’l  xam insonni 

tiriklayin murdaga aylantiradi nimaga desangiz, shaxsiy mexnat  erkin mehnat- ana 

shuning o’zi xayotdir .    

Mehnatning go’zallik xususiyati – inson xissiyotiga, xissiyoti orqali ongi va 

xulqiga  ta’sir  etishdir.  Mehnatning  go’zallik  xususiyati  esa  mehnat  jarayoni 

go’zalligi,  mehnat  sharoiti  go’zalligi,    mehnat  natijalari  va  ishlab  chiqarish  bilan 

band  bo’lgan  inson  go’zalligi  tashkil  etadi.  Ta’limda  ana  shu  masalalarga,  ya’ni 

mexnat  jarayonining,  sharoitning  va  mexnat  natijalarining  guzallik  jixatdan 

maqsadga maqsadga muvofiq bulishiga e’tibor beriladi. SHundagina tarbiya bolani 

turmush mexnatiga tayyorlaydi, unda mexnatni odat qilib olish va mexnatni sevish 

kabi  xislatlani  ustiradi,  unga  turmushda  uziga  munosib  o’zi  istagan  mexnatni 

aniqlab olish imkonini beradi.  

Aqliy  mexnat  tafakkur  mushoxada  dunyoni  bilish    bilimlarni  egallash  ular 

asosida  uz  dunyoqarashi  va  e’tiqodini  shakllantirib  borishdir.  Bu  –  mexnatning 

xaqiqattan  xam  mexnatga  aylanishi  uchun  u  aniq  maqsadga    guzalligini  yoritish 

orqali bolalarda  mexnatni  sevish xissini   tarbiyalash  va rivojlantirishga  qaratilgan 

bulishi kerak.     

Yoshlarga  mexnat  nafosati  –  guzalligini  kursatish  ,mexnatda  insonning 

usishi  ,  aqliy  axloqiy  va  jismoniy  tomondan  kamol  topishini  insondagi  guzallikni 

oshirishda utmish mumtoz adabiyot va XX asr adabiyoti asarlaridagi inson mexnati 

badiiy  chuzilgan  obrazlarni    masalan  Alisher  Navoiyning  “Farxod  va  SHirin” 




 

18 


dostonidagi Farxod  Oybekning Qutlug’ qon  romanidagi Yulchi  misol qilib olish 

mumkin .   

   Mexnat  tarbiyasida  ishning  ma’lum  bir  tartibda  bulishiga  xam  axamiyat 

beriladi.bola  ishni  bir  tartibda  bajarishi  Bilan  uz  xarakatini  boshqalar    xarakati 

bilan  moslashtiradi    natijada  jamoa  bajarayotgan  ishda  xam  uyg’unlik  yuzaga 

keladi.  Mexnat  qilayotgan  bola  xarakatidagi  tartib  jismoniy  kuchi  Bilan  mos 

bulishi unda guzallikka qiziqishini oshiradi , unga guzallik baxsh etadi .      

  Mexnatning  ma’lum  bir  tatibda  bulishi  bolada  axloqiy  xis  tuyg’uni  xam 

ustiradi  ,  uning  jismoniy  baquvvat  bulishini  ta’minlaydi  .  bu    masalaga  utmishda 

jamoa  axli  xam,  otalar  xam  axamiyat  berib  mexnatning  moxiyati,  guzalligi  Bilan 

birga , mexnatda faqat tartib  emas  balki xarakat turlicha bulishi  mexnat qilishda 

sur’at    ifodalilik  xam  bulishi  zarurligini  bolalarga  tushuntiradilar  .Ular  mexnat 

qilish jarayonida paydo buladigan  guzal xissiyotning inson xayotida eng ma’naviy 

extiyoj ekanligini  bolalarning anglab olishlariga  aloxida axamiyat berganlar .   

     Xar  bir  millat,  jumladan,  o’zbek  xalqi  xam  xayotga  qaysi  soxada 

bulmasin  ,  uz  ezgu   niyatlari, orzulariga ijodiy  mexnat  tufayli erishgan.  Toshkent 

shaxridagi  Alisher  Navoiy  nomidagi  Opera  va  balet  teatri  binosi  xam  uzbek 

xalqining ijodiy mexnati bilan barpo etilgan  muxtasham yodgorlik , me’morchilik 

xunari- san’tining guzal namunasidir.   

Maktabda mexnat tarbiyasining  samarali bulishi kup jixatdan uqituvchining 

mexnatda  namuna  bulishiga    bog’liqdir  .Yuksak  did  Bilan  u  ishlagan  xar  bir 

buyum  va  asbob  uquvchilarda  shunday  narsalarni  ishlashga  qiziqish  uyg’otadi  

mexnat  faoliyatini  oshiradi  ular  ishlagan  narsa  va  buyumlarning  chiroyli,  jozibali  

bulishi uchun xarakat qiladilar .  

      Uquvchilarning  mustaqillikni    fikrlashni    ijodkorlikni    talab  etuvchi  

mexnatni  sezadilar.  Bu  xususiyat  ularga  ,umuman  yoshlarga  xosdir.  Uz 

kuchlarining  kurgazmali  ,  mustaqil  tarzda  namoyon    bulayotganini  xis  etgan  , 

kurgan  taqdirdagina  uquvchilar    qiziqish    bilan  mexnat  qiladilar  .  Uqituvchi  

uquvchi  mexnatni  shu  zaylda    tashkil  etish  orqali  ularda  ijodiy    qobiliyatini 

rivojlantiradi  ularni turmushga tayyorlaydi     




 

19 


Mexnat ijod namunasi  darajasiga kutarilishi Bilan jozibadorlik  kasb etadi , 

kishilarni uziga maftun etadi. Uquvchilarda ana shunday xususiyatga yega bulgan 

ijodkorlikni  shakllantirish  va  rivojlantirishda  uqituvchining  namunali  ishlari 

xamisha  birinchi  urinda  turadi.  U  ana  shu  namunali  ishlariga  kura  ,  uquvchilar 

ma’naviy  dunyosining  me’mori    ularni  nafosat  olamiga  olib  kiruvchi    murabbiy 

xisoblanadi .    

      Uzbek  xalqi  asrlar  davomida  inson  axloqiy  guzal  bulishini  orzu  qilgan 

tabiat  guzalligini qadrlagan  tabiat  mexnatni – guzallik manbai deb bilgan .uning 

guzallik  xaqidagi    qarashlari  u  yaratgan  Ona  yerning  tuprog’i  –  ona  sutidan  aziz   

Ona yurting oltin beshiging   Qishning baxri kuzga baraka  Yerga mexr elga mexr   

Yigit  xusni  –  mexnatda    Daraxt  yaprog’i  bilan  kurkam    odam  mexnati  bilan  

Guzallik ilmu ma’rifatda  kabi  maqollarda  uzifodasini topgan  shuningdek  qushiq  

ertak doston va musiqalarda aks etgan . SHu zaylda  u guzallik ijodkori bulgan .     

        Xalqning    oilaviy  xayot,  inson  guzalligi  xaqidagi    ideallarii  guzallikni  

anglatuvchi tushunchalar – guzal, latif, zilol, gulyuz, gulchaman , barno ,zebo ,okil 

, zuxro, lochin ,suzlarda xam ifodalagan .    

        Xalq  ayollar  xusnini  pardozda  emas  aqlida  kurib  ularning  guzalligini 

ulug’lagan  BU  xaqdagi  tafakkuri    u  yaratgan  obrazlar    tasvirida  qullangan  

asalbonu, gulmexri ,gulbegim , butakuz , iffatoy , nazokatoy , ra’no sarvinoz kabi 

so’zlardan namoyondir      

       Xalqning  erlar  guzalligi  xususidagi    ideallarini  ularning  obrazini 

chizishda  foydalangan  jamol,  jasur,  moxir,  sarvar,  temir,  ulug’,  chulpon,  sharaf  , 

ulmas, ug’lon , eldor shuxrat kabi suzlarda kurish mumkin . 

       Xalq guzalligining aksi bulgan  inson va umuman  jamiyat uchun dog’ 

zararli  illatlarni    yomon    yaramas  ochkuz  xudbin  ishyoqmas  ig’vo  surbet  kabi 

tushunchalarda qoralagan .  

       Xalq bolalarda guzallikka xavas tuyg’usini tarbiyalashda ularni mustaqil 

xayot    kechirishga  tayyorlashni  ,  yoshligidan  tabiat  ,  mexnat  ,  axloq,  odob 

guzalligini  egallagan    shaxs  qilib  yetishtirishni  uz    oldiga  asosiy  vazifa  qilib 

quygan .   




 

20 


        Xalq  inson  guzalligini  uyaratgan  buyumlarda  xam  namoyon  bulishini 

kurgan , bilqi lgan va bolalardan xam  mexnat qilib  guzal buyum  yaratishni talab 

qilgan . 

Uzbek  xalqi  mexnat  guzalligini  ug’il  va  qizlar  yaratgan  duppi  telpak  zirak 

palak zebigardon marjon choyshab chopon etik kavish maxsi mis va sopol idishlar 

umuman qul xunarida ruzg’or buyumlarida ayollar taqinchoqlarida kurgan .   

Ulug’ mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino: “ Xayo insonning abadiy guzalligi 

va latofatidir. Xayosiz yuz jonsiz jasadga uxshaydi»- deydi .   

Ota – bobolar bolalarni guzal xulqli  axlu muxabbatda sodiq  sharmu xayoli 

sabru  qanoatli  shirin  suz  va  tavozeli  qilib  tarbiyalashga  xarakat  qilganlar.        Ular 

xulq atvori bilan xalq qoshida marg’ub va maxbub bulgan odamning uziga yordam 

berganlarni  xech vaqt unutmasligiga ishonganlar 

Ota-bobolar  bolalarda  guzallikka  xavas  tuyg’usini  ustirishda  ularning 

axloqiy  guzallik  bilan  birga  tashqi  guzallikka  –  til  dustlik    kiyinish  yuz  uz  taom 

yeyish    choy  ichish  ziyorat  uyqu  kupchilik  urtasida  uzini  tuta  bilish  odoblarini 

egallashga  xam  axamiyat  berganlar.ular  ug’il  va  qizlariga  katta  yoshli  odamlar 

uzaro gaplashib turganda ularning suzlariga aralashmaslikni komil aqlli tug’ri fikrli 

va  yaxshi  xulqli  bulganlar  bilan  dustlashishini  boshqalarning  shodlik  va  qayg’uli 

kunlarida tayanch  xamrox bulishini tushintirganlar .   

       Kattalarning  turli  mavzularda  utkazgan  suxbatlari  va  guzal  xulq 

atvorlari  bilan  namuna    bulishlari  bolalarning  guzallikni  chuqur  tasavvur 

etishlarida muxim axamiyatga  ega .  

  Tabiat  guzallik  timsolidir.  Tabiat  badiiy  so’z  va  tasvir  san’ati  namoyandalari 

uchun ilxom manbaidir.Ona tabiat  guzalligi xalq uchun  uziga xos ilxom  manbai 

bulgan va xozir xam shunday . SHu tufayli xam xalq yaratgan badiiy ijodda u uz 

aksini topgan, Yil fasllariga xos chiroy, xususiyat guzal tariflangan. Buni mashxur 

olim Maxmud Qoshg’ariyning 

“ Devonu lug’atit turk” asarida berilgan misollarda kurish mumkin .    




 

21 


Baxor  shunday  ta’riflanadi:  “Yashin  yashnadi,  bulut  quzg’alib,  xayojonga 

tushdi.Ayg’ir va biyalar baxor kelgandan zavqlanib , shodlik Bilan kishnashadi va 

yayrashib olishadi…” 

“  Baxor  tongi  yorishdi  ,  muzlar  erib  sel  suvlari  kabi  qattiq  oqa  boshladi 

.Yorug’ tong yulduzi xam nur sochib chiqdi”.   

Yoz quyidagicha ta’riflanadi :“ Turli tuman chechaklar tizildi ,g’unchasidan 

,kurtagidan  yozilib  kurindi.  Ular  yer  ustida  uzoq  yotib  ezilgan    edi,  yerdan  bosh 

kutarib bir biridan ayrilishayotir”.     

 O’tmishda  ota  ,bobolarimiz  yosh  avlodni  tabiat  bilin  tanishtirishga,  ularda  tabiat 

guzalligiga xavas tuyg’usini tarbiyalashga aloxida e’tibor berib , tabiat xodisalarni 

, quyosh , oy, yulduzlar xaqida  ijod etilgan afsonalarni aytib berganlar , shu yullar 

Bilan  ular  bolalarda  tabiat  ,  tabiiy  xodisalar  xaqida  tasavvur  qilganlar  ,  tabiat 

guzalligiga xavas , uni e’zozlash, guzallik yaratish tuyg’usini kamol toptirganlar.   

Xayotda  guzallik  yaratish  kup  narsani  bilish,  tabiatni  ,  uning  guzalligini, 

tabiatga  guzallik  baxsh  etayotgan  odamlarning  maxorat  va  qudratini  chuqur  xis 

etish kerak .    

Tabiat  go’zalliklari  bolalar  ma’naviy  dunyoqarashning  tarkib  topishi  va 

rivojida muxim axamiyat kasb etadi , tabiat uz go’zalligi bilan ularni o’ziga maftun 

etadi.  Tabiat    lavxalari  o’zining  tabiiy  ko’rki  bilan  bolalarda  yorqin  xissiyot 

uyg’otadi. Tabiat bolalarni guzallikni xis etish , guzal didli qilib tarbiyalash manbai 

bulishi  bilan  birga  ,  ularni  insonparvar  guzal  axloqli  qilib  tarbiyalashda  xam 

muxim  mavqega  ega  bulgan.  Buni  yaxshi  bilgan  ota  onalar  bolalarining  diqqat 

e’tiborini yam yashil qir adirlarga bog’, daryo, dengizlarga jalb etganlar. Ana shu 

guzalliklar  odamda  xar  bir  narsa  uzgaradi  ,  ammo  fazilat  qonunlari  sira  xam  

uzgarmaydi.     Rivoyat qilishlaricha Yoshi bir joyni qoralab qolgan otaxon dashtga 

chiqib  ko’chat  ekayotgan  ekan.  o’sha  chog’  ot  minib  olgan  bir  boyvachcha  o’tib 

qolibdi.  U  cholning  yoshini  so’rab:  «To’qsondan  oshibsiz,  bir  oyog’ingiz  to’rda, 

bir  oyog’ingiz  go’rda  bo’lsa  nima  qilasiz  bunaqa  urinib.  Undan  ko’ra  tinchgina 

o’ltirsangiz  bo’lmaydimi»  debdi.  SHunda  chol  uning  dilini  ranjitmay  «Umidli 

dunyo, bolam», deb qo’ya qolibdi.  




 

22 


CHolning bu gapini qurumsoqlik, dunyoga to’ymaslik deb tushungan boyagi 

boyvachcha  o’ylamasdan:  "Siz  shuning  mevasidan  yesangiz,  men  iloyo  sizning 

yoshingizga yetmayin", deb og’ziga so’z olib qo’yibdi. Bu gap cholning qulog’iga 

yetsa xam indamabdi. Lekin ichida xamsuxbatining yengiltakligiga afsus qilibdi. 

Oradan  yillar  o’tibdi.  Nixollar  katta  bo’lib  xosilga  kirib,  soya-salqin  boqqa 

aylanibdi. Yoz kunlarining birida boyagi boyvachchaning yo’li shu tomonga tushib 

chanqovini qondirish uchun bog’ egasini chaqirib, bir piyola suv so’rabdi. SHunda 

bir mo’ysafid chiqib, boyvachchani ichkariga taklif qilib, oldiga barkash - barkash 

noz-ne’matlar  -  olma-yu  uzum,  shaftoli-yu  noklar  qo’yibdi.  Ammo  o’zi  esa  nima 

uchundir  bu  ne’matlardan  og’ziga  bir  dona  xam  solib  tatib  ko’rmabdi.  Bundan 

xayron bo’lgan mexmon buning sababini so’ragan ekan, shunda chol: 

-Bu  bog’larni  men  faqat  o’zim  uchun  emas,  o’tgan  -  ketganlarning  og’zi 

tegsin, deb obod  qilganman,  o’g’lim.  Lekin  o’zim  shu  choqqacha  uning  mazasini 

totib ko’rganimcha yo’q, - debdi. 

Boyvachcha xayron qolib, sababini so’ragan ekan ota: 

-Men bu mevalarni yesam, siz mening yoshimga yetmay qolasiz, - debdi. 

Boyvachcha  yigit  cholni  tanibdi.  o’zining  yengiltakligi,  umidsizlik  bilan 

yashashning naqadar yomon ekanligidan xijolat chekib peshonasiga uribdi. 

BAYT: 

Orzu – daralarda kezguvchi oxu, 



Umid yetaklabdi tog’lar boshiga. 

Mashaqqatga chidab demasang yo xu... 

Aslo yetib bo’lmas uning qoshiga. 

 Tabiat guzalligi utmish mutafakkir shoir  adiblar e’tiborini uziga jalb etgan . 

ular  uz  asarlarida  tabiat  guzalligini  aks  ettirib,  yoshlar  va  kattalarda    unga  xavas 

uyg’otganlar  undan baxramand bulishga da’vat etganlar. Ular yaratgan bu asarlar 

xalqning   guzallik tarbiyasida muxim  vosita bulib xizmat qilgan va qilmoqda . 

O’tmishda ota bobolarimiz tarbiyada nasixat, tushuntirish, rag’batlantirish , 

maqtash , namuna kursatish , tanbex berish , taqiqlash , majbur qilish  pupisa qilish  

qurqitish usullaridan foydalanganlar . Jamoa a’zolari bu usullarni qullashda  axloq 




 

23 


qoidalariga  suyangan  xolda  qilgan  ishi    xatti  xarakatining  tug’ri  yoki  notug’ri  

xaqida  bolaga  ishonch  xosil  qilishga  xarakat  qilganlar  ,  unga  axloqlilik  va 

axloqsizlik    odillik  va  odilsizlik    yaxshilik  va  yomonlikning  ma’nosini 

tushuntirganlar . Bu tartib tarbiyada asosiy qoida xisoblangan .   

        Bobolarimiz bola xaqi – ulug’  xaqlarning  ulug’i bulib , bunga ota- ona 

va  murabbiylar  ma’suldir  ,  deydilar  .  shuning    uchun  bola  xaqlarini  bilish  va 

kerakli  paytda  ado  etish  ota-  ona  va  murabbiylar  burchidir  .  Bola  yoshlikdan 

vaqtida xar xil tarbiyaga moyil bulgani uchun bu davr ulug’ g’animatdir. SHunga 

kura  ,  uni  yoshlik – bolalalik    vaqtidan  boshlab tarbiya  qilish kerak.  Agar bolaga 

yaxshi  tarbiya  berilsa  u  baxtli  saodatli  buladi  yaxshi  ishlari  bilan  ota-ona  va 

murabbiylarni  quvontiradi            Bolalarni  yaxshi  tarbiyalash  uchun  ota  onaninguzi 

axloqli  tarbiyali  bulishi  shart    bolalarga  bergan  tarbiyalariga  uzlari  amal  qilmasa 

xulq  atvorlarini  tuzatmasa    tarbiyalash  ishini  muntazam  va  doimiy  suratda  olib 

bormasa    tarbiya  besamara  buladi    ota  ona  bolalarini  tug’ri  suzlash  va  tug’ri 

ishlashga urgatib borsa ular tug’ri suzlash va tug’ri ishlashga odatlanadilar.yomon 

tarbiya bolalarni baxtsiz qiladi .   

Ota-bobolar qilgan ugitlarga amal qilgan bolalar odobli guzal fazilatli bulib 

kamol  topganlar  ,  kamol  topadilar  .Guzal  fazilatli  bulgan  bola  –  odam  ota- 

onagaqarindosh  urug’lariga  dustlarga  umuman  xammaga  muruvvatli  buladi 

,shafqat va marxamat odob axloq va poklikka rioya qiladi. Fazilat sabali u insonlik  

nomini  bulg’alashdan  ,  nomussizlik  vijdonsizlikdan  pok  buladi.SHu  tufayli  xam 

utmish  donishmandlar  “Insoning  birinchi  fazilati    boshqalarning  xuquqiga  sharaf  

nomus va orzulariga xurmat va rioya etishdir” deb uqtirganlar yana deydilarki , “ 

Bu Dunyoda xar bir narsa uzgaradi fazilat qonunlari sira  uzgarmaydi    

Donishmandlar amal qilgan xikmatlarga ota bobolar murojat qilib deydilarki 

: “ Aziz bolalar , ota- onangizni xurmat qiling . Ota onani xurmat 0ilishingiz ular 

sizning qoshingizda doimo muxtaram ekanliklaridan dalolat beradi.   

      Ota-onangizni faqat yoshlari kata bulgani uchun emas balki chaqaloqlik 

vaqtingizdan  to  yigitlik  vaqtingizgacha    sizlarni  tarbiyalab    yediib  kiydirib 



 

24 


maktabga  yuborganlari  va  xar  nasangizga    diqqat  fido  etganlari  uchun  raxmat  

qilishga majbursiz.    

     Umringizning xar kuni  xar soatida sizlarga qilgan xizmatlarini esingizga 

tushiring  .  Ota  -  onaga  xurmat  butun  umringiz  buyicha  ,  eng  baxtli  shodlik  yoki  

qayulik  vaqtingizda    xam  davom  etishi  lozim.ularga  ochiq  yuz  shirin  suz  va 

fidokorlikni  aslo unutmang. Ba’zi vaqt qarilik ularning kayfiyatlarini buzadi, xafa, 

ko’ngilsiz  bo’lib  yuradilar,  mana  shunday  vaqtlarda  ularni  ovuting    ko’ngillarini 

ko’taring    kuldirishga  xarakat  qiling  .  Ularining  buyugan  xizmatlaridan  buyin 

tovlamay ado eting .       

Ota  -  onani  xurmat  qilish,  ular  oldida  odob  bilan  turib,  xizmatlarini  bajarish 

xammaning  burchi,  vazifasi.  Ota-onalaringizni  ranjitadigan  so’zlar  aytishdan, 

ko’ngillarini qoldiradigan ishlardan doimo saqlaning. 

Aqlli  bolalar  ota-onalarini  xurmat  qilib,  kuchlari  yetganicha  ular  xizmatida 

bo’ladilar. Yomon so’z aytishdan, achchiqlanib qarashdan o’zlarini saqlaydilar. Bir 

kishi  kechasi  uyqudan  uyg’onib  o’g’lidan  «suv  ber!»  deb  so’radi.  o’g’li  suv  olib 

kelguncha,  otasi  yana  uxlab  qolgan  edi.  o’g’li:  «Otam  balki  yana  uyg’onib  suv 

so’rar», deb uxlamasdan otasining uyg’onishini kutib tong otguncha o’tirdi. Mana 

bolalar,  odobli,  tarbiyali  bola  shunday  bo’ladi.  Ota  -  onalaringizni  izzat  -  xurmat 

qilishga,  ularning  olqishlarini  olishga  g’ayrat  qiling.  har  bir  bola  ota-onasi  qilgan 

nasixatlarni jon qulog’i bilan eshitib, nasixatlariga xar vaqt amal qilishi kerak. Ota 

- onasiga ozor berib, ularning dillarini og’ritadigan bola baxtli bo’lmaydi. 

Xalq bekorga zo’r iftixor bilan ota-ona xaqida quyidagicha she’r to’qimagan: 

Ota - ona bu qanoting, 

U bilan muyassar lazzatu - toting. 

Rizosin izlagin ota - onaning, 

Bo’lmasa bulg’anib o’tar xayoting. 

Azizim otam qalbim ko’kida quyosh, 

Onamchi shu quyosh yonida yo’ldosh. 

quyoshu yo’ldoshim barqaror ekan, 

Iqbolim kulganu, muyassar bardosh. 




 

25 


 

-Bolalarim! Endi men sizlarga xadislar asosida xalq tomonidan yaratilgan ota 

- onani e’zozlovchi ikkita rivoyat aytib beraman. Rivoyatning birinchisida otaning 

xurmatini  joyiga qo’yish  masalasi ilgari  surilsa,  ikkinchisida  esa  onaga  muxabbat 

va  unga  xizmat  qilishdek  sharafli  ish  lo’nda  qilib  berilgan.  har  kim  ota-ona 

xaqidagi  bu rivoyatlarni  tinglab, o’zi xulosa  chiqarsin va shu  daqiqadan e’tiboran 

ularga xizmat qilishdek savobli ishlarni boshlab yuborsin. 

Murod bobo degan ancha yoshga borib qolgan bir kishi bo’lgan ekan. Murod 

boboning  uchta  o’g’li  bo’lib,  kuch  -  quvvatda  xech  kim  ularga  barobar  kelolmas 

ekan.  Ular  aql  -  farosatda  xam  xammaga  ibratli  bo’lib  o’sishgan  ekan.  Ularning 

kattasi - qo’ychivon, o’rtanchasi – dexqon, kenjasi-ovchi ekan. 

Kunlardan  bir  kun  shaxarlik  bir  kishi  Murod  bobonikiga  mexmon  bo’lib 

kelibdi. Kechga borib xavo aynib, qor yog’a boshlabdi. Ertalab turishsa, azbaroyi 

qor ko’p yoqqanidan tomning to’sinlari qirsillab, og’irlikni ko’tarolmay qolibdi. 

-Engil  par  qor  yog’may,  muz  aralash  qor  yog’ibdi.  hali-zamon  xavo  ochilib 

quyosh  chiqsa,  qor  erib  suvga  aylanadi.  To’sinlar  ko’tarolmay  sinib  ketib,  tom 

bosib  qolishi  mumkin.  Tezroq  tomga  chiqib  qorni  kurab  tashlash  kerak,  -  debdi 

Murod bobo o’gillariga. 

o’g’illari churq etishmabdi. Murod bobo gapini yana qaytaribdi. Yerdan sado 

chiqsa  chiqibdiki,  o’g’illaridan  sado  chiqmabdi.  Jussasidan  kuch  yog’ilib  turgan, 

tog’ni  ursa  talqon  qiladigan  o’g’illarni  arzimagan  ishni  bajarishdan  bosh 

tortishlarini ko’rib, mexmon xayron bo’libdi. 

Otaning  amrini  bajarmoq  xam  qarz,  xam  farz.  Otaning  gapini  qaytarish  o’ta 

gunox,  unday  farzand  do’zaxda  kuymoqqa  maxkum,  -  debdi  mexmon  Murod 

boboning farzandlariga qarab. 

-Yo’q,  otamizning  aytganlarini  bajara  olmaymiz.  Bo’lmaydi  debdi,  -  Murod 

boboning to’ng’ich o’g’li. qolganilari xam uni ma’qullab, boshlarini silkitishibdi. 

Mexmon «Bular, tarbiyasiz, beodob bolalar ekan» deb ko’nglidan o’tkazibdi. 

Murod  bobo  mexmonni  tashlab  tashqariga  chiqay  desa,  uni  ranjitib  qo’yishdan 

cho’chibdi, uyda o’tiraveray desa, tom bosib qolishidan qo’rqibdi. 




 

26 


-Arslonlarim,  men  rozi.  Uchovingdan  biroving  tomga  chiqib,  qorni  kurab 

tushgin, - debdi yana Murod bobo o’g’illariga qarab. 

Katta  o’g’il  kenjasiga  «Sen  tomga  chiq  desa,  kenja  o’g’il  o’rtancha  akasiga 

nuqul «Siz tomga chiqing» - dermish. 

o’g’illaridan  birontasi  tomga  chiqmasligini  bilib  turgan  Murod  bobo 

«Bo’lmasa, xovlini qordan tozalanglar», debdi. 

Otalarining gapi tugar - tugamas uch o’g’il birdan kurakka yopishib, eshikka 

otilishibdi. Bir nafas o’tar - o’tmas xovlini qordan tozalashibdi. 

-Mexmon, xovliga chiqib bir aylanib kelmaymizmi? – debdi Murod bobo. 

Uch  o’g’ilning  qilmishlaridan  xayron  bo’lib,  boshi  qotib  o’tirgan  mexmon 

«Xo’p bo’ladi» deb javob beribdi. Ular uydan chiqishlari bilanoq uch o’g’il «Men 

chiqaman», «Yo’q, men chiqaman» deb tortishib qolishibdi. 

Jussasi kichikroq kenja o’g’il lip etib tomga chiqibdi - da, bir choy qaynami 

o’tmasdan  tomdagi  qorni  kurab  tushibdi.  Murod  bobo  kenja  o’g’liga  raxmat 

aytibdi.  Keyin  uchala  o’g’lini  xam  alqab,  yumushlariga  jo’natibdi.  «o’g’illari 

gapiga  kirmadi-yu,  yana  ularni  duo  qiladi-ya»,  -  deb  battar  xayron  bo’libdi 

mexmon. Dasturxon ustida Murod bobo mexmonning fikrini o’qib: 

-Mexmon,  xayron  bo’lmang.  Odatimiz  shunaqa,  -  debdi.  hech  narsa 

tushunmagan mexmonning battar xunobi oshibdi. 

Kech  kiribdi.  Murod  boboning  o’g’illari  birin-ketin  uyga  qaytishibdi.  Katta 

o’g’il kelib avval mexmonga salom beribdi, keyin otasi bilan ko’rishib, olib kelgan 

bir  dasta  nonni  uning  oldiga  qo’yibdi.  o’rtancha  o’g’il  xam  avval  mexmon  bilan 

ko’rishib,  so’ngra  otasi  bilan  so’rashibdi-da,  qo’lidagi  go’sht  -  yog’ni  otasining 

yoniga  qo’yibdi.  Keyin  kenja  o’g’il  kelibdi.  Mexmon  bilan  ko’rishib,  otasi  bilan 

o’pishib, otgan ovi - olxorni ularning oldiga qo’yibdi. 

Dasturxon ustida mexmon Murod bobodan: 

-Boya  o’g’illaringizning  tomdagi  qorni  kurashdan  bosh  tortishlarining  boisi 

ne? – deb so’rabdi. 

-Buning sababini o’zlaridan so’rang, - debdi Murod bobo. 

SHunda mexmon:  




 

27 


-Ertalab,  avvaliga  otangizning  aytganlarini  qilmadinglar,  ya’ni  tomga  chiqib 

qorni  kuramay,  biz  tashqariga  chiqqach,  ukangiz  kurab  tushdi.  Nega  ota  gapidan 

bosh tovladinglar? Buning boisi ne? – deb so’rabdi. 

-Yo’q,  mexmon,  unday  demang,  -  deb  javob  qaytaribdi  katta  o’g’il,  - 

otamizning xar bir so’zi biz uchun muqaddas bo’lganidek, u kishining o’zi xam biz 

uchun  eng  ulug’  zot.  Tom  ustiga  chiqmaganimizning  boisi  shu  ediki,  uy  ichida 

otamiz  o’tirgan  edilar.  qishlog’imizda  azal-azaldan  shunday  odat  bor:  ota  uyda 

ekan, bola tom ustiga chiqmaydi. 

Mexmon Murod bobodan so’rabdi: 

-SHunday  yaxshi  odatlaringiz  bor  ekan,  nega  endi  siz  tashqariga  chiqib  tura 

qolmadingiz? 

-Sababi,  siz  yonimda  edingiz.  Mexmonni  yolg’iz  qoldirish  odobdan  emas. 

Bekorga  xalqimiz  «Ota  ulug’  -  otadan  mexmon  ulug’»  -  deb  aytmaydi,  -  debdi 

Murod bobo. 

Bunday  mexmondo’stlikka  va  odobga  qoyil  qolgan  mexmon  Murod  bobo 

bilan uning o’g’illariga qulluq qilib xayrlashibdi. 

   Xullas istiqlol mafkurasini yaratish talab qilinayotgan xozirgi davrda xalq 

pedagogikasini    urganish    va  tiklash  ,  pedagogika  fani  soxasida  yuz  berayotgan 

yangiliklarni  ta’lim  tarbiya  jarayoniga  tatbiq  etish  maktab  urta  va  oliy  uquv 

yurtlarida ta’limning yuqori saviyada bulishini ta’minlaydi.     




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish