Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi bu sharqona qarash sharqona hayot falsafasi



Download 76,46 Kb.
bet7/7
Sana30.12.2021
Hajmi76,46 Kb.
#196246
1   2   3   4   5   6   7
Hadisi sharifda ; “Kimki dunyoni xohlasa ,ilm olsin, kimki ohiratni xohlasa ,ilm olsin “- deyiladi.Aslida ,hadislar o’z mohiyatiga ko’ra Qur’ondan keyoigi ikkinchi muqqaddas manba ,eng mo’tabar va bebaho hikmatlar majmuasidir .Shuningdek,hadislar ko’p hollada Qur’onning turli oyatlarini tushitirib,ularni to’ldirib ham beradi.

Hadislar; ilm poklik ,hallollik,kishilarni yaxshilik sari boshlovchi ,qorong’ilikda yo’l ko’rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi .Ilm –bu hikmat ,poklik ramzi ,ilomsizlik johillikir.Ilm,avvalo,etiqotdir .Iymon bilan ilm egizak.Harqanday ilmli odam o’z bilimiga amal qilishi ,undan kelib chiqib ,kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishi maslahat beriladi .

Dinning asosini iymon ,e’tiqot tashkil etadi.Shuning uchun hadslarda dinning ofati 3 ta ,deb ko’rsatilgan .1) Beamal olim 2)Zolim hokim 3) Bilomasdan fatvo aytuvchi ulamo .

Ilm kishilarga naf keltirish lozim.Olimlar bu yo’lda rahnoma bo’lishi kerak .<> .Ilm foydali bo’lishi uchun u odamlarga o’rgatilishi kerak. Ilmli inson sadoqatli bo’lishi,kishilarga yaxshilikni o’rgatishikerak.Ilm bilimli sadoqatli inson uchun fazilat bo’lsa ,bu holatni u boshqalarga singdirishi zarur.Hadislarda ilmnli kishi mevali daraxtlarga o’xshatiladi .Ilm-bu ma’rifat ,fazilat. Ilmsiz mamlakatda fitnalar kuchayadi,qotillik avcj oladi.

Umuman,islomda ilm fanni egallash,ma’rifatli bo’lish juda savobli ish ekani qayta-qaytata’kidlanadi .Beshikdan to qabirgacha ilm izlash lozimligi qayt qilinishining o’zi katta tarbiyaviy ahamyatga ega .

MuhammatXorazmiy,Ahmad Farg’oniy ,Abu NasrFarobiy ,Beruniy,Ibn Sino ,Imom al-Buxoriy ,Imom at-Termiziy ,Abu Yazid Tayfur al-Bistomiy,Imom G’azzoliy ,Mahmud Koshg’ariy,Yusuf Xos Hojib, Ahmat Yassaviy ,Yusuf Hamadoniy ,Xo’ja Abdulxoliq G’ijdivoniy ,Bahoudun Naqishbandiy ,Mirzo Ulug’bek ,Ali Qushchi ,Mirzo Bobur ,Alisher Navoiy, Behbudiy ,Munavvar Qori kabi ulug’zotlar hayot tarzi, ilm uchun fidoyiligi ,e’tiqodining pokligi bilan barchaga ibrat bo’lgamligini bilib olish mumkin .Demak,diniy va dunyoviy ma’rifatni jam qilgan,ana shu ikki ilmni egallagan kishining ikki dunyosi oboddir.

<<="" p="">

Ilm inson uchun g’oyat oily va muqqaddas bir fazilatdir.Zerokiy ,ilm bizga o’z ahvolimizni harakatimizni oy na kabi ko’rsatur . Zehnimizni ,fikrimizni qilch kabi o’tkir qilur >>.

Bir kuni ilm olishning fazilatlari va davlat haqidagi suhbat chog’da yahudiylar Hazrat Aliga bitta savol bilan murojat qiladilar .U ma’naviy – ahloqiy ,falsafiy – ijtimoiy ,madaniy –ma’rifiy jihatdan puxta javob beradi :Javoblar :

dam, kishi, shaxs, inson tushunchalari jonli muloqotda go'yo bir xil ma'noda qo'llanilsa-da, ularning mazmuniga chuqurroq kirib borilsa, orada ma'lum darajadagi farqlar ko'rinadi.

Odam dunyodagi mavjudotlar ichida eng aqllisi hisobla-nadi. Odam xoh katta, xoh kichik bo'lsin, yashash uchun kurash olib boradi va atrof-muhitga moslashadi. Odam tushunchasi barcha shaxs va insonlar uchun bir xil ma'noda qo'llaniladi. Lekin odamga baho berilganda yaxshi odam, yomon odam, aqlli odam, johillarga nisba-tan — odam emas, degan iboralar ishlatiladi va odamning jamiyatdagi o'rni aniqlanadi.

Shaxs esa o'zida ijtimoiy sifatlarni mujassamlashtir-gan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo'lib tug'irmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo'lib shakllanadi va rivojlana-di. Inson ta'lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida, ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar, siyosiy g'oya, milliy mafkura kabi omillar ta'sirida yashaydi, ularni o'zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya'ni shaxs bo'lib shakllanadi va unda yangi sifatlar paydo bo'ladi hamda yaratuvchanlik omili yuzaga keladi.

O'zini o'zi nazorat qilish, o'zini o'zi tarbiyalash, yuksak mas'uliyatni his etish, g'oya uchun kurashish, mustahkam e'tiqodga ega bo'lish, o'z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy, siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir.

Shaxs mustahkam iymon-e'tiqod, g'oya va insoniy fa-zilatlarga ega bo'lgan, Vatan, millat tuyg'usi bilan yashay-digan, o'zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir.

Bir millatga mansub shaxslar qiyofasidan millat qiyo-fasi shakllanadi. Lekin shaxslar millat manaviyatiga bog'liq.

Agar chuqurroq mushohada qiladigan bo'lsak, shaxs jamiyatning bir a'zosi hamdir. U jamiyatdan tashqari bo'lishi mumkin emas. Buning sabablari bor: birinchidan, shaxs axloqi hamisha jamiyat axloqiga bo'ysunadi, shun-ga majbur; ikkinchidan, kishi ko'pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi, baxtni ham odamlar orasidan topadi, shaxs baxt-saodati jamiyatdan tashqarida bo'lmaydi; uchinchidan, kishi jamiyat irodasi-dan dalda oladi; to'rtinchidan, jamiyat shaxs kamoloti uchun bog'bonlik qiladi, kishi faqat tug'ma sifatlari bi-langina qolmay, balki mazkur jamiyatga xos xislatlarni ham o'zlashtiradi.

Demak, har bir shaxs o'zi yashagan, yashab turgan jamiyatning a'zosi, bir farzandi hisoblanadi. Shaxs, dav lat va jamiyat munosabatlarining nozik, sir-sinoatli to-monlari ham bor. Agar jamiyat adolatli bo'lib, unga adolat-pesha shaxs rahbarlik qilayotgan bo'lsa, o'sha jamiyat ravnaq topadi va uning a'zolari erkin turmush kechiradi.

Adolatli jamiyat shaxsni shunchaki shakllantirib qo'ya qolmaydi, balki ma'naviy yetuk qilib kamol toptiradi. Shu boisdan ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «shaxs — kadrlar tayyorlash bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasi-dagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruv-chi» qilib belgilangan. Demak, davlat va jamiyat — ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafolatidir.

Falsafa ilmida ta'kidlanishicha, Inson — o'zida bio-logik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtir-gan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos.

Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til-muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilish, boshqarish, o'zini o'zi idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va taqiqlash) shu-lar jumlasidandir. Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g'am-tashvish, qayg'u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.

Insonga xos bo'lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xu-susiyatlardan ustun qo'yish yoki psixologik xususiyatlarni bo'rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoq-lamalikka olib keladi.

Insonparvarlik («inson» — arabcha; «parvar» — fors-tojikcha; «lik» — o'zbekcha — «kishiga g'amxo'rlik, gumanizm») — (odamzodning qadri, erkinligi, qobiliyatlari har tomonla-ma namoyon bo'lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta'min etishga intilish, degan ma'noni anglatadi. Insonparvarlik g'oyalari uzoq tarixga ega.

Insoniyatning baxt-saodat va adolatga erishish orzusi xalq og'zaki ijodiyotida, diniy va falsafiy ta'limotlarda uzoq o'tmishdan beri o'z aksini topib kelmoqda. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beru-niy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va boshqalar o'z asarlarida inson erkinligi, uning qadr-qimmatini, insonparvarlik g'oyalarini olg'a surganlar.

O'zbek ma'rifatparvar shoirlari Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar o'g'li va shuningdek, jadidlar Behbudiy, Munawar qori, Fitrat kabilar ijodida ham insonparvarlik g'oyalari kuylangan.

Insonparvarlik har bir zamonaviy huquqiy-demokra-tik davlatning hayot qoidasi va ijtimoiy tuzilishi ustun-laridan biriga aylanmoqda. Mustaqil O'zbekiston o'z si-yosatida gumanizm shartlari, talablari hamda qoidalariga, Sharq va G'arb davlatlarining eng ilg'or tajribasiga ta-yanib, xalq hayotini va jamiyat faoliyatini tashkil qilmoqda. O'zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari inson manfaat-larini himoya qilishga, uni qadrlashga, har bir shaxsning barkamollashuviga qaratilgan. Insonparvarlik g'oyalari, mazmuni va tamoyillari o'zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismidir. Bu g'oyalar tashqaridan, mutafakkirlarning harakati bilan kiritilgan emas, balki xalq tafakkurining uzviy qismi bo'lgan. Bu an'ana mustaqillik yillarida yanada izchil-lik bilan davom ettirilmoqda.

Insonparvarlik jamiyatida: «Agar sen kishilarning qadr-qimmatini hurmat qilsang, kishilar ham sening qadr-qim-matingni hurmat qiladi»,— prinsipi tantana qiladi. Zaiflar va xo'rlanganlarning qadr-qimmatini ko'tarish, hurmat qilish hozirgi va bo'lg'usi jamiyat shaxsi mehr-murawati, insonparvarligi me'yoridir.

Insonparvar kishilar uchun o'z xatti-harakatlarini jami-yatning adolatli va oqilona qonunlariga ixtiyoriy va tabiiy ravishda amal qilish asosida qurishni o'rganish muhim-dir. Yangi insonparvar jamiyat yangi, lekin u, albatta, insoniyatning insonparvarlik an'analarini, asrlar davomida shakllangan ezgulik prinsiplarini hisobga oladigan axloq-ni yaratish yo'lidan boradi. Insonparvar dunyoqarash in son ijodkorligining manguligini tasdiqlaydi. Zero, ayni inson ijodkorligi mahsuli o'lmas qadriyatlarga aylanish tamoyiliga ega. Insonning tanasi, «qalbi» o'ladi, uning qilgan ishlari esa mangudir. Inson o'z hayotida ham xayrli, ham yomon ishlar qiladi, lekin ulardan birinchisining ustuvor bo'lishi uning umrboqiyligini belgilaydi.

Insonparvarlik jamiyatida mulkchilikning turli shakl-lari — aksiyadorlik, kooperativ, davlat va boshqa mulk-larning, xususiy, shaxsiy, ayniqsa, xususiy-intellektual mulkning ustuvorligida birga mavjud bo'lishi ko'zga tash-lanadi.

Umuman, bilim hosil qiluvchi ijodiy mehnat asosida insonparvarlik jamiyatining maqsadi — barkamol shaxs shakllanadi. Shaxsiy, xususiy mulk uni rivojlantirishning iqtisodiy negiziga aylanadi. Mulkning boshqa shakllari ana shu mulkni qo'llab-quwatlashga yo'naltiriladi. Muqad-das va daxlsiz bo'lishi kerak bo'lgan xususiy-intellektual mulk alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli insoniy bilimlarni muhofaza qilish uchun davlat va qonun zarur bo'ladi.

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligidan kelib chiqadigan, xalqaro miqyosda qabul qilingan yangi yuridik tamoyil vujudga keltirilganligi kat-ta yutuq hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqil O'zbe-kistonda inson huquqlari bilan bog'liq bo'lgan institutlar vujudga keldi. Xususan, Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) tashkil etildi.

Insonparvarlik jamiyatiga insonparvarlik mafkurasi zarur. Mehr-oqibat, muruwat ko'rsatish — insonparvarlikning oliy ko'rinishi. Insondagi bu sharafli oliyjanoblikning manbayi esa aql va donishmandlik, mehr-shafqat, mardlik, pokdil-lik sanaladi. Shu ma'noda insonni oliy qadriyat deb bilish hamda yuksak darajada e'zozlash milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri va muhim talablaridan ekanligi e'tiborga sazovordir. Binobarin, mamlakatimiz taraqqiyo-tini belgilovchi besh tamoyildan biri — aholini ijtimoiy himoyalash asosiy yo'nalish bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Ijtimoiy munosabatlarni in-sonparvarlashtirish singari, uni ja-honshumullashtirish (globallash-tirish) tamoyillari taraqqiyotning yangi tipiga — ijtimoiy insonparvarlikka olib keladi. Buning ma'nosi shundaki, insonparvarlik mimosabatlari nafaqat madaniyat sohasi-da, balki jamiyat tuzulmasining barchasida ro'yobga chiqariladi. Insonparvarlik jamiyatiga faqat islohotlar orqali o'tiladi. Insoniyat tarixida ijtimoiy inqiloblar ko'p bo'lgan. Ularning deyarli hammasi o'zlari awal qaror toptirgan tamoyillarini amalda barham toptirishga borib yetganlar. Inqilobdan ko'zlangan maqsadga, asosan, ijtimoiy larza-lar va vayronagarchiliklar, cheksiz qurbonlar va azob-uqubatlar orqali erishilgan. Lekin oxir-oqibatda, ijtimoiy taraqqiyot behad qimmatga tushgani: unga kishilarning hayoti va taqdiri evaziga erishilgani ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ham insonparvarlik jamiyatiga o'tishning eng maqbul varianti islohotlar yo'li bo'lib, kishilar va mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar umuminsoniy, in-sonparvar xarakter kasb etishini bilib olish mumkin. In-son qadr-qimmatini xo'rlash esa eng dahshatli yovuzlik sifatida idrok qilinadi va qattiq, lekin adolatli jazoni taqozo etadi. Shunday qilib, o'z qadr-qimmatini va boshqa kishi­lar qadr-qimmatini hurmat qilish yovuzlik jamiyatini ezgu-lik hamda adolat jamiyatiga o'zgartira oladigan ma'naviy kuch hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik lozimki, o'zida yovuzlikni bartaraf etish insonparvarlikning asosiy ma'naviy tamoyillaridan biridir.

Insonparvarlik dunyoqarashi inson ijodkorligining manguligini tasdiqlaydi. Ayni inson ijodkorligining nati-jalari (bularsiz tarixni tasawur etib bo'lmaydi) oliy, o'lmas qadriyatlarga aylanish tamoyiliga ham ega.

Erkin ijod tamoyili o'zining ijod shakllari bilan bir-galikda insonparvarlik jamiyatida muhim rol o'ynashini da'vo qilishi mumkin. Adolatli bo'lish jamiyatda uning hamma bo'lg'usi fuqarolari uchun bir xilda ijtimoiy shart-sharoitni ta'minlashni talab etadi. Qolganlari esa shaxs-ning erkin ijodiy mehnati jarayonidagi qobiliyatlari, mehnatsevarligi va yashirin imkoniyatlariga bog'liqdir. Lekin bunday mehnat uchun samarali rag'batlantirish mavjud bo'lishi kerak, chunki qilgan mehnati uchun adolat nuqtayi nazaridan taqdirlash g'oyat muhimdir. Mehnat qanchalik ijodiy bo'lsa, u shunchalik yuqori baholanishi, kishilik jamiyati uchun ahamiyati kattaroq bo'lishi lozim.

Shu sababli ijodiy mehnat negizida ma'naviy va mod-diy jihatdan boy kishilar shakllanadi. Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijodiy mazmundorligi darajasi ko'tarilib bo-radi, uning qiymati shunga bog'liq holda belgilanishi kerak. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda bilim hosil qiluvchi mehnat jamiyatning barcha sohalarida eng ko'p haq to'lanadigan mehnatdir.

Insonparvarlik jamiyatida xususiy mulkchilik shakli uzoq vaqt jamiyatning erkin, yaxlit rivojlangan shaxsini shakllantirishda iqtisodiy negiz bo'lib qoladi.

Bu jihatdan qaraganda, mafkura har qanday jamiyat­ning g'oyatda muhim tarkibiy qismi sifatida yuzaga kela­di. Mafkuradan butunlay xoli etilgan jamiyatlar tarixda uchramagan. Inson fikrsiz, ijodiyotsiz, g'oyalarsiz yashay olmaydi.

Bu xususdagi qarashlar Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javobida yana bir bor izohla-nadi. Unda keltirilishicha, mintaqamizga xavf solib tur-gan bir qator xatarlar mavjud bo'lib, odamlar qalbidagi ikkita kuch: bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha kurashadi. Afsuski, insoniylikdan ko'ra vahshiylik, ur-yi-qit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo'zg'atib yuborish osonroq. Demak, odamlarimiz, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, idorasini baquwat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash lozim. Ularning tafakkurida o'zligini unutmas­lik, ota-bobolarimizdan meros qolgan muqaddas qadri-yatlarni, jumladan, insonparvarlik tushunchalarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirib borish lozim bo'ladi. Shu boisdan ham insonparvarlik jamiyati ijtimoiy-iqti-sodiy va madaniy-siyosiy tamoyillarining rivojlanishi asosiy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatlar borasida anchagina o'zgarishlar qilishni taqozo etadi. Bu narsa, ayniqsa, jami-yatni moddiy ne'matlarni jadal ishlab chiqarishdan ma'naviy qadriyatlarni hosil etishga qayta yo'naltirish mafkurasi borgan sari keng yoyilishi misolida yaqqol ko'zga tashla-nadi. Shuning uchun hamma joyda insonning hayoti uchun muhim bo'lgan bilimlarni hosil qilish va buning oqibatida insoniyatning yashashi va gullab-yashnashi uchun xavf solmaydigan moddiy qiymatlarni ishlab chiqarish inson­parvarlik jamiyatining asosiy vazifasiga aylanadi. Insonpar-var jamiyat uchun nafaqat shaxslar va guruhlarning, balki, umuman olganda, insoniyatning ham manfaatlarini hisob-ga oladigan ijtimoiy ishlab chiqarish zarur.'

Shunday qilib, bilim hosil qiluvchi ijodiy mehnat aso-sida insonparvarlik jamiyatining asosiy maqsadi bo'lgan barkamol shaxs shakllanadi. Shaxsiy, xususiy mulk uni rivoj-lantirishning iqtisodiy negiziga aylanadi. Mulkning boshqa shakllari ana shu mulkni qo'llab-quwatlashga yo'naltiriladi.

O'zbekiston Respublikasi insonparvarlik jamiyatini qurar ekan, inson huquqlari bo'yicha 21 ta xalqaro shart-nomaga qo'shildi va bu bilan mustaqil davlat, xalqaro hamjamiyat a'zosi sifatida siyosiy mas'uliyatni o'z zim-masiga olgan holda kelajak sari ilgarilab bormoqda. 1997-yil «Inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinib, eng oliy qadriyat — insonni e'zozlash zarurligi qayd etildi.

O'zbekiston inson huquqlari sohasida o'z siyosatini belgilashda 3 ta eng muhim tamoyilni nazarda tutadi:


  1. Me'yoriy va tashkiliy jihatlardan xalqaro tajribaning ustuvorligi.


  2. Insonga homiylik qilishda Vatanimiz tarixiy tajribasini hisobga olish.


Inson huquqlari bo'yicha xorijiy milliy institutlar tajribasini hisobga olish. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida shunday iborani keltiradi: «Tarix xotirasi, xalqning, jo-najon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zligini anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi». Milliy o'zlikni anglash tushunchalarining tarkibiy qismlari mavjud (3-§ga qarang).

Yangi jamiyat poydevori barpo etilayotgan hozirgi o'tish davrida shaxs milliy o'zligini anglash jarayonini tahlil qilish hamda tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqish ijti-moiy-gumanitar fanlar vakillari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. «Milliy o'zlikni anglash, — deb yo-zadi I. Makatov, — xalqlarning etnik birligini hamda uning boshqa milliy tuzilmalardan tafovutini anglash demakdir». Shular orqali umumiy va individual baho berish, ijtimoiy pozitsiya, kishilarning o'z ijtimoiy-etnik birligiga ham, boshqa birliklarga ham faol munosabati hosil qilinadi. Milliy o'zlikni anglash milliy tuyg'u, milliy mafkuraning ajralmas qismi hamdir. Milliy tuyg'ularimiz majmui mil­liy tasavvurlarimiz, kayfiyatlarimizda oddiy ong sifatida ifodalanadi. Buni biz milliy ruhiyatimiz deb bilamiz. Agar milliy mansublik ehtiyojlari ilmiy asoslangan bo'lsa, uni biz milliy o'zligini anglash deb tushunamiz. Milliy o'zligimizni anglashimiz ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo'llanma darajasiga ko'tarilsa, biz uni mafkura deb ataymiz.

Milliy mafkura haqidagi keng falsafiy qarashlarni mamlakatimiz rahbari I. Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridan topish mumkin. Unda ta'kidlanganidek, mafkura qotib qolgan aqidalar yig'indisi emas. Millat o'z milliy mafkurasini butun umri davomida takomillashtirib boradi. Jahon tajribasi shun-dan dalolat beradiki, milliy mafkura bir emas, bir necha avlod umri davomida ishlab chiqiladi, takomillashib bo­radi.

Demak, falsafiy, psixologik, pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish natijasida milliy o'zlikni anglashga quyidagicha ta'rif berish mumkin: milliy o'zlikni anglash— bu barcha insoniy fazilatlarning ibtidosi bo'lib, xalqimiz ta-rixiy xotirasi, ijtimoiy-ma'naviy haypti, milliy meroslari, urf-odat va an'analari, qadriyatlari, ruhiyati haqida mus-tahkam bilim, ko'nikma va malakalar bo'lishiga erishish, ularni ongli ravishda baholash, ma'naviy bis-tuyg'ulaming ijobiy bo'lishiga erishish, o'zini ongli ravishda boshqa-rish, Vatan tuyg'usi bilan yashash, uning taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shish; ona tilini e'zozlash va boshqa millat-larga hurmat ila munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni o'zida mujassamlashtirish majmuiydir.

Qadimgi grek faylasufi Suqrot (miloddan av. 469— 399 y.y.)^ «O'zini anglagan inson o'zi uchun nima foyda-li va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo'lidan keladigan ish bilan shug'ullanish asnosida o'z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo'ladi. Buning natijasi o'laroq, u o'zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo'lida foydalana biladi. Oqibatda, o'zini kulfatlardan asraydi». Suqrotning bu dono so'zlari o'zlikni anglashga undaydi. Milliy ruhiyatni shakllantirishda «milliy g'urur», «milliy iftixor», «milliy his», «milliy xarakter» kabi tushunchalar ham muhim o'rin tutadi.

Har bir shaxs o'z yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi, ota-ona farzandlaridan, ustoz iste'dodli shogir-didan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog'bon so'lim bog'idan faxrlanadi va hokazo. O'zligicha qola bilgan odamning g'ururi butundir.

Milliy g'urur o'zlikni anglashdan boshlanadi. O'zlikni anglash milliy ongning uyg'onishi va shakllanishi, dunyo-qarashni umuminsoniy ko'lamlarda kengaytirishdir.

Milliy iftixor — millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o'z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida iqtisodiy va ma'naviy so-hada erishilajak va erishilgan yutuqlar ko'paygan sari O'zbekiston bilan faxrlanish hissi — milliy his shunchalik boyib boraveradi. Milliy his — bu millat manfaati bilan yashash, o'zining kimligini tanimoq. O'zligini tanimagan insonda milliy iftixor so'nadi. Milliylik, millatga mansub-lik — bu umumjahon taraqqiyotining qonuniyatidir, mil­liy g'urursiz hech bir millat millat sifatida shakllanmaydi. Milliy xarakter — o'zbek xarakteri, milliy ruhiyati, milliy o'ziga xos tomonlari asrlar davomida shakllangan hamda asta-sekin ularning qoniga va joniga singib ketgan. «In-sonning kimligini nimani anglashiga qarab bilib olamiz» — degan edi hind mutafakkiri R. Tagor.

Milliy iftixor tuyg'usi — o'z Milliy iftixor milliy mansubligidan faxrlanish im-koniyati. Milliy iftixor tuyg'usi o'z millatining boy tarixi, madaniy va ma'naviy merosidan, uning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasidan g'ururlanish imkoniyati. Milliy iftixor tuyg'usi — o'zligini anglash va o'zgalarni tushunishga da'vat etuvchi qudratli kuch. Milliy iftixor tuyg'usi — mansublikni chuqur anglash va uni e'zozlashga intilish — ma'naviy ehti-yoj mahsulidir. Milliy iftixor, eng awalo, o'zligini anglash, milliy ravnaqini ta'minlash yo'lidagi xatti-harakat, o'z mil-lati istiqboli oldida mas'ullikning beqiyos namunasidir.

Milliy iftixor egasi bo'lgan kishi, eng awalo, o'z millati o'tmishini yaxshi bilgan, uni qadrlay oladigan va ayni payt-da uni yangicha sharoitlar va holatlarda boyitib boradigan komil inson hamdir.

Marhum professor Begali Qosimov yozgandi: «Biz ja­hon sivilizatsiyasiga katta hissa qo'shgan va qo'shib ke-layotgan ma'rifatli millat ekanligimizni unutdik. To'g'rirog'i, ongimizdan siqib chiqardilar, o'rniga askar-likka qiziqmaydigan, texnikaga uquvsiz, til bilishga ya-roqsiz bir millat sifatida o'zimizni o'zimizga tanitmoqqa urindilar. Oqibatda, millatning eng yaxshi xususiyatlari, an'analari yo'qolib bordi. Shu tariqa millatning o'zligini mahv etish jarayoni boshlandi» («Fidokor» gazetasi, 2000-yil 8-iyun). Bosqinchilar xalqni zabun etish uchun, awa­lo, ta'lim-tarbiyani milliy zamindan uzoqlashtirib, bizga maorifning g'arbona usullarini taqdim qilganlar. Musta-qillikka erishgach, milliy ma'rifat tarmog'ini vujudga kel-tirish vazifasi qo'yildi. Prezident Islom Karimovning 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis 9-sessiyasida «Barkamol avl od — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi»da olg'a surilgan masalalar tufayli xalq ta'limi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu hujjatlar ma'rifat sohasiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Maktab — maori-fimiz sharqonalik va zamonaviylik kasb etishga qaratil-ganligi katta tarixiy voqea bo'ldi.

Yevropa xalqlarida tarbiyaning mezoni nafosat (este-tika), Sharq xalqlarida esa asosan, axloq-odob (etika)dir. Nafosat va axloq-odob mohiyati o'zaro bog'liq bo'lsa-da, nafosat ko'proq tashqi ko'rinishda zohir bo'lib, axloq-odob esa, asosan, muloqot jarayonida ko'zga tashlanadi. Dunyo mamlakatlari millat va elatlarining odat, rasm-rusum va odob qoidalari bir xil emas. Bu qoidalar tarixan tarkib topgan bo'lib, joy va iqlim, an'ana va sharoit taqozosi bilan o'zgarib boradi. Taniqli rus yozuvchisi Ilya Eren-burg deydi: «Xitoyda men birinchi marta rasm-rusum, urf-odat va axloq qoidalari xususida bosh qotirdim. Negaki, Osiyoning odatlari yevropaliklarni taajjublantiradi. Negaki, oyoq kiyimini yechmasdan turib uyga kirish mumkin emas, restoranlarda yevropacha kastum, paypoq kiygan yapon erkaklari polda o'tiradi... Venalik korchalon esa, sira ik-kilanmasdan, begona ayolga: «Qo'lingni o'paman», dey­di va uning qo'lini o'padi. Xitoy va yaponlarning odati sharqliklar, turkiylarga juda mos keladi. Kiyinish bobida Janubiy Amerika va Afrikaning ba'zi bir qabilalarida ayol-lar hozir ham yalang'och yuradi, talay Yevropa mamlakat-larida qiz-juvonlar yoqasi yelkasiga qadar ochiq, etagi tiz-zadan bir-bir yarim qarich baland kiyimlarni xushlaydilar, bu hoi sharqliklar uchun kamida behayolik sanaladi.

Sharq iftixori xususida Ibn Sino bunday yozadi: «Ax-loq — har bir kishining o'zini-o'zi idora qilish ilmidir. Bu ilmni egallash o'z-o'zidan bo'lmaydi, balki unga ko'nikma natijasida, e'tiqod vositasida erishiladi. Muayyan axloq qoidalarining maqsadga muvofiq bo'lishi uchun ularning zaruriyligini anglab yetmoq lozim». Abdulla Avloniy: «Ax-loq —; insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlilarning yaxshiligini, yomon xulqlilarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg'on kitobni axloq kitobi deyilur».

YevropalMar: buyuk fransuz adibi G. Flober «Nimaiki go'zal ekan, u axloqiydir»,— deydi. Yoki rus faylasufl N. Chernishevskiy: «Inson qaysi narsada o'zi o'ylagan ma'nodagi hayotini (tiriklikni) ko'rsa, o'sha mavjudot go'zaldir», deb yozadi. Bu gaplardan mumtoz rus estetika-sining mohiyati o'zligini anglashdan iboratligi ma'lum bo'ladi. Milliy g'urur va millatga sadoqatlilik masalalarida ma'naviyat va ma'rifatning bir bo'lagi bo'lmish milliy maf-kura muhim amaliy ahamiyatga egadir. Milliy mafkura, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, bu xalqning, millatning o'tda yonmaydigan, suvda cho'kmaydigan o'lmas e'tiqodidir.

Har bir insonning osz makoni vatan tuyg usi

bo'lmaydi. Shunday bo'lgan taqdirda ham, bu ibora biron shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yagona zamin, yagona vatan, yagona taqdir tushunchasi ko'pgina xalqlarga xos bo'lib, xalq qudratini birlashtirib turadi. «Ona Vatan» iborasi kishi-lar orasida muqaddas, aziz, sevimli Vatanga nisbatan ish­latiladi. Vatan Onaga tenglashtiriladi. Ularning ikkalasiga bevafolik, sotqinlik qilgan kishining kosasi oqarmaydi, xor-zorlikda, pushaymonlikda, yolg'izlikda kun o'tkazadi.

Vatan tushunchasi tarix davomida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot munosabati bilan o'zgarib, kengayib, rivojlanib, boyib borgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida muayyan qabila yashagan joy o'sha qabilaning vatani sanalgan. Jondosh va tildosh qabilalarning uzviy ittifoqidan elat paydo bo'lgan, elat yashagan hudud el deb atalgan. Ma-salan, o'zbek xalq dostonlarida Chambil eli iborasi ko'p uchraydi. Muayyan hudud doirasida markaziy boshqaruv-ning paydo bo'lishi bilan Vatan tushunchasi elat, ya'ni xalq va davlat tushunchalarini qamrab olgan.

Xalqning madaniyati, iqtisodiy turmush, ruhiy va ruhoniy, ma'rifiy va ma'naviy ravnaq topa borishi na-tijasida shu xalqqa mansub kishilar orasida mushtaraklik shakllanadi. Xalq bilan millat o'rtasidagi birinchi va bir-lamchi farq shundaki, millat vakillarida uyushqoqlik, jips lik, birdamlik, hamjihatlik, maslak va e'tiqodda yagona-lik, o'zaro manfaatdorlik, bog'liqlik va aloqadorlik, bu-gungi turmush va kelgusi maqsadlarda umumiylik xalq vakillaridagidan ko'ra kuchli va qudratli bo'ladi. Kishilik taraqqiyotining bugungi bosqicbida ijtimoiy guruhlarning eng ravnaq topgan bo'g'ini millatdir. Shuning uchun ham hozirgi kunda o'ziga jahondagi 187 davlatni birlashtirgan eng nufuzli xalqaro uyushma Birlashgan Millatlar Tashki-loti (BMT) deb ataladi. Xalqlar Tashkiloti deb emas.

Biroq haligacha yer yuzida kishilik taraqqiyotining il-garigi bosqichlarida yashayotgan qabilalar, elatlar va xalqlar mavjud. Demak, hozirgi talab nuqtayi nazaridan yondo-shilsa, xalq millat deb hisoblanishi uchun boshqa asos va omillardan tashqari xalqaro huquqning subyekti deb tan olingan mustaqil va suveren davlatga ham ega bo'lishi kerak. Shundan kelib chiqilsa, O'zbekiston Respublikasi o'zbek millatining vatanidir. Bu o'rinda davlat va ona-Vatan ayni bir ma'noni ifodalaydi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi deganimizda Vatanimizni tUshunamiz, Va-tan deganda O'zbekiston Respublikasini idrok etamiz.

Vatan hissi shu Vatanning egasi bo'lmish xalqni bi-lishdan, uning qadriga yetishdan, buyukligini e'tirof etish-dan boshlanadi. Vatan va xalq egizak, mushtarak tushun-cha: birinchisini his etish uchun ikkinchisini bilmoq ke­rak. Vatan bu xalqning o'tmishi, buguni va kelajagidir. Bu madaniyati, ma'naviyati, ma'rifati, tili, dini, fe'1-atvori, ota-bobolaridan qolgan oltin merosi, tomirlarida gupirib turgan, avloddan avlodga o'tib kelayotgan pokiza qoni, tarixidagi muhim bosqichlari, buyuk davlat qurish maqsa-dida olib borayotgan kurashidir.

Zero, ma'naviyat odamlar qalbi va ongiga kelajakka ishonch tuyg'usini olib kirishi, Vatanga muhabbat, inson-parvarlik, mardlik va sabot-matonat, adolat hissini tarbi-yalashga xizmat qilishi lozim. Hadisi sharifda qayd qilin-gan « Vatanni sevmoq iymondandir», «Ota yerim», «Ona yurtim», «Kindik qonim to'kilgan yer» kabi tarixiy tu-shunchalar hayotda o'z o'rnini egallab, ahamiyatini tiklamoqda. Biroq Vatanning haqiqiy farzandi bo'lish uchun uni sevish, qadrlashning, u bilan faxrlanishning o'zi kifoya qilmaydi. O'zini Vatan farzandi deb hisoblagan har bir inson uning moddiy, ma'naviy boyliklarini asrab-avay-lash, yanada ko'paytirish, Vatan mudofaa qudratini mus-tahkamlash, uning xalqaro obro'-e'tiborini oshirish ishi-ga munosib hissasini qo'shmog'i zarur.

Vatanga muhabbat — vatanparvarlikning asl mohiya-tidir. Vatanni yurakdan his qilmoq va sevmoq kerak. Buning uchun sog'lom, aqlli va o'tyurak bo'lmoq lozim. Ingliz shoiri J. Bayron: «Kimki o'z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi»,— degan edi.

Vatanni qalbdan chuqur his qilish uchun ham, xalqning vatanparvarlik namunalarini ko'rsatish uchun ham Vatan hur, mustaqil bo'lishi shart hisoblanadi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingach, Vatanning qadri ortdi, xalqimizning qadri tiklandi. Shu bois mustaqillikning qadriga yetishimiz, uni e'zozlashimiz, mustahkamlab borishimiz kerak.

Vatan mehrini, Vatan tuyg'usini, uning mo'tabarligi-yu ulug'vorligini so'z bilan ifodalash qiyin. Har bir barkamol inson Vatan uchun hamma narsani, hatto joni-ni ham ayamaydi. Mavlono Fuzuliyning: «Mening bitta hayotim bor, bordi-yu mingta hayotga ega bo'lgan taqdi-rimda ham hammasini Vatan uchun sarflagan bo'lur edim», — degan so'zlari Vatanni his qilish zaruriyatini anglatadi. Shu o'rinda Vatan tuyg'usini quyidagicha izohlash lozim bo'ladi:

«Vatan tuyg'usi — bu aziz vatanimizni obod etgan oddiy kishilarimizning fidokorona mehnatini yodda tu-tishdir.

Vatan tuyg'usi — bu o'z aql-idroki bilan jahon sivili-zatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan qomusiy mutafakkirlarni yodga olishdir.

Vatan tuyg'usi — bu musulmon dunyosi e'tirof etgan Imom Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy kabi allomalar nomini yodga olishdir.

Vatan tuyg'usi — bu islom ta'limoti rivojlanishiga bemisl hissa qo'shgan (Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror valiy singari) o'nlab buyuk zotlarni yodga olishdir. Vatan tuyg'usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo'lgan (To'maris, Shiroq, Spitamen, Kubro, Solihbek)larni eslash.

Vatan tuyg'usi — Turonzaminni yer yuzida eng qudratli davlatga aylantirgan buyuk sarkarda Amir Temurni esga olish va unga munosib bo'lishdir.

Vatan tuyg'usi — bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh ko'targan Dukchi eshon xotirasini unutmaslikdir.

Vatan tuyg'usi - bu 20, 30, 40, 50 va 80-yillarda qatag'on qilingan, qurbon bo'lgan minglab millat vakil-larini unutmaslikdir.

Vatan tuyg'usi — bu aziz va go'zal Vatanimizga yuk-sak e'tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo'lishdir».

1994-yil 23-mayda O'zbekistonda Qozog'iston kunla-rining ochilishiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda yurt-boshimiz Islom Karimov shunday degan edi: «Ona yurtimiz Turkiston — katta bir uy, buyuk bir ro'zg'or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari qanchalik yaqin va ahil bo'lsa, ro'zg'or ham shunchalik obod va to'kin bo'ladi... Markaziy Osiyo mintaqasida ham iqtisodiy, ham ma'naviy, ham siyosiy jihatdan yagona muhit tashkil qilish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Yagona Turkiston shiorini barcha xalqlarimiz qo'llab-quwatlashiga zarracha ham shub-ha yo'q. Buni Markaziy Osiyo mintaqasining tinchligi,-barqarorligi va kelajak ravnaqini qadrlaydigan ming-ming-lab insonlar ochiq qalb va ochiq chehra bilan kutib olmog'i muqarrar». Ana shu yig'ilishda yurtboshimiz Islom Kari­mov «Turkiston — umumiy uyimiz» degan nomni taklif qildi va bu tashabbus to'la qo'llab-quwatlandi.

1994-yil 10-yanvarda Toshkentda O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to'g'risidagi Shartnoma imzolandi. 1994-yil 16-yanvarda Qirg'iziston ham shartnomaga qo'shildi. 1994-yil 30-aprel-da Qirg'izistonning Cho'lponota shahrida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston o'rtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish to'g'risidagi shartnomaga Tojikiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risidagi protokol, min taqaviy integratsiyani yanada chuqurlashtirish to'g'risida 4 davlat rahbarlarining bayonoti qabul qilindi.

O'zbek, qozoq, qirg'iz va boshqa turkiy xalqlar o'rtasida amaliy do'stlik va qardoshlik, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqalar yo'lga qo'yilganligi mustaqillikning buyuk sama-rasidir. Prezidentlar va Hukumat boshliqlarining Toshkent, Bishkek, Ashxoboddagi uchrashuvlarida Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga oid ko'pgina iqtisodiy, madaniy-siyosiy muammolar muhokama qilinib, ularni hal qilish yo'llari, moliyaviy asoslari belgilab olinganligi va ularning amaliy natijalari sezilayotganligi diqqatga sazovordir.

Markaziy Osiyo mintaqasida istiqomat qilayotgan xalq­lar tarixiy, madaniy taraqqiyotining mushtarakligi bilan birlashgandir, ular an'ana va ma'naviy qadriyatlar asosi-da jipslashib turibdi. Zotan, ular azal-azaldan o'zaro hur-mat, tinch-totuvlik va yaxshi qo'shnichilik ruhida inoq-likda yashab kelishgan.

Umumiy ma'naviy qadriyatlar bilan bir qatorda bizni, shuningdek, energetika, suv va mintaqaning boshqa tabi-iy resurslaridan foydalanishga asoslangan an'anaviy sav-do, iqtisodiy aloqalar ham bog'lab turibdi.

Shuni hisobga olgan holda 1995-yil 3-mart kuni Tosh-hovuz shahrida bo'lib o'tgan kengashda Markaziy Osiyo prezidentlari Qo'shma bayonot qabul qildilar. Unda hozirgi muhim bir davrda mamlakatlarimiz xalqlari hayotining buguni va kelajagi uchun teng huquqli hamkorlik, yaxshi qo'shnichilik asosiy tamoyillar bo'lib qolishi e'tirof etildi.

2004-yil iyun oyida Ostona shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda yangi iqtisodiy makon tuzish va boshqa o'zaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha qator hujjatlar qabul qilindi.

Ma'rifatning luqaviy ma'nosi bilish, tanish, bilim dеmakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so’zining ko’pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli dеgani – bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, dеmakdir. Fanlar chuqur va kеng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdеk matеmatika, fizika, biologiya, mеditsina va boshqalarning ham ma'lum yo’nalishlarini egallaydilar.

Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Dеmak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo’shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir.

Ma'rifat asosan umumiy va o’rta maxsus bilim bеruvchi maktab va o’quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan kеng bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o’z ichiga oladi.

Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar – ma'rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chiroqini yoquvchi; ma'rifat xomiysi va tarafdori dеmakdir.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o’tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng еtuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim dеb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi ma'naviyatli kishilari ma'rifatparvarlik bilan shuqullanadilar. Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kеlajagi uchun muhim qoyalarni ilgari suradilar, shu qoyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Ma'rifat ma'naviy qaramlik, qo’rquv va hadikni bartaraf etadi, insonga bеqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat baxsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyqoqligida dеb biladilar va ma'rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma'rifatga intilib yashagan. Bu o’lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shgan allomalar еtishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farqoniy tavalludining 1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi kеng nishonlanganligini misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.

O’tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Bеruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluqbеk va boshqalar nafaqat ilm cho’qqilarini egallab qolmay, uni - ya'ni ma'rifatni kеng tarqib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar.

Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan mеrosga ega. Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o’qli, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan xalos etishning yagona yo’li ma'rifatda dеb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma'naviy qullik va zulm-zo’ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma'rifatparvar bobolarimiz dunyo kеzib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o’lkani, uning kishanlarini ilm chiroqi bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko’rsatdilar.

Ko’rinadiki, jadidchilik, ma'rifatchilik ham millatni ma'rifatli qilish, ma'naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kеlgan buyuk tarixiy harakatdir.

Jadidchilik - yangilanish, yangi usul ma'nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlarining umumiy nomi.

Jadidchilikning asosiy qoya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, fеodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlamеnt va prеzidеnt idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini bеrish, milliy qo’shin tuzish va boshqalardan iborat.

Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kеlgan, o’zbеk xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lganligi bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi qoyalar еtakchilik qilgan. O’lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo’ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o’stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyqonish yasamoqchi bo’ldilar. Buni esa ta'lim va tarbiyada - ma'rifatda dеb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta'lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo’lida hormay-tolmay ishladilar.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma'naviy inqirozi chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lmay ma'rifat, tarbiyaviy ishlarni kеng yo’lga qo’ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo’lmas edi. Jadidlar, ya'ni ma'rifatchilar millatning ma'naviy kamoloti yo’lida o’zining butun kuchi va istе'dodini safarbar etishga tayyor bo’lgan fidoyilar edi.

Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqoqidan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat'iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta'lim bеrish tizimini dunyoviy ilmlarni bеrish asosida isloh qilish qoyasini ilgari surganlar va bu borada o’zlari amaliy harakat namunasini ko’rsatganlar.

Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyqonish va milliy ong yuksalishida katta rol o’ynagan.

2-masalaning bayoni. Jadidchilik qoyalarini uning yorqin vakillaridan Bеhbudiy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo’jaеv, So’fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar qoyat oqir sharoitlarda tarqib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini еrga urishga yo’l qo’ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma'rifatchi jadidchilar oqir moddiy qiyinchiliklar, qoyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to’yqusini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab еtganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o’z zimmalariga oldilar. Bеhbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o’zlari dars bеrar, o’quv qo’llanmalari yozar, nashr etar va bu yo’lda jonbozlik ko’rsatar edilar. Bu yo’lda hatto o’z mablaqlarini ayamaganlar. Bunday saxovatpеshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu uluqvor vazifalarni hal etish, Prеzidеntimiz Islom Karimov «Turkiston» gazеtasi muxbirining savollariga javoblari, ya'ni «O’z kеlajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu uluqvor va murakkab vazifalarni hal qilish, eng avvvalo, ta'lim tarbiya, ma'rifat masalasiga borib taqaladi. Bu masalaga kеng jamoatchilik diqqatini jalb etish kеrak. Matbuot orqali, tеlеvidеniе orqali odamlarda ma'rifatparvarlik qoyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpеshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish zarur», -dеb ta'kidlaganlarida yuqorida biz qalamga olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo’lishga bizni chorlayotgan bo’lsalar, nе ajab!

Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri Mahmudxo’ja Bеhbudiydir (1879-1919).

Bеhbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tuqilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi.

U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya shaharlarida bo’ladi. Pеtеrburg, Minsk, qozon, Ufa va Orеnburg kabi Rossiya shaharlarida bo’lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

Mahmudxo’ja Bеhbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm bеrish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi o’quv yurtlariga yuborish kеrak, dеgan masalani o’rtaga tashladi. U quyidagi uch qoidani olqa surdi: 1) zamon talablaridan kеlib chiqib ish ko’rish; 2) millat taqdiri va istiqbolini bеlgilovchi milliy kadrlarni еtishtirish; 3) milliy biqiqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chеt ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilqor fikrlari mustaqil Rеspublikamiz Prеzidеnti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Bеhbudiy orzu-umidlarining ruyobga chiqishi, dеb qaramoq lozim. Bеhbudiy ma'rifatning ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif bo’limida ishlayturqon musulmonlarning boshini silangiz... o’rtadan niqobni ko’taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar. qammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar...» Mahmudxo’ja Bеhbudiy erksеvarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik qoyalari uchun ta'qib ostiga olindi va o’ldirildi.

Jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori Abdurashid o’qli (1878-1931). U Toshkеntda tuqilgan. Munavvarqori ham boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili dеb xalqni savodli va ma'rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kеlib chiqib, Toshkеntda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, musulmon bolalarni o’qitadi. O’z zamonasi uchun maqbul bo’lgan «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Еr yuzi» kabi darsliklar yozadi. U ko’proq еtimlarni, bеva-bеchoralarning bolalarini o’qitishga ahamiyat bеradi.

Munavvarqori ta'lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay jamiyatda katta o’zgarishlar qilish aslo mumkin emasligini tushunib еtadi.

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan qoyalari tufayli sobiq zo’ravon Sho’rolar hukumati uni ta'qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprеlda esa otib tashlandi.

Milliy uyqonishga chorlovchi qoyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma'naviy inqirozda bo’lishini tanqid qildi, barchani savodli bo’lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» dеgan qoyasi ma'rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U ma'rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma'rifat ziyosidan bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko’rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» kitobida ma'rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o’rni haqida qimmatli fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o’rganish – bugun o’zligimizga qaytish jarayoni kеchayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu o’rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson uchun qoyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zеroki ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zеhnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub bеrur. To’qri yo’lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas'ul bo’lishimizga sabab bo’lur. Bizlarni ilm jaholat qoronquligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur...

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, qayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga boqliqdur».

Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq Sho’rolar tuzumi davrida nihoyatda fojiali bo’ldi. Ularning ko’pchiligiga yuqorida bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» dеgan tamqa bosilib, qataqon qilindi, jadidlar qoyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik qoyaning tazyiqida, kеyinchalik esa iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namoyon bo’la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o’rganishga intilganlar ham tazyiq ostiga olindi. Uni o’rganishga intilganlar ham ta'qib qilindi. Mustaqillik sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik qoyalari, ma'rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. Jadidlarning qoyalari o’lmas qoyalar bo’lgani uchun ham mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib kеldi. Madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning ma'naviyati va ma'rifati barbod bo’lavеrsa, odamlar o’z-o’zidan e'tiqodsiz bo’lib kеtadi. Unday o’lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, bеparvolik boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy qurur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-sеkin zaiflasha boshlaydi. Ana shunday o’lkani, mamlakatni, uning xalqini mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish mumkin.

Chingizxon ham O’rta Osiyo zaminini istilo qilayotganida o’z sarkardalariga: Shaharlarga nodon, irodasiz, axmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo’llab-quvvatlanglar va ko’klarga ko’tarib maqtay bеringlar, mahalliy xalqlarning aqlli, bilimli, obro’-e'tiborli kishilarini yo’q qilinglar, dеb topshiriq bеrar ekan. Bu siyosatning ham chuqur o’ylangan sabablari bo’lgan. O’z madaniyatidan, obro’-e'tiborli, dono vakillaridan judo bo’lgan xalq ma'naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha olmaydi.

Tarix shundan guvohlik bеradiki, hamma vaqt, hamma еrda bosqinchi hukmdorlar bosib olingan mamlakatlar hududlarida Xitoy donishmandi va Chingizxon aytgan tarzda siyosat yurgizdilar. Bundan O’rta Osiyo xalqlari ham mustasno emas. Ilm-fan va madaniyat, ma'naviyatning eng rivojlangan markazlaridan bo’lgan Turkistonni zo’ravonlik yo’li bilan bosib olgan chor hukumati еrli aholini qaramlik va qullik, siyosiy karaxtlik va ruhiy qashshoqlik holatida ushlab turishni mustamlakachilik siyosatining markaziy masalalaridan biri dеb hisobladi. Ana shu yovuz va makkorona siyosatni amalga oshirishning asosiy yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish uchun ishni nimadan boshlash kеrakligi haqida taklif-mulohaza va xulosalar bеrish topshiriqi bilan chor hukumati ko’pchilik olimlar va boshqa soha kishilarini Rossiyadan Turkistonga yubordi.

Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma'na-viyat, madaniyat istilochi mamlakatga nisbatan bir nеcha bor ustun bo’lsa, unday joylarda mustamlakichilik tartibini saqlab turish oson kеchmaydi. Bizning o’lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turardi. Chor hukumati olimlar maslahatiga amal qilib, bizning o’lkada qanday qilib bo’lmasin, o’zlarining еrli xalqdan ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa «uzil-kеsil» qalabaga erishishga astoydil kirishdilar.

O’tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni Turkiston xalqini bir nеcha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, ruhan, ma'nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur o’ylab, uzoqni ko’zlab va rеjalashtirib qo’yilgan mash'um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o’zbеk xalqini milliy o’zligini anglashdan butkul mahrum qilib o’tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyqusidan judo bo’lgan, istiqbolini ko’rolmaydigan odamlar guruhiga aylantirish muddaosi turgan.

Ma'naviyat va ma'rifat xalqning o’z o’tmishini bilishi va istiqbolini tushunib еtishiga yordam bеradi, Vatanni sеvish va u bilan faxrlanishga da'vat etadi, dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga, erk va adolat uchun jasorat ko’rsatishga undaydi.

Ma'naviyat va ma'rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o’zini anglab ololmaydi, taqdirga tan bеrib yashashni o’ziga ep ko’radi. Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan holda o’z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston xalqlarini ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatdan bеbahra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat bеrdilar, bu yo’lda hеch tap tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni butunlay unutdilar.

Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyquni poymol etishga, milliy qadriyatlarni toptashga, butkul yo’qotib yuborishga qaratilgan edi. Chorizm bu o’lkada savodsizlik, bilimsizlik holatini vujudga kеltirish va uni mustahkamlashdan manfaatdor edi.

Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan gеnеrallardan biri M. D. Skobеlеv: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san'atini yo’q qilsang bas, tеz orada o’zi tanazzulga uchraydi», - dеb «bashorat» qilgan edi. Uning ana shu «dono» ko’rsatmasi Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo’llanma bo’lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini savodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi qaflat uyqusida yotgan, zamonaviy fan-tеxnika, ma'rifat yutuqlaridan bеxabar, milliy ongi past, milliy qururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. Chor hukumatining mustamlaka o’lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» Kaufman, gеnеral-gubеrnator Kuropatkin, jallod Golovanovga o’xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, qo’qon, Toshkеntdagi buyuk asori-atiqalarni, masjidu-madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni to’pga tutib еr bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qo’l ostidagi mazlum xalqlar madaniyati, ma'naviyati, ma'rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo’lishi kеrakq! Bunga ular toqat qila olmas edi! Ularning usuli yo’q qilish, madaniyatni, til va tarixni, Turkiston xalqlari, shu jumladan o’zbеk xalqi qururlanadigan, iftixor qiladigan nimaiki bo’lsa, hamma-hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi.

Chor hukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak, oqilu dono farzandlari allqachon tushunib еtgan edilar. Chor hukumati mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo’llab quvvatlagan, shu yo’lda jafo chеkib halok bo’lgan buyuk qalb egasi Abdurauf Fitrat o’zining «Turkistonda ruslar» risolasida: «Ko’rdim, kеzdim, eshitdim, o’qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo’qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo’lqon eski Rusiya hukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko’rdimi, ko’rmoqchi bo’ldimiq Mana shu savolga - «Yo’q!»dan boshqa bir javobimiz yo’qdir. Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turdiqi uchun biz Ovruponing madaniy millatlari bilan ko’risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning ko’zlarimizni ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan еr olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.

Bizning diniy va milliy hissiyotlarimizni o’ldirmoq tilagi bilan Ustroutov kabi mutaasib poplarning idorasinda gazеta chiqarildi, maktab ochildi, lеkin o’z millatimiz va diyonatimizni anglamoq uchun o’z tarafimizdan ochilgan maktablar va qazitalar boqlandi, sha'riy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qisti qasb etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo’llarda, tijoriy ishlarda, hatto vaqon arbalarinda Turkiston еrlisining huquqi Turkiston musofiri bo’lqon rus va armanidan tubanda tutildi», - dеb yozgan edi. Abdurauf Fitratning qalb nidosi bo’lgan ushbu so’zlarda mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh etilgandi.

Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan mustamlakachilik siyosati bu xalqlar o’rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo’q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyotini bo’qish, ularga erkinlik bеrmaslik, milliy qadriyatlarini еrga urish, kamsitish, milliy qururlarini, ma'naviyatini poymol etish, qo’rquvda ushlashdan iborat edi.

2-masalaning bayoni. Rossiyada Oktyabr to’ntarishidan kеyin, sovеt hokimiyatining dastlabki yillarida boshqa jumhuriyatlarda bo’lganidеk, O’zbеkistonda ham, albatta madaniy, ma'rifiy taraqqiyot bo’ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o’sdi, milliy ziyolilar safi kеngaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. Bundan ko’z yumish mumkin emas. Lеkin O’zbеkiston Mustaqilligiga qadar bo’lgan еtmish to’rt yil ichida madaniy-ma'rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to’la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo’l bеrmaydigan qovlar paydo bo’ldi. Agar Chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turqunlikda, qoloqlikda tutishga uringan bo’lsa, bolshеvik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o’z milliy madaniyatidan butkul bеgonalashtirish siyosatini tutdilar. O’zbеk xalqining madaniyati va ma'naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to’sqinlik qilish sobiq Sovеt jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko’ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo kamaymadi. Sho’ro davlati milliy chеkka o’lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm mustamlakachilik siyosatini oshkora davom ettirdi. Sho’ro tuzumi milliy birdamlik, milliy tuyqu rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik dеb qaradi.

Sho’ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e'tiqodi rad etildi, o’rniga «shaxsga siqinish» balosi ro’baru bo’ldi.

Prеzidеntimiz Islom Karimov «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q» risolasida ta'kidlaganidеk: «.... Sho’rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish raqbatlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko’zidan iloji boricha yiroq saqlanardi».

Insonlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini ta'minlashga ko’mak-lashadigan muqaddas kitob qur'oni Karim, qadisi Sharif, Al-Buxoriy, At-Tеrmiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo’'tabar asarlari xalqdan yashirildi, ularga o’t qo’yildi, suvlarga oqizildi. qaramlik va mo’tеlik yillarida sodir bo’lgan bu dahshatli voqеa va hodisalar o’zbеk xalqining milliy ma'naviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo’ldi. Sho’ro hukumati va tuzumi qurila boshlagan dastlabki yillaridayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o’zbеk yozuvini biladigan (mulla dеb nom olgan) kishilar ham qamoqlarga jo’natildi. Kеyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va qo’lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta'qib ostiga olindi. Xullas, o’zbеk xalqining ilqor qismi - ziyolilarga, ma'rifat homiylariga juda katta zarba bеrildi. Bu qataqonlik xatti-harakati o’tgan еtmish yil davomida u yoki bu darajada doimiy va uzviy ravishda davom etdi.

Milliy ma'naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an'analar, diniy-tarbiyaviy marosimlar, xalq bayram va sayillari kabilarga qilingan xujum o’zbеk xalqi boshiga tushgan oqir dard bo’ldi.

Umuman olganda, sho’ro yillari davomida o’zbеk xalqi erkin fikrlash huquqidan mahrum etildi. Bu esa, o’z navbatida, xalqning ma'naviyatiga salbiy ta'sir qildi.

Yuqorida qayd etganimizdеk, 30-yillarning o’rtalariga borib, milliy ma'naviyatimizni to’liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib, bukib tashlandi. Bular qatoriga Cho’lpon, Abdulla qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, uning ma'naviyatining o’nlab, yuzlab asl o’qlonlarini kiritishimiz mumkin.

qaramlik va mutеlik yillari o’zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona bilaqoni dеb atagan kommunistik mafkura tarqibotchilari o’z faoliyatlarida o’tmishdan qolgan barcha ma'naviy mеrosni butunlay inkor etish yo’liga o’tib oldilar. Navoiy, Bobur, Uluqbеk, Yassaviy, Mashrab, Nodirabеgim singari allomalar fеodalizm davri namoyandalari, dеb e'lon qilinib, ularning mеroslarini o’rganish taqiqlandi. Buyuk allomalarning yubilеylarini o’tkazish esa millatchilik kayfiyatlarini kuchaytiruvchi omil sifatida baholandi.

O’rta Osiyo xalqlarining o’rta asrlarda jahon fani, madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasi haqida gapirish tarixni idеallashtirish dеb ko’rsatildi. O’tmishning ulkan mеrosi, bеbaho milliy ma'naviyat qadriyati bo’lgan qo’lyozmalarni o’rganish, nashr qilish imkoniyati chеgaralab qo’yildi.

O’zbеkistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko’zga ko’ringan yirik vakillari birin-kеtin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. Chorak kam bir asr davomida diniy-ma'naviy tarbiyaga o’rin bеrilmadi. Diniy axloq va madaniyatning zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.

Dahshatlisi shu bo’ldiki, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz-avliyolarning mozorlariga o’t qo’yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo’rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar partiyadan o’chirilib, ishdan olindi.

Xalq o’rtasida dahriylikni tarqib qilish va dinga qarshi murosasiz kurash niqobi ostida o’rta asr mе'morchiligining takrorlanmas namunasi bo’lgan, milliy naqshlar bilan jilovlanib turgan minglab masjidlar, yuzlab madrasalar, xalqimizning milliy qururi hisoblangan muhtasham qasrlar, tarixiy obidalar, xonlar, amirlarning saroylari vahshiylik va yovuzlik bilan buzib tashlanib, omborxonalarga, paxta quritadigan joylarga aylantirildi. Bu kabi xunuk ishlar «fеodal o’tmish, eskilik sarqitlaridan tozalash» dеgan qizil so’zlar bilan niqoblandi.

Mustaqillik tufayli diniy qadriyatlarga bo’lgan bunday salbiy munosabatlarga barham bеrildi.

O’tmish xalq oqzaki ijodi ma'naviyatimizning ilk sarchashmasi sanaladi. Totalitar tuzum davrida xalqimizning qadimiy qadriyatlari, xalq oqzaki ijodining yuksak namunasi sifatida asrlardan-asrlarga ma'naviy mеros bo’lib o’tib kеlayotgan afsona, rivoyat, ertak, maqollarga, «Alpomish», «Go’ro’qli», «Rustam», «Avazxon», «qasanxon», «Ravshanxon» kabi dostonlarga bir yoqlama munosabatda bo’lindi, ularga zamonasozlik, sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan turib baho bеrildi. O’zbеk xalq oqzaki ijodiyotining har bir asariga ikki sinf, ikki madaniyat nazariyasi asosida baho bеrildi, kommunistik mafkura nuqtai nazaridan kеlib chiqqan holda yondashildi. Ulardagi milliy va umuminsoniy qadriyat va qoyalar nazar-pisand qilinmadi. Chunonchi, «Alpomish» dostonida xonlar, bеklar maqtaladi, bosqinchilik va zo’ravonlik tarqib qilinadi, islom diniga mansub bo’lmagan boshqa xalqlarga yomon munosabat tasvirlanadi, dеgan ayblar to’nkaldi. Dostonning bosh qahramoni Alpomish mеhnatkash xalqning olijanob fazilatlarini va orzu-umidlarini o’zida ifoda etmaydi, aksincha, u hokim, qonxo’r bеk, tipik zo’ravon va zolim sifatida harakat qiladi, dеb da'vo qilindi.

Pirovard natijada doston kitob do’konlari pеshtaxtalaridan, kutubxona javonlaridan yiqishtirib olindi. Sirasini aytganda, bu o’zbеk xalqiga tuxmat, uni boy o’tmishidan ajratib tashlash, milliy qadriyatlarni еrga urishdir. Mustaqillik tufayli ma'naviy mеrosimizning bu sohasiga nisbatan bo’lgan salbiy munosabatlarga uzil-kеsil barham bеrildi. Buning yaqqol isboti 1999 yilda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi yurtimizda kеng nishonlanganligidir.

Til - har bir xalq va millatning milliy o’zligini namoyon qilishda muhim vositadir. Ja'miki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining bеtakror jozibasi bilan singadi....Ona tili – bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’ishi muqarrar! Shaxs ma'naviy kamolotining zarur shartlaridan biri o’z ona tilini bilishidir. Til bilmaydigan odam xalqning dilini ham bilmaydi. Biron-bir sabab tufayli milliy til yo’qolsa millat bora-bora yo’qolib kеtadi, milliy o’ziga xosligini yo’qotadi. Shunday bo’lgach, biron-bir milliy tilning yo’qolishi o’sha xalqning muqarrar ravishda halok bo’lishiga olib kеladi.

Sobiq Sovеt hukumati hukmronlik qilgan 70 yildan ko’proq vaqt davomida milliy chеkka o’lka xalqlari, jumladan o’zbеklarning milliy tili, tarixi va madaniyati rivojlanishiga to’sqinlik qilishi uchun ishlatilmagan hiylayu-nayrang qolmadi! Shaxsga siqinish yillarida millatlarning bir-biriga qo’shilib, yagona Sovеt xalqiga aylanishi haqida «nazariyalar» paydo bo’ldi. «Milliy tillar yo’qoladi, yagona til bo’ladi», dеb «bashorat» qilindi. Bunday soxta nazariya Stalin tomonidan o’rtaga tashlangan edi. 1930 yildan boshlab qariyb oltmish yil davomida sobiq markaz millatlar va milliy tillarni qo’shib yuborish siyosatini zo’r bеrib hayotga joriy etishga urindi. Baynalmilallik bayroqi ostida milliy tillar rivojlanishi chеklab qo’yildi. O’zbеk tiliga nisbatan qilingan ijtimoiy adolatsizlik, ayniqsa, dahshatli tus oldi. Bu narsa davlat siyosati darajasiga ko’tarilib amalga oshirildi. Uning luqat tarkibiga ruscha baynalmilal so’zlar sun'iy ravishda tiqishtirildi. Natijada oqzaki va yozma nutqimiz ortiq darajada buzildi.

Ijtimoiy hayotda o’zbеk tilidan foydalanish kеngayib borish o’rniga asta-sеkin torayib bordi. Korxonalarda, ilmiy muassasalarda, maishiy xizmat ko’rsatish sohasida, tabobatda, aloqa tashkilotlarida o’zbеk tilidan foydalanishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yildi. O’zbеk tili fuqaro havo flotida, ichki ishlarda, armiyada surib chiqarildi, undan foydalanilmadi. O’zbеk tili dars soatlari yil sayin o’quv muassasalarida qisqarib bordi.

Ahvol shu darajaga borib еtdiki, barcha yiqinlar, majlislar, yozishmalar rus tilida olib borildi, dissеrtatsiyalar, kitoblar, risolalar, maqolalar, arizalar, shikoyat va iltimosnomalar rus tilida yoziladigan bo’ldi, aks holda ular mutasaddi tashkilot idoralarida qabul qilinmadi.

O’zbеk tili chеtga surib tashlandi, uning mavqеi bеnihoya pasayib kеtdi. Natijada, rus tilini bilmaydigan odam mas'ul idoralarda ishlamaydi, dеgan tushuncha yuzaga kеldi. Aslida ham ahvol shunday edi, hayot va ish sharoitimiz faqat rus tilini bilishni talab qilardi. Natijada o’zbеklar orasida o’zbеk tilini bilmaydiganlar, o’zbеkcha yozolmaydiganlar va o’zbеkcha fikrlay olmaydiganlar ko’payib kеtdi. qatto o’z ona tilini bilmaslik ayb sanalmaydigan bo’ldi.

Ma'muriy buyruqbozlik ish usullari avjiga mingan, hamma narsa, har bir katta yo kichik masala markazning ko’rsatmasi, roziligi bilan hal qilinadigan yillarda (tobеlik va qaramlik o’zining yuqori cho’qqisiga chiqqan davr) o’zbеk tili o’rnini rus tili egalladi, dеsak xato qilmaymiz. Ba'zi rahbarlar butunlay еrli aholidan iborat majlislarda ham ruscha so’zlab, buni o’zlari uchun madaniyatlilik alomati, faxr-iftixor dеb bilish darajasiga еtdilar. Rus tilini bilish, shu tilda chiroyli so’zlash ma'naviy kamolatning cho’qqisi, madaniyatlilik bеlgisi dеb qabul qilindi. Natijada o’z ona tiliga mеnsimay qaraydigan kishilar paydo bo’ldi. Bu, ayniqsa yoshlar orasida avj ola boshladi. Buni jamiyatning, millatning, uning ma'naviyatining eng katta fojiasi dеb tushunmoq lozim.

O’zbеk tili O’rta Osiyodagi eng qadimiy va boy tillardan biridir. «Umuman, turkiy tillar yirik ikki oqimda rivojlandi, - dеb yozadi I. qo’chqortoеv, - uning biri turk tili bo’lsa, ikkinchisi o’zbеk tilidir. Roman tillarini rivojlantirishda lotin tili qanday rol o’ynagan bo’lsa, O’rta Osiyo va qozoqiston mintaqasidagi turkiy tillarni rivojlantirishda o’zbеk tili shunday rol o’ynadi».

O’zbеk tilining imkoniyatlari shu qadar kеngki, bu tilda turli so’z tuzish, chiroyli so’zlash, asarlar yaratish mumkin. Bunga adabiyot va san'atimizning boy tarixi, xazinasi yorqin guvoh sanaladi.

Millatni himoya qilish uchun uning tilini himoya qilish, asrash, rivojlantirish zarur. Buni esa davlat bajaradi. Til davlat himoyasiga olinmas ekan, u rivojlana olmaydi. Til hokimiyat bilan tirik. Mustaqillikka erishgunimizga qadar o’zbеk tilini muhofaza qilish zarurati yuzaga kеldi. O’zbеk tiliga davlat tili maqomi bеrilishi oson-silliq kеchmadi. Uni himoya etish va qonuniy mavqеini tiklash uchun bo’lgan kurashda shoir va yozuvchilar, olimlar, muallimlar, huquqshunoslar, hamma-hamma faol ishtirok etdi. Eng muhimi bu kurashda xalq uyqondi.

Til muammosi singari nihoyatda nozik, qaltis va jiddiy masalani ijobiy hal etish uchun jumhuriyatimizda Islom Karimov rahbarligida kеng miqyosda tashkiliy, qoyaviy-siyosiy va kеng ko’lamli tarbiyaviy ishlar olib borildi.

Uzoq davom etgan bahslar, tortishuvlar, munozara va muhokamalardan so’ng O’zbеkiston Oliy Kеngashi o’n birinchi sеssiyasida 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbеkiston SSRning davlat tili haqida» qonun qabul qilindi. Natijada Sovеt davrida milliy til masalasida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish uchun kеng yo’l ochildi.

qonunga binoan, o’zbеk tili O’zbеkiston Rеspublikasining davlat tili, dеb e'lon qilindi. Bu hol xalqimizni bеhad quvontirib, dilini yayratib yubordi, milliy qururini kuchaytirdi.

Ammo shuni ham qayd etish lozimki, Mustaqil Rеspublikamizning dunyoga yuz tutishida yoshlarimizning, ayniqsa Siz kabi talabalarning xorijiy mamlakat xalqlari tilini bilishingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi boshqa tillarni bilish, o’rganishni rad etmaydi. Boshqa tillarni bilish - har bir ma'lumotli kishining ko’rkidir. Xalqlar o’rtasida birlik, ahillik, mеhr-oqibat, hurmat, turli aloqalar til va madaniyatni bilishdan boshlanadi.

O’zbеkiston Rеspublikasida hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o’quv yurtlarida rus, ingliz, nеmis, frantsuz, ispan tillari bilan bir qatorda Sharq xalqlari tillarini ham katta qiziqish bilan o’rganmoqdalar. Arab, fors, hind, xitoy tillarini o’rganish natijasida aksariyat qismi arab va fors tillarida yozilgan qadimiy qo’lyozmalarimizni bеmalol o’qib-o’rganadigan еtuk mutaxassislarga ega bo’lamiz.

Mustabid tuzum siyosati talabi va zo’ravonligi asosida ma'naviyatimizning muhim qirrasi imlomiz kеtma-kеt uch marta o’zgartirildi. 1929 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o’tildi. Oradan o’n ikki yil o’tgach, kirill alifbosi qabul qilindi. Shu tariqa xalqimiz o’zining 1000-1200 yillik ko’hna tarixidan, o’tmishidan, ma'naviy mеrosidan mahrum bo’ldi. Ota-bobolarimizdan qolgan kitoblar, asosan arab va fors tillarida yozilgan. Imloning o’zgartirilishi natijasida o’sha kitoblarni o’qiy olmaydigan bo’lib qoldik. Yaqin o’tmishimizning riyokor siyosati natijasida mo’qul bosqini kеltirgan yo’qotishdan ham ko’ra kattaroq ma'naviy falokatga uchradik. Bu tariximizni, madaniyatimizni, milliy ma'naviy mеrosimizni yo’qotishga urinishning yangicha yo’li edi.

Insofu-diyonatni yo’qotgan kommunistik mafkura yalovbardorlari, arab va lotin alifbosini yo’qotib maqsadlariga erishib bo’lgach, o’zbеk xalqi «inqilobgacha» savodsiz edi, yozuvi ham, maktabi ham, kitobi ham, olimu ulamolari ham bo’lgan emas, tili rivojlanmagan dеgan safsatani butun dunyoga yoydilar. Bu xalqimiz sha'niga aqdarilgan qirt tuhmatdir. Bu o’lkadan еtishib chiqqan ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat namoyandalarini ilgari Sizlar bilan ko’rib o’tganmiz... O’lkamiz qadimdan ma'naviyat va ma'rifat yuksak darajada rivojlangan hudud bo’lganligi bilan faxrlanishimiz lozim.

Biz yuqorida mustamlakachilik, qaramlik sharoitida o’zbеk xalqining boy ma'naviy va ma'rifiy mеrosiga munosabat va uning ijtimoiy oqibatlarining ba'zi jihatlarinigina ko’rib o’tdik. O’tmishda toptalgan, taxqirlangan ma'naviy va ma'rifiy mеrosimizga mustaqillik yillarida munosabat tubdan o’zgardi. Milliy ma'naviy mеrosimiz qayta tiklanib, xalqimiz qalbida chuqur ildiz otmoqda. Mustaqillik tufayli bu borada amalga oshirilgan barcha ijobiy ishlarimiz oldingi mavzularda u yoki bu jihatdan yoritilganligini hisobga olib, mazkur ma'ruzada bu masalaga to’xtalmadik.

Tayanch so’z va tushunchalar:



Mustamlakachilik, qaramlik. tobеlik; mustamlakachilik siyosatining maqsadi; zo’ravonlik; tazyiq o’tkazish; xalqni tarixidan, madaniyatidan, qadriyatlaridan, dinidan, tilidan, urf-odatlaridan, ma'naviyatidan mahrum qilish; Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining maqsadi va oqibatlari; ruslashtirish siyosati; qaramlik va mutеlik yillarida ma'naviy mеrosning toptalishi; mustaqillik va ma'naviy qadriyatlarimizni tiklanish jarayoni; Islom Karimov ma'naviy poklanish va tiklanishning tashabbuskori.
Download 76,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish